25-Variant
1.Logistik tizimining tashqi muhit bilan aloqasini izohlang
2.Logistikaning global maqsadi nima?
3.Ta'minot korxonalarida imkoniyatlar fayli
JAVOBLAR
Logistik tizim. Logistik tizim u yoki bu logistik funksiyalarni amalga oshiruvchi, teskari aloqaga ega bo'lgan oddiy tizimdan iborat. U, asosan, bir nechta tizim ostilardan tashkil topadi va tashqi muhit bilan rivojlangan aloqalarga ega bo‘ladi. Logistik tizim lar mikro, mezo va makrologistik tizimlarga bo'linadi.
Makrologistik tizim — bu mamlakatning har xil mintaqalarida voki har xil mamlakatlarda joylashgan sanoat korxonalari va tashkilotlarini, turli xil sohalarda ish yurituvchi vositachi, savdo va transport tashkilotlarini qamrab oluvchi moddiy oqimlarni boshqarish tizimidir. Makrologistik tizim mintaqa, mamlakat yoki mamlakatlar guruhi iqtisodiyotining infrastrukturasini tashkil etadi. Makrologistika darajasida logistik tizimlarning uchta turi ajratiladi:
— to‘g‘ri aloqali - moddiy oqimni iste’molchigacha yetkazib berish to‘g‘ri xo‘jalik aloqalari asosida amalga oshiriladi;
— eshelonlashtirilgan — bunday tizimlarda moddiy oqim ishlab chiqaruvchidan iste’m olchiga yetib borgunicha kamida bitta vositachi korxonadan o'tadi.
— egiluvchan — bunday hollarda moddiy oqimni iste’molchigacha yetkazib berish ham to‘g‘ri aloqalar, ham vositachi korxonalar orqali amalga oshiriladi. Masalan, ehtiyot qismlari bilan ta’minlash: kam talab etiladigan qismlar to‘g'ridan-to‘g‘ri markaziy omborxonadan qabul qiluvchiga borib tushuriladi, standart qismlar esa vositachi korxonalar omboridan tushuriladi.
Mezologistika — tarmoqning bir necha korxonasini bir tizimga integratsiya qilish sohasi. Mikrologistik tizimlar makrologistik tizimlarning strukturaviy tashkil etuvchilari, ichki ishlab chiqaruvchi logistik tizimlarning sinflaridir, ularning tarkibiga bir butun infrastruktura bilan birlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik bog‘lovchilari kiradi (ishlab chiqarish va savdo korxonalari, territorial (hududiy) ishlab chiqaruvchi komplekslar).
Mikrologistika — lokal masalalarni alohida bo‘g‘in va logistika elementlari darajasida, moddiy va axborot oqimlarini ichki ishlab chiqarish darajasida hal etadi. Bu korxona ichida amalga oshiriladi.
Logistikaning global maqsadi - siklni qisqartirish, zaxiralarni kamaytirish bo‘lib, bunga ishlab chiqarish bosqichida jarayonlami sinxronlashtirish hisobiga, moddiy resurslarga bo`lgan ehtiyojni aniqlash, o‘z-o‘zini boshqarish hisobiga (ishlab chiqarish biron-bir mahsulotga bo`lgan talabga muvofiq ishlaydi) erishiladi. taqsimot boshqaruvini tashkil etish, moddiy oqimning o ‘tib borishini tezlashtirish va sotilishini ta’minlash tashkiliy yo`nalishga kiradi.
Shunday qilib, tashkiliy yo'nalish logistikaning funksional sohasi bo‘lib, moddiy oqimlarning harakatini olib boradi va ta`minot hamda sotuvni ta’minlaydi.
Zaxiralar ishlab chiqarish muomala va iste`mol orasida qalqon (bufer) rolini o'ynaydi, Ular bevosita ishlab chiqaravchida jamlangan, yoki ularning saqlanishi iste’molchiga yaqinlashtirilgan bo`lishi mumkin. Zaxiralar talab o‘zgarishlariga tez javob berishga imkon beradi va transport xizmatining bir maromda ishlashini la’minlaydi.
Korxonani xomashyo va materiallar bilan ta’minlash jarayonida sotib olib g‘amlash logistikasi masalalari hal boiadi. Bu bosqichda mol yetkazib beruvchilar o‘rganiladi va tanlanadi, shartnomalar tuziladi va ularning ijrosi nazorat qilinadi. Ishlab chiqarish logistikasi korxona (firma) ichidagi moddiy oqimlar harakati jarayonini o‘z ichiga oladigan sohadir. Hozirgi zamonda raqobatbardoshlikni ta’minlash uchun sifatli mahsulot chiqarishning o‘zi kamlik qiladi.
Ishlab chiqaruvchi iste’molchiga tovar yetkazib berish jarayonida qo'shimcha ayrim bir xizmatlarni ham ko‘rsatadi, uning talablarini to`liq qondirishga harakat qiladi. Shunday qilib, logistik servis tovar yetkazib berish jarayonida ko‘rsatiladigan xizmatlar kompleksidir. Texnologik yo‘nalish esa transportda yuk tashish texnologiyalarini, ombor xo‘jaligini, axborot ta’minotini, rejalashtirish va nazoratni takomillashtimvchi logistikaning funksional sohasidir.
Bozor munosabatlari oldi-sotdi bitimlariga asoslanadi. Tovarlar oqimi sotuvchidan xaridorgacha o'z harakatini boshlashidan oldin, ular o'zlarining munosabatlarini tegishli majburiyatlar - etkazib berish shartnomalari bilan rasmiylashtiradilar. Shuning uchun tarqatish logistikasida ta'minotni samarali boshqarish muammosi eng muhim ahamiyatga ega. Ushbu jihatdan logistik yondashuv tegishli vazifalarni rasmiylashtirishni, ushbu turdagi munosabatlarda shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishini baholashni va tahlil qilishni o'z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |