ELEKTR FILTRLAR
Elektr filtr bu shunday to’rtqutblik- ki, u quyidagi qobiliyatga ega: u minimal kuchsizlanish bilan ma’lum bir chastotalar diapazonidagi elektr toklarni o’tkazadi va boshqa chastotadagi toklarni o’tkazmaydi (yoki katta kuchsizlanish bilan o’tkazadi). Chastotalar sohasi ichida kuchsizlanish minimal yoki nolga teng bo’lsa, bu soha o’tkazish oralig’i deyiladi. Chastotalar sohasi ichida kuchsizlanish juda katta yoki cheksizlikka teng bo’lsa, bu soha to’sish oralig’i deyiladi. Bu oraliqlar orasida o’tish (o’tqinchi) oralig’i joylashadi. O’tkazish oralig’ining chegaraviy chastotalari fk kesim (ke-sish) chastotalar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |