To’shamali go’ng chiqishini hisoblash.
Xo’jalikda to’shamali go’ng chiqishi va to’planishini hisoblashda shtabel hajmini, uning hajmi massasiga ko’paytirish orqali topiladi. Hajmini aniqlash uchun shtabel bo’yi va eni hamda balandligi ko’paytiriladi. 1m3 zichlanmagan go’ng massasi 0,3-0,4 t, zichlangani –0,7, yarim chirigan 0,8t, to’liq chirigan-0,9 t.
Xo’jalikda go’ng chiqishini hisoblash ham muhim ahamiyatga ega. Yangi chirimagan go’ng chiqishi, yem-xashakning 50%i, go’ng tarkibiga o’tishiga va barcha qo’llanilgan to’shama miqdorini hisoblashga asosan topiladi. Yangi go’ng tarkibida 25% quruq modda va 75% suvdan iborat bo’lganligi sababli, uning miqdori yem-xashak va to’shamaga nisbatan 4 marta ko’p bo’ladi. Go’ng chiqishi quyidagi formula bilan topiladi:
G=(K/2+T)x4 bu yerda
G- go’ng chiqishi
K-yem-xashak miqdori, quruq modda hisobida
T-to’shama
Ushbu bir bosh hayvondan olinadigan go’ng miqdoriga ko’ra yillik go’ng to’plash miqdorini topish mumkin.
Vs= Vd x Ds x Chs/1000 bu yerda
Vs- barcha qoramoldan go’ng to’plash miqdori, t/yil
Vd- 1 kunda bir bosh hayvondan go’ng chiqishi, kg/kun
Chs- bosh soni, dona
Ds- bog’lab boqish davomiyligi, kun
1000- kg ni tonnaga aylantirish koeff.
Shundan so’ng olingan miqdorni chirish darajasi ko’rsatkichiga ko’paytirib, to’planadigan go’ng miqdori topiladi. Yangi chirimagan go’ngni yarim chirigan go’ngga o’tkazish koeffisiyenti- 0,7-0,8, chirigan go’ngga- 0,5, chirindiga- 0,25, chirimagan go’ng massasi chirigan go’ng koeffisiyentiga ko’paytirilib, hosil bo’lgan massa miqdori topiladi. Bir tonna yangi chirigan go’ngdan 700-800 kg yarim chirigan go’ng, 500 kg to’liq chirigan, 250 kg chirindi olinadi.
Xo’jalikda go’ng to’planish miqdorini hisoblashda 1,5 bosh ot, 2 bosh g’unajin, 3-5 ta buzoq, 4-5 ta ona cho’chqa, 10 bosh qo’y bir bosh qoramolga teng deb olinadi.
To’shamali go’ngni ishlatilishi.
Go’ng shudgorlashda, nam tuproqqa solish uchun tavsiya etiladi. Go’ng qo’llash me’yori uning chirish darajasi, tuproqdagi va go’ngdagi oziqa elementlar miqdori, ekin biologik xususiyati, tuproq iqlim sharoitlariga bog’liq rivishda gektariga 15-50 tonnani tashkil etadi.
Donli ekinlar uchun- 15-25 t/ga
G’o’za uchun- 20-25 t/ga
Go’ng tanqis mintaqalarda, lalmikorlikda me’yor birmuncha kamaytirilishi mumkin. Silos ekinlari, sabzavot va kartoshka, ildizmevalilarda go’ng donli ekinlarga nisbatan ko’proq me’yorda qo’llaniladi. Mineral o’g’itlar bilan birga qo’llanilganda me’yor biroz kamaytirilishi mumkin.
Go’ng qo’llash samaradorligi yuqori bo’lishi uchun maydonga bir tekis sepilishi va o’z vaqtida shudgor qilinishiga bog’liqdir. Konkret tuproq iqlim sharoitiga bog’liq ravishda go’ngni 25-30sm chukurlikda haydab tashlash tavsiya etiladi. Bundan yuza solinganda chirish va minerallashish jadal kechib, oziqa moddalaridan foydalanish koeffisiyenti kamayadi. Chuqur haydalganda ayniqsa ortikcha namlik sharoitda, anaerob jarayon tufayli chirish sust kechadi.
Go’ng nafaqat birinchi yili, balki kelgusi yillarda ham ta’sir etuvchi organik o’g’it hisoblanadi. Uning umumiy ta’sirini 100% deb qabo’l qilsaq uning ta’siri birinchi yili 20-40%, keyingi yillari 60-80% ni tashkil etadi. Go’ng qator orasiga ishlov beriladigan ekinlarda, ayniqsa g’o’za-beda almashlab ekishda katta ahamiyatga ega.
Shahar chiqindilari
Shaxar chiqindilariga oshxona axlatlari, qog’oz, latta-puttalar, kul, loyka va chang kabilar kiradi. Tarkibidagi oziq moddalarning miqdori bo’yicha go’ngga yaqin turadi. Shahar chikindilarining parchalanish tezligi tarkibiy qismiga bog’liq;.
Quruq moddaga aylantirib xisoblaganda shahar chiqindilari o’z tarkibida o’rta hisobda 0,6-0,7% azot, 0,5-0,6% fosfor va 0,6-0,8% kaliy tutadi.
Odatda shahar chiqindilari tarkibidagi temir bo’laklari, shisha siniqlari terib tashlanadi va maxsus uralar kovlanib, kompost tayyorlanadi. 8-9 oy ichida kompost tayyor bo’ladi va uni sabzavot va yopiq gruntda yetishtiriladigan ekinlarga kuzgi shudgor oldidan 15- 20 t/ga hisobida kiritish mumkin. Texnikaviy ekinlar yetishtiriladigai paykallarda o’g’it me’yori 30-60 t/ga yetkaziladi.
Sanoat chiqindilari (teri oshlash. pivo pishirish. tamaki va baliqni kayta ishlash va h q) tarkibida azot, fosfor va kaliyning miqdori shahar chiqindilari tarkibidagidan bir necha baravar ko’p. Bu chiqindilardan foydalanish natijasida birinchidan, ekinlar arzon o’g’it bilan ta’minlanadi, ikkinchidan shaxar va shahar atrofidagi ekologik muhit yaxshilanadi.
Kompostlar
Mahalliy o’g’itlar tarkibidagi oziq, moddalar isrof bo’lishining oldini olish va fosforli o’g’itlar tarkibidagi oziq, moddalarni o’simliklar tomonidan oson o’zlashtiriladigan shaklga o’tkazish uchun turli-tuman kompostlar tayyorlanadi, Kompostlar juda turli-tuman bo’lib, bizning sharoitimizda ko’proq, go’ng-fosforli. najas-tuproqli, go’ng-sapropelli va aralash kompostlar keng tarqalgan.
Go’ng-fosforlikompost. Buturdagikompostbevositaekinmaydonlarigayaqinyerlardatayyorlanadi. Buning uchun 50-60 sm chuqurlikda kompost tayyorlash urasi kovlanadi. Uraga 30-40 sm qalinlikda go’ng tashlanadi (go’ng quruq holatda bo’lsa, ma’lum miqdorda suv olib namlanadi) va ustiga 200-300 kg superfosfat sochiladi. Superfosfatningyirikkesakchalarialbattaol-dindanmaydalanishilozim. So’ngra 15-20 smqalinlikdatuproqbilankumiladi. Bu maqsadda ura kovlash paytida olingan tuproqdan foydalaniladi. Agar kuhna devor qoldiklari yoki uzoq, muddat quyosh ta’sirida qizib yotgan zovur tuproqlari ishlatilsa, kompostning sifati yanada yaxshilanadi. Tuproq, ustidan bir qatlam go’ng shaltog’i quyiladi. Shu taxlit uyum 2,0-2,5 m ga yetkaziladi va usti 10-15 sm qalinlikda somon va yupqa (10 sm chamasi) tuproq bilan qoplanadi.
Komposttayyorlashjarayonidauyumdagijinslarniaralashtirishgaalohidae’tiborberiladi. Aralashtirilmagan kompost yaxshi chirimaydi, tabiiyki, fosfor o’simliklar uchun kam layokatliligicha qolib ketadi. Aralashtirish chizel yoki yuklash mexanizmining chumichi yordamida bajarilish mumkin, Aralashma 100-120 kundan keyin belko’rak yordamida yaxshilab aralashtiriladi. Yetilgankompostsochiluvchan, birjinslibo’lib, qoramtir-jigarrangtusdabo’ladi.
Najasli-tuproqlikompost. Dehqonchilikdanajasdantayyorlanadigankompostlardanhamkengfoydalaniladi. Najasning o’zini ko’p ekinlarga to’g’ridan-to’g’ri o’g’it sifatida ishlatish sanitariya-gigiyena nuktai nazaridan tavsiya etilmaydi. Najasli-tuproqli kompost tayyorlash uchun eni va bo’yi 2,0-2,5, chukurligi 0,5- 0,7lbo’lgan xandaq kovlanadi. Unga bir qatlam najas, bir qatlam tuproq navbat bilan tashlanadi (1 t najasga 1 t tuproq. to’g’ri kelishi kerak). Ustisomon, torfyokixashakbilanqumiladi. Qummahar 3 xaftadayaxshilabaralashtiribturiladi. Ikki-uchoyichidanajasningbadbuyxididanholi, qoramtirtusli, donadorvasochiluvchankomposttayyorbo’ladi,
Najasli-tuproqli kompost a’lo sifatli mahalliy o’g’it, 12-15 t/ga me’yorida qo’llaniladi.
Aralash kompostlar tayyorlashda, go’ng, somon, hazonlar, chuchuk suv xavzalarining loyqalari, fosforli o’g’it, shahar chiqindilari va boshqa axlatlardan foydalanish mumkin.
Nazorat savollari
Organik o’g’itlarning ahamiyatini ayting?
To’shamali va to’shamasiz go’ngning farqi va qo’llanilishi?
To’shamali go’ngning qolllanilishi?
Shahar chiqindilari va ularning qollanilishi?
Do'stlaringiz bilan baham: |