Dam olish daqiqasi
Yozdik,yozdik charchadik
Ruchka qo’yib dam oldik
Bir,ikki uch to’rt
Yana yoza boshladik
2 - topshiriq. Boshqotirmaga 5 daqiqa vaqt ajratiladi (hamma guruhlarga ham shu chizmadagi boshqotirma beriladi).
1. O'zbekistonning poytaxti. (Toshkent)
2. Tabiat hodisasi bo'yicha. (Shamol)
3. Erta bahorguli. (Chuchmoma)
4. Subhidam. (Tong)
5. Uy-ro‘zg‘orbuyumi. (Chelak)
“Sirli sharcha” 3 ballik sistemada baholanadi.
Topshiriq:Berilgan so’zni harf-tovush tomonidan tahlil qilish.
1-guruh: binafsha
2-guruh: chinnigul
3-guruh: boychechak
Topishmoqni toping-topqirlikda o’zing.
1-guruhga:Qat-qat qatlama,aqling bo’lsa tashlama.
2-guruhga:Qo’lsiz,oyoqsiz eshik ochar.
3-guruhga:Kessa kesilmas,chopsa chopilmas.
Topshiriq tugagandan so’ng guruhlar bir-birlariga interfaol darsidagi ishtiroki haqida o’z fikrlarini aytadilar. Jadvaldagi ballar jamlanib, eng yuqori ball to’plagan guruh g’olib deb topiladi.
Vazifa: 46-mashq
Do'stlaringiz bilan baham: |