25-MavzuPul-kredit siyosati
Pul-kredit siyosati - hukumatning pul muomalasi va kredit sohasida olib boradigan bosh yoʻli va mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini va uning samarali faoliyatini taʼminlashga, pul tizimini lozim darajada mustahkam sak/gab turishga qaratilgan chora-tadbirlari. P.-k.s. davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi boʻlib, odatda, uni Markaziy bank amalga oshiradi. P.-k.s. orqali muomaladagi ortiqcha pul massasi qisqartiriladi yoki koʻpay-tiriladi, inflyasiyann pasaytirish chora-tadbirlari koʻriladi. Markaziy bank P.-k.s.ni olib borishda pul bo-zoriga toʻgʻridan-toʻgʻri — oʻzining boshqaruv vakolatlari yordamida va pul emissiyasi orqali taʼsir oʻtkazishi mumkin.
P.-k.s. bevosita va bilvosita vositalar orqali amalga oshiriladi. Bevosita vositalar — moliyaviy institutlardagi moliyaviy aktivlar narxlari (foiz stavkalari)ni yoki ular haj-mini toʻgʻridantoʻgʻri boshqarish orqali olib boriladi. Markaziy bank tomonidan tijorat banklaridagi mavjud depozit kurinishidagi pullarni hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar narxlari va hajmi nazorat qili-nadi. Bilvosita vositalar — Markaziy bank tomonidan moliyaviy institutlar resurslarita bozor mexanizmlari (majburiy zaxiratalablari, ochiq bozordagi operatsiyalar, tijorat banklarini qayta moliyalash va Markaziy bankning hisob stavkasi, tijorat banklaridan depozitlarni qabul qilish va boshqalar) orqali iqtisodiyotdagi pul massasiga taʼsir etiladi.
Markaziy bank foydalanadigan vositalarning har biri foiz stavkalarining oʻsishiga, kreditlash va qarz olish hajmini kamaytirishga, lozim boʻlganda foiz stavkalarini oshirishga yoki, aksincha, tushirishga xizmat qiladi. Ochiq bozordagi operatsiyalar, majburiy eng kam zaxiralarning boʻlishi, hisobga olish siyosati, valyuta siyosati P.-k.s.ning asosiy tarkibiy qismlarini tashkil etadi
Markaziy bank Boshqaruvining 2021 yil 21 oktyabrdagi yig‘ilishida “Pul-kredit siyosatining 2022 yil va 2023-2024 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari”ning dastlabki konseptual loyihasi ma’qullandi.
Pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlarida Markaziy bankning o‘rta muddatli makroiqtisodiy rivojlanish prognozlari va kelgusi yillarda pul-kredit sohasida amalga oshiriladigan ishlar, tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlar o‘zgargan holatlarda Markaziy bank tomonidan ko‘riladigan choralar va pul-kredit siyosatini yuritishdagi yondashuvlar aks ettirilgan.
Shuningdek, ushbu loyihada pul-kredit siyosati instrumentlari, ichki valyuta va pul bozorini takomillashtirish, tahliliy-prognozlash salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha kelgusi yillarga rejalashtirilgan choralar ham aks ettirilgan.
Pul-kredit siyosatining 2022 yil va 2023-2024 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishda, birinchi navbatda, iqtisodiyotda narxlar va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, inflyasiya darajasini 2023 yil yakuniga qadar 5 foizgacha pasaytirish maqsadlaridan kelib chiqilgan.
Jahon iqtisodiyoti 2020 yilda koronavirus pandemiyasi va uning ta’sirida yuzaga kelgan global iqtisodiy inqiroz sharoitida qat’iy karantin cheklovlarining kiritilishi sababli iqtisodiy faollikning pasayishi va ta’minot zanjiridagi uzilishlar hamda pul-kredit va soliq-byudjet siyosatlarining sezilarli darajada yumshatilishini boshdan o‘tkazdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |