Ishlab chiqarishning faollik metodi. О‘quv ishlab chiqarish ishlarida faollik aqliy, bilim, badiiy faolliklar sanaladi. Ular ta’lim oluvchilarning mustaqil faoliyatida, faoliyat turini mustaqil va maqsadni tanlashlarida va ularni ijobiy natijalarga olib kelish, mehnatni rejalashtirish, tahlil va xatoliklarga yо‘l qо‘ymaslikda kо‘rinadi. Ta’lim oluvchilarning о‘quv ishlab chiqarish ta’limidagi faollik – mashinalar, agregatlarni ishlatishdagi qobiliyati, ichki jarayonni bilish va qilingan tahlillar asosida maqsadli yechimlarga kelishlaridir.
Ishlab chiqarish ta’limidagi faollik metodiga – ishlab chiqarishda texnik masalalarni yechish kiradi: ishlov berish, tuzatish, boshqarish meyorini xisoblash, avtomatlashtirilgan jihozlar uchun boshqaruv dasturini ishlab chiqish (masalan, sonni dasturli boshqaruv stanoklari), jadval, ma’lumotlar va diagrammalardan kerakli ma’lumotlarni topish. О‘quv ishlab chiqarish ishlarida mashina, qurilma, agregatlarning kinetik sxemalari yordamida meyorlari, kо‘rsatkichlarini aniqlash, montaj tuzilmalarini ishlab chiqish.
Texnik masalalarni yechishning yuqori darajasi badiiy xarakterdagi masalalarni bajarish hisoblanadi.
Sifatni oshirish va ishlab chiqarish mehnati: о‘quv ishlab chiqarish faoliyatida о‘qituvchi yoki mustaqil ta’lim oluvchilar tavsiya etilgan tayyorlagan bir necha texnologik jarayonlar ichidan eng mukammalini topish, ish vaqti sarfi, materiallar va energetik tejash yо‘llarini ishlab chiqish, kabilarni amalga oshiradilar, shuningdek, ishlab chiqarish ta’limini о‘qitish jarayonida ta’lim oluvchilar mahsulotga ishlov berish tayyorlan, yig‘ish, jihozlarni tekshirishni og‘zaki yoki yozma orqali о‘rganishadi. Bu esa о‘z navbatida ta’lim oluvchilarda texnologik jarayon tо‘g‘risida tushunchalar hosil qiladi.
Ta’lim oluvchilar kо‘nikmasi oshgani sari ularga qiyinroq vazifalar topshiriladi hamda texnologik jarayon obyektlari muntazam ravishda о‘zgartirib turiladi.
Ishlab chiqarish ta’limining faollik metodi sirasiga mashqlar ham kiradi. Mashqlar ishlab chiqarsh jarayonida hosil bо‘ladigan masalalarni yechish uchun qо‘llaniladi. Bunday mashqlar ta’lim oluvchilarni ishlab chiqarish jarayonida sodir bо‘ladigan vaziyatlariga tayyorlaydi. Mashqlarni о‘tkazish uchun muayyan jarayon hosil qilinadi. Masalan, agregatlarni sozlash, texnologik meyorlarning buzilishi, ish joyida buzilish holatlarining sodir bо‘lishi. Bunday jarayonlarni ijobiy hal etish texnologik vazifa sifatida ham berilishi mumkin. Ta’lim oluvchi berilgan vazifani о‘rganib, uning aniq yoki nima sababdan buzilgani, buzilish sabablari, xatolarni tо‘g‘rilashi va yechimini topishi kerak bо‘ladi. Bunday vazifalar ta’lim oluvchilarga ikki usulda: savol va javoblar savollarning asosida berilishi mumkin. Birinchi usuldagi mashqda aniq jarayonning muhokamasi va texnologik jarayonlar mohiyati о‘rganiladi. Bu kabi vazifalar о‘qitishning boshlang‘ich bosqichlarida qо‘llaniladi. Ta’lim oluvchilar kо‘nikmasi oshgani sari mustaqil ishlab chiqarishda hosil bо‘ladigan jarayonlarni о‘rganishga qaratish lozim. Bunda 2 - usuldagi vazifalardan foydalanish kerak bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |