Yevropa Ittifoqi.
Yevropa Ittifoqinung bауrog‘i.
|
Shior - Birlik turfa xillikdadir (In varietate Concordia)
Madhiya - Birlik turfa xillikdadir (In varietate Concordia)
27 ЕИ аъзо-мамлакатлари:
Avstriya
|
Litva
|
Belgiya
|
Luksemburg
|
Bolgariya
|
Malta
|
Buyuk Britaniya
|
Niderlandiya,
|
Vengriya
|
Polsha
|
Germaniya
|
Portugaliya
|
Gresiya
|
Rumuniya
|
Daniya
|
Slovakiya
|
Irlandiya
|
Sloveniya
|
Ispaniya
|
Finliandiya
|
Italiya
|
Fransiya
|
Кipr Respublikasi
|
Chehiya
|
Latviya
|
Shvesiya
|
|
Estoniya
|
YEIning maqsadlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
− Yevropa xalqlarining yaqin ittifoqi tashkil etilishi;
− muvozanatlashgan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashish;
− umumiy merosni saqlab qolish va ko‘paytirish.
Yirik integratsion birlashmalar bo‘lib Osiyo – Tinch Okeani iqtisodiy hamkorligi (OTIH), “Osiyo – Tinch Okeani iqtisodiy hamkorligi” forumi hisoblanadi. Unga quyidagi davlatlar kiradi: Avstraliya, Bruney, Vyetnam, Gonkong, Indoneziya, Kanada, XXR, Koreya Respublikasi, Malayziya, Meksika, Yangi Zelandiya, Papua Yangi Gvineyasi, Peru, Rossiya, Singapur, AQSH, Tailand, Tayvan, Filippin, Chili, Yaponiya.
OTIH mamlakatlari hissasiga:
− jahon YAMMning taxminan 60 foizi (19,254 mln. AQSH doll.);
− jahon tashqi savdo hajmining 48 foizi to‘g‘ri keladi;
− forumga a’zo-mamlakatlarda sayyoramiz aholisining 1/3 qismidan ortig‘i yashaydi. OTIH jahondagi eng dinamik tarzda rivojlanayotgan region hisoblanib, so‘nggi 10 yilda uning hissasiga jahon iqtisodiy o‘sishining 70 foizi to‘g‘ri keladi.
OTIHning kamchiligi shundan iboratki, uning tuzilmasiga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko‘ra farqlanuvchi hamda siyosiy mo‘ljal olishi mutlaqo qarama-qarshi bo‘lgan mamlakatlar kiradi. Uning vazifalarini quyidagilar tashkil etadi:
− iqtisodiy o‘sishga erishish maqsadida iqtisodiyotni rivojlantirish va siyosat bo‘yicha axborot almashish.
− tovarlar va xizmatlar harakati yo‘lini qisqartiruvchi strategiyalarni ishlab chiqish;
− energetika, baliq ovlash, turizm, transport, telekommunikatsiyalar va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik;
− regional savdo rivojlanishiga, moliyaviy oqimlar harakatiga, texnologiyalarni almashish hamda mehnat resurslari bilan ta’minlanganlikka ko‘maklashish. Yana bir yirik integratsion birlashma bo‘lib Shimoliy Amerika erkin savdo zonasi (NAFTA) hisoblanib, unga AQSH, Kanada va Meksika kiradi.
1992-y.da Shimoliy Amerika erkin savdo zonasi – NAFTA tashkil etilishi to‘g‘risida shartnoma imzolanib, u 1994-yil 1-yanvarida kuchga kirdi. Uning a’zolari – AQSH, Kanada va Meksika. Uning asosi bo‘lib 1989-y.da imzolangan AQSH va Kanada o‘rtasidagi erkin savdo to‘g‘risidagi bitim xizmat qildi – CFTA (1989-y. 1-yanvarida imzolangan).
Mazkur hujjatning asosiy nizomlari:
− a’zo-mamlakatlar o‘rtasidagi savdoda bojxona bojlari va notarif cheklovlarni bosqichma-bosqich yo‘q qilinishi;
− Shimoliy Amerika bozorining o‘z tovarlarini Meksika orqali AQShga qayta eksport qilish yo‘li bilan Amerika bojlaridan bo‘yin tovlashga intilayotgan Osiyo va Yevropa kompaniyalarining ekspansiyasidan himoya qilish;
− Meksikada bank va sug‘urta ishida Amerika va Kanada kompaniyalarining kapital qo‘yilmalari va raqobati taqiqlanishini olib tashlash;
− investitsiya rejimini erkinlashtirish, jumladan, moliyaviy xizmatlarni taqdim etish;
− intellektual mulkni himoya qilishning yuqori darajasini ta’minlash;
− atrof muhit ifloslantirilishiga qarshi kurash bo‘yicha qo‘shma dasturni ishlab chiqish.
NAFTA aholisi 420 mln. kishini va YAMM 11,7 trln. dollar (2002-y.)ni tashkil etgan, erkin savdoning eng yirik regional zonasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |