Tasmali vakuum-filtrlar yuqori dispers suspenziyalarni filtrlash uchun mo‘ljallangan. Birinchi navbatda, yirik zarrachalarning cho‘kmaga tushishi matoning teshiklari mayda kristallar bilan bekilib qolishini kamaytiradi. Tuzilishining soddaligi va ayrim suzish operatsiyalarining davomiyligini boshqarishda hamda cho‘kmani ko‘p bosqichli yuvishni tashkil qilish imkonining mavjudligi tasmali filtrlarning afzalligi hisoblanadi. Suzish yuzasining kichikligi, suzish va yuvish zonasining aniq chegaralanmaganligi bu filtrlarning kamchiligi hisoblanib, bunda filtrlangan suyuqlik (filtrat) ma’lum darajada suyuladi. Tasmali vakuum- filtrlar bor kislotasi va ekstraksiya yo‘li bilan olinadigan fosfor kislotasi, kaliy xlorid ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |