Yozma yо‘riqnoma. Bu metod ishlab chiqarish ta’limi darslari uchun turli instruktiv о‘quv xujjatlar, mustaqil axborot manbai bо‘lib xizmat qiladi. Ishlab chiqarish ta’limida yо‘riqnomalar, texnologik kartalar, о‘quv algoritmi kо‘p qо‘llaniladi. О‘quv operatsiyalarini о‘rganishda instruksion kartalar (qoidalar, yо‘l-yо‘riq, bajarish, nazorat va о‘z-о‘zini nazorat qilish qoidalari) qо‘llaniladi. Texnologik karta kompleks tavsifdagi ishlarni bajarishda qо‘llaniladi – mehyorlar, texnik talab, о‘quv ishlab chiqarish ishlarini tashkil etish mohiyatini ochib beradi.
Instruktiv texnologik kartalar esa kompleks ishlarning boshlang‘ich bosqichda qanday bajarilishi yuzasidan ma’lumotlar beradi.
Ta’lim oluvchilarga о‘quv algoritmini о‘rgatish - xizmat kо‘rsatish, buzilish holatini bartaraf etish, qiyin jihozlarni boshqarish ishni bajarishda aniq qoidalarga rioya qilish kabi talablarni о‘zida ifoda etadi.
Yozma yо‘riqnoma xujjatlari har bir joyida bо‘lsa mehnat unumdorligi oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |