Turli usullar va to’shamalar bilan 4 oy saqlash davomida organik modda, azot va go’ng sharbati yo’qolishi miqdori.
Saqlash
usuli
|
Somon to’shamali go’ngdan
|
Torf to’shamali go’ngdan
|
organik modda
|
azot
|
go’ng
sharbati
|
organik modda
|
azot
|
go’ng
sharbati
|
Zich
|
12,2
|
10,7
|
1,9
|
7,0
|
1,0
|
0,6
|
Yarim zich
|
24,6
|
21,6
|
5,1
|
32,9
|
17,0
|
3,4
|
G’ovak
|
32,6
|
31,4
|
10,5
|
40,0
|
25,3
|
4,3
|
Turli usullarda 4 oy saqlangan go’ng tarkibi
Tarkibi
|
Somon to’shamali go’ng
|
Torf to’shamali go’ng
|
S a q l a sh u s u l l a r i
|
zich
|
yarim zich
|
g’ovak
|
zich
|
yarim zich
|
g’ovak
|
Namligi
|
75,7
|
77,7
|
77,9
|
77,3
|
79,5
|
80,0
|
Umumiy azot
|
0,61
|
0,66
|
0,71
|
0,62
|
0,67
|
0,63
|
Oqsil azoti
|
0,37
|
0,50
|
0,56
|
0,37
|
0,44
|
0,42
|
Ammoniyli azot
|
0,23
|
0,15
|
0,18
|
0,24
|
0,22
|
0,18
|
Fosfor P2O5
|
0,39
|
0,43
|
0,48
|
0,27
|
0,28
|
0,31
|
Kaliy K2O
|
0,42
|
0,48
|
0,52
|
0,37
|
0,48
|
0,51
|
Kalsiy SaO
|
0,18
|
0,24
|
0,22
|
0,19
|
0,24
|
0,24
|
Organik modda
|
21,7
|
18,7
|
18,4
|
20,0
|
18,0
|
17,0
|
Uglerod
|
9,7
|
8,61
|
7,31
|
9,08
|
8,30
|
8,0
|
Kletchatka
|
8,82
|
6,58
|
6,47
|
6,88
|
5,88
|
5,72
|
Go’ngni chorvachilik inshootlaridan uncha uzoq bo’lmagan joyda maxsus qurilgan go’ngxonalarda ham saqlash mumkin.
Go’ngxonalar 2 xilda bo’lishi mumkin:
Yer ustki go’ngxonalar yer osti suvlari yaqin joylashgan xududlarda quriladi va go’ng shtabel holida saqlanganda qurg’oqchil mintaqalarda kolovan tipidagi go’ngxonalar tavsiya etiladi.
Go’ngxonalarga quyidagi talablar qo’yiladi:
Tagi nam o’tkazmasligi lozim. Masalan, beton bilan yopilgan bo’lishi kerak Bu go’ng sharbati yo’qolishi oldini oladi. Bundan tashqari tashish va ortishda mexanizmlarni ko’tarishga chidamli bo’lishi lozim.
Go’ng sharbatini to’plagich maxsus joylari bo’lishi kerak
Go’ngxona tagi sharbat to’plagich tomon nishab bo’lishi lozim.
Go’ngxonalarga yog’in sochin suvlari oqib tushmasligi lozim.
Go’ngxona aholi punktlaridan kamida 200 m uzoqlikda, suv to’planmaydigan baland joyga qurilishi kerak
Daryo, ko’llar, ariqlar, quduqlar yakinida, botqoq yerlarda go’ngxona qurish mumkin emas.
Go’ngxona uchun joy sanepidstansiya roziligi bilan veterinariya vrachi ishtirokida tanlanadi.
Yil davomida to’planadigan go’ng miqdoriga bog’liq ravishda go’ngxona o’lchami tanlanadi. Agar zichlangan go’ng balandligi 1,5 m ni tashkil etsa, 2,5-3,0 oy mobaynida saqlash uchun har bir hayvon uchun quyidagi miqdorda maydon talab etiladi:
-yirik shoxli qoramollar - 2,0-2,5 m2
-otlar uchun - 1,4-1,75 m2
-buzoqlar - 1,0-1,2 m2
-cho’chqalar - 0,4-0,5 m2
-qo’y - 0,2-0,3 m2
Har 100 t go’ng uchun go’ng sharbati to’plagich hajmi 1,3 m3 ni tashkil etib, umumiy xajmi esa 4-5 m3 bo’lishi lozim.
Go’ng sharbati o’g’it sifatida, kompostlar tayyorlashda va go’ng saqlashda uni qurib qolmasligi uchun namlashda ishlatiladi.
Mutaxassis turlicha chirigan go’ngning aralashib ketishiga yo’l qo’ymasligi lozim. Go’ng go’ngxonaga 2-3m enlikda ko’ndalang holda yotqiziladi va zichlanadi. Shtabel balandligi 2,5-3,0m ga yetguncha shunday davom ettiriladi. So’ng yonidan 2 chi, 3 chi shtabel yotqizilib, go’ngxona to’lguncha davom ettiriladi. Bunda yonma-yon yotqizilgan shtabelllar zich joyldashishiga e’tibor berish lozim. Bunda go’ngxona bir chetida chirigan go’ng osil bo’lsa, bir cheti hali chirib ulgurmagan bo’ladi.
Agar go’ngni baxorda-ko’zda dalaga chiqarib saqlash imkoni bo’lmasa, u holda qishda chiqariladi. Bunda go’ng 1-2 kun ichida to’liq tashib, ulgurilishi, usti 15-20sm qalinlikda tuproq bilan berkitilishi kerak
Chirimagan va yarim chirigan go’ng dalada kichik uyum holida saqlash tavsiya etilmaydi, chunki bunday holda qishda go’ng mo’zlashi, yozda qurib qolishi ehtimoli kuchayadi va ammoniyli azotning katta miqdorda yo’qolishiga olib keladi.
To’shamali go’ng saqlanganda oziqa moddalari yo’qolishi oldini olish choralari: Ma’lumki noqulay sharoitda go’ng oziqa moddalari ko’p yo’qolishi, uning o’g’itlik ahamiyatini kamaytiradi. Ammiak va organik modda asosan chirish jarayonida, go’ng sharbati esa saqlash joyida gruntga surilish va oqib ketish natijasida yo’qoladi, azot, kaliy miqdori keskin kamayadi. Buning oldini olish uchun birinchi navbatda to’shama me’yori oshirilishi, to’shamaga torf va somon ishlatilishi, go’ngni zich (sovuq) usulda saqlash, go’ng sharbati to’plagichlarga qo’yiladigan talablar to’la bajarilishi lozim. Go’ngni o’gitlik ahamiyatini oshirish uchun unga fosforli o’g’it qo’shish, torf, tuproq va boshqa materiallar qo’shib kompost tayyorlash tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |