25-Ma’ruza tasmali vakuum filtrlar. Reja



Download 3,39 Mb.
bet1/3
Sana08.02.2022
Hajmi3,39 Mb.
#435061
  1   2   3

25-Ma’ruza
TASMALI VAKUUM FILTRLAR.
Reja:

  1. Filtrlashning nazariy asoslari

  2. Tasmali vakuum filtrlarning tuzilishi va ishlаsh prinsipi.

  3. Barabanli vakuum filtrlarning tuzilishi va ishlаsh prinsipi.

Filtrlashning nazariy asoslari. Filtrlash deb, mayda zarrachali bo’tana va suspenziyalar tarkibidagi qattiq zarrachalarni g’ovak to’siq orqali bosim ostida filtrlab, suvni ajratib olishga aytiladi.
Filtrlash natijasida to’siqda ushlanib qolgan mahsulot cho’kma, to’siqdan o’tgan suv filtrat deyiladi.
Filtrlash jarayonining boshlang’ich davrida suyuqlik faqat g’ovak to’siqdan o’tadi, keyinchalik to’siq, yuzasiga cho’kma o’tirgandan so’ng u cho’kma qatlamidan ham sizib o’tishi kerak.
Jarayon davomida cho’kma qatlami qalinlashib boradi: shunga mutanosib suyuqlikning sizib o’tishiga qarshiligi ortib boradi.
Cho’kma qalinligi ma’lum darajaga etganda filtr yuzasiga bo’tana berish to’xtatiladi. Hosil bo’lgan cho’kma qatlami orqali havo o’tkazilib, u quritiladi. So’ngra filtr yuzasidan cho’kma olib tashlanadi va jarayon qaytariladi, hozirda filtr dastgohlarda filtr yuzasiga bo’tana berish, cho’kmani to’plash, uni quritish, ajratib olish kabi ishlar tartib bilan avtomatik bajariladi.
Olingan cho’kmaning tarkibida 10-20% gacha namlik bo’ladi. Namlikning miqdori zarrachalarning o’lchamiga, cho’kmaning tuzilishiga, filtrlashning turiga va boshqa omillarga bog’lik. Filtrlash jarayonida siqiluvchi va siqilmaydigan cho’kmalar hosil bo’ladi. Siqiluvchi cho’kmalardagi zarrachalar bosim ortishi bilan deformatsiyaga uchrab, ularning o’lchami kichiklashadi. Siqilmaydigan cho’kmalarda filtrlash jarayoni osonroq o’tadi va cho’kmadagi namlik ancha kam bo’ladi.
Filtrlash jarayonining unumdorligi Filtrlash jarayonining unumdorligi olinadigan suyuqlikning tozaligi, asosan filtr to’siqning xususiyatlariga bog’liq. Filtr to’siqlarning teshiklari katta va gidravlik qarshiliklari kichik bo’lishi zarur. Filtr to’siqlar sifatida mayda teshiklar to’rlar, turli gazlamalar, sochiluvchan ashyolar (qum, maydalangan ko’mir va h.k.), sopol buyumlar ishlatiladi. Filtr mato sifatida paxta, yung va sun’iy tolalardan to’qilgan gazlamalar ishlatiladi.
Filtr to’siqlardan oldingi va keyingi bosimlar farqi yoki filtr matoda suyuqlik bosimini hosil qiluvchi markazdan qochma kuchlar filtrlash jarayonining harakatlantiruvchi kuchi vazifasini bajaradi.
Harakatlantiruvchi kuchlar turiga qarab filtrlash ikki guruhga bo’linadi:
-Bosimlar farqi ta’sirida filtrlash.
-Markazdan qochma kuchlar ta’sirida filtrlash (sentrifugalash)
Filtrlash jarayonining samaradorligi va filtrlash dastgohining ish unumi filtrlash tezligi bilan tavsiflanadi.
Filrlash tezligi Filrlash tezligi vaqt birligi ichida filtrdan o’tgan suyuqlikning hajmini bildiradi.
Filtrlash tezligi bo’tana, cho’kma va suyuqlikning xossalariga, filtrlash maromiga va boshqa kattaliklarga bog’liq.
2.Filtrlаsh jarayonida ishlаtiladigan dastgohlar. Hozirgi vaqtda sanoatda ishlatilayotgan filtrlash dastgohlarining xilma-xil turlari bor. Ular texnologik maqsadlarga, bosimlar farqini hosil qilish usuliga, filtr to’siqlarning turiga boshqa xususiyatlariga qarab tasniflashi mumkin [5].
Barcha turdagi filtrlash dastgohlari filtrlash yuzasining harakatiga qarab ikki xil bo’ladi.
1. Harakatsiz filtrlash yuzasiga ega bo’lgan filtrlar, ramali va kamerali filtr presslar.
2. Harakatli filtrlash yuzasiga ega bo’lgan, filtrlar, diskli va tasmali filtrlar. Bundan tashqari, filtrlar (barabanli vakuum filtrlar, diskli va lentali filtrlar), bundan tashqari, filtrlar ishlash maromiga ko’ra davriy va uzluksiz ishlaydigan bo’ladi.
Uzluksiz ishlaydigan filtrlash dastgohlari bu kamchiliklardan holidir. Bu dastgohlarda filtrlash, cho’kmani quritish, yuvish, ajratib olish kabi jarayonlar bir vaqtning o’zida olib boriladi. Bunday dastgohlarga vakuum ostida ishlaydigan barabanli, diskli, tasmali filtrlar kiradi.
Harakatli filtrlash yuzasiga ega bo’lgan, filtrlar Boyitish fabrikalarida barabanli vakuum-filtlar ishlatiladi.

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish