26. Amaliy mashg‘ulot Mavzu: yosh mollar yuqumli kasalliklari profilaktikasi. Darsning maqsadi



Download 19,2 Kb.
bet1/3
Sana12.07.2022
Hajmi19,2 Kb.
#784146
  1   2   3

26. Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: YOSH MOLLAR YUQUMLI KASALLIKLARI PROFILAKTIKASI.


Darsning maqsadi: Yosh mollari orasida uchraydigan yuqumli kasalliklarni oldini olish va kurash tadbir choralariga oid qo‘llanmalar, yo‘riqnomalar, ko‘rsatmalar bilan tanishish.
Darsga kerakli asboblar va jihozlar – jadvallar, vaksinalar, giperimmunli zardoblar, dezinfeksiyalovchi dori moddalar.
Darsning mazmuni - Yosh mollar orasida yil davomida quyidagi yuqumli kasalliklar doimo uchrab turadi. Bu kasalliklarga salmonellyoz, kolibakterioz, streptokokkoz, qo‘zilarni anaerob dizenteriyasi, diplokokk infeksiyasi kasalliklari kiradi. Bu kasalliklarni oldini olishda chorvachilik fermalarida zoogigienik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, to‘yimli oziqlantirish va veterinariya-sanitariya qoidalarga asosan ish olib borish muhim rol o‘ynaydi.
Kolibakterioz - barcha turdagi qishloq xo‘jalik yosh hayvonlariga xos o‘tkir o‘tuvchi yuqumli kasallik bo‘lib, oshqozon-ichak yo‘llarining yallig‘lanishi, kuchli ich ketishi, septitsemiya, enterotoksemiya, kolienteritni rivojlanishi bilan namoyon bo‘ladi.
Kasallik hamma joyda tarqalgan. Ayniqsa zoogigienik talablarga javob bermaydigan sharoitda saqlangan, yosh mollar tug‘ilgan kunidan to‘liq sifatli oziqalar bilan boqilmaydigan, bo‘g‘ozlik davrida tuyimli oziqlantirmaslik natijasida ko‘p uchraydi.
Qo‘zg‘atuvchisi - ichak tayoqchalardan ekzo va endotoksin ajratadigan, enteropatogenli Esherixia kolidir. U aerob yoki fakultativ anaerob, odatdagi oziq muhitda yaxpsh o‘sadi, harakatchan, ammo harakatsiz shtammlari ham uchraydi. Spora hosil qilmaydi, ayrim serotiplarda kapsulasi bo‘ladi.
Kasallikka buzoq, qo‘zi, uloq, cho‘chqa bolalari, qulunlar va jo‘jalar moyil bo‘ladi. O‘zbekiston sharoitida kolibakterioz bilan asosan buzoqlar 3-5 kunligi, ba’zan birmuncha keyinroq kasallanadi. Qo‘zilar ham hayotining birinchi kunlari va birinchi oylaridan 5 - 6 oylikkacha, jo‘jalar bir yillik bo‘lguncha, it va mo‘ynali hayvon bolalari birinchi o‘n kunligida kasallanadi. Bo‘g‘oz mollarning to‘liq sifatli, ayniqsa oqsil, uglevodli vitaminlar bilan ta’minlanmasligi, ko‘p miqdorda nordon oziqalar (jom, yomon sifatli silos) berib boqilishi, ya’ni tug‘ilgan mollarning boqiladigan joylari, sut idishlar, so‘rg‘ichlarning sanitariya jihatidan yomon holatda bo‘lishi, og‘iz sutini o‘e vaqtida ichirmaslik va uning sifatsiz bo‘lishi, shuningdek, dispep­siya, enteritlar kabi yuqumsiz kasalliklar yosh mollarda kolibakteriozni paydo qiluvchi omillardandir.
Oldini olish choralari - kasal molga maxsus parhez oziqalar beriladi. Qatiq, qo­ra choy, tuxum va oshqozon-ichakning ishini yaxshilaydigan hamda dezinfeksiya qiladigan preparatlar berilishi kerak. Kasal molga biomitsin, sintomitsin, terramitsin, levomitsetin antibiotiklari va sulfanilamid preparatlari beriladi. Ich ketish natijasida organizmda suv kamayadi, shuning uchun kasal molga fiziologik eritma bilan klizma qilish yoki uni teri ostiga, konga yuborish kerak. Kasallikning oldini olish uchun xo‘jalikdagi bo‘g‘oz mollarni yaxshi parvarish qilish, sifatli oziqa bilan ta’minlash va maxsus ajratilgan xonada tug‘dirish zarur. YAngi tug‘ilgan yosh mollar yozda 2 - 3 kunligidan, qishda 5 - 6 kunligidan toza havoga chiqarib turilishi va idishlardan sut ichirish kerak. Kasal mollar turgan xonalar tozalanib, dezinfeksiya qilinadi. Kasallikning oldini olish uchun sog‘lom mollarga qatik,, biomitsin, levomitsetin va bopщa antibiotiklar beriladi. Kasal­lik tugatilguncha xo‘jalik veterinariya mutaxassislarining nazorati ostida bo‘ladi. Bo‘g‘oz sigirlar vaksina bilan emlanishi, buzoqlarga immunoglobulin yuborilishi lozim.

Download 19,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish