8 0. Beshta bir xil massali yuk og’irlik kuchi maydonida pastga F=3mg qo’shimcha kuch bilan tortilmoqda 2 –va 3-yuklar orasidagi ipning taranglik kuchi qanday?
A) B)
C) D)
81. Bola 10N kuchga bardosh beradigan chilvir yordamida 0,5kg massali yukni yuqoriga ko’tarmoqda. Harakatni tekis tezlanuvchan deb hisoblab, 0,1s vaqt ichida jismni qanday maksimal balandlikka(sm) ko’tarish mumkin?
A) 0,5 B) 10 C) 0,1 D) 5
82. Jism dastlab 5 s davomida 3 m/s tezlik bilan tekis, so’ngra 4 s davomida 3 m/s2 tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakatlandi. Jismning umumiy bosib o’tgan yo’lini toping(m)?
A) 32 B) 39 C) 51 D) 42
83. Oyadagi tajribada 1-jism tik yuqoriga 20 m/s tezlik bilan otildi, 6 s o’tgach 2- jism birinchisini ketidan yana shunday tezlik bilan otildi. To’qnashuv oldidan 2-jismning tezligi (m/s) qanday bo’ladi? g=5/3 m/s2
A) 10 B) 5 C) 8 D) 7
84. Kesim yuzasi 100 sm2 bo’lgan silindrik idishga suv quyilgan. Suv sirtida 250 g massali muz suzib yuribdi. Muz hisobiga idish tubida vujudga kelayotgan qo’shimcha bosim (Pa) topilsin?
A) 250 B) 200 C) 220 D) 280
85. Rasmda moddiy nuqta tezligining vaqtga bog‘liqlik grafigi tasvirlangan. Vaqt t=7 s bo‘lganda bosib o‘tilgan yo‘l (m) qancha bo‘lgan?
A) 30 B) 59
C) 40 D) 60
86. Gidravlik press katta porshenining yuzasi kichik poshen yuzasidan 4 marta katta. Kichik poshen ustiga 4 kg massali yukni muvozanatlash uchun katta porshen ustiga qanday og’irlikdagi yuk qo’yish kerak(N)?
A) 16 B) 160 C) 80 D) 8
87. Yer atrofida aylanib yurgan su`niy yo’ldoshning orbita radiusi 4 marta ortsa uning tezligi qanday o’zgaradi?
A) 2 marta kamayadi B) 4 marta ortadi
C) 4 marta kamayadi D) 2 marta ortadi
88. Aravacha gorizontal yo’l bo’ylab 18km/h tezlik bilan harakatlanadi va qiyalik bo’ylab harakatlana boshalydi. Aravacha yo’l sirtidan qanday balandlikka (m) chiqib to’xtaydi? Qarshilikni hisobga olmang.
A) 1,2 B) 1,1 C) 1,4 D) 1,25
89. Rossiyadagi Vladivostok shahrining geografik koordinatalari 43o shimoliy kenglik, 132o sharqiy uzoqlikdan iborat. Shaharning Yer o’qi atrofidagi aylanma harakat tezligi (m/s) topilsin? Sin(43o)=o,68, cos(43)o=0,73, Ekvator uzunligi 40 ming km. T=86400s.
A) 461 B) 416 C) 231 D) 338
90. 2kg va 1kg massali ikki jism ip bilan bog’langan . Birinchi jism 13 N gorizontal kuch bilan tortilsa, ipning tarangligi (N) qanday bo’ladi? Ishqalanish koeffitsienti 0,3.
A) 4,33 B) 4 C) 3 D) 3,67
91. Motosiklchi shosse bo’ylab to’g’ri chiziqli harakat qilmoqda. Mototsiklchining harakat yo’nalishi OX o’qining yo’nalishi bilan bir xil bo’lib, harakat tenglamasi x=10+10t+t2 (m) ko’rinishida bo’lsa, uning to’rt sekunddagi o’rtacha tezligi (m/s) qanchaga teng bo’ladi?
A)14 B) 12 C) 10 D) 7
92. Rasmda 4 ta kuch vektori tasvirlangan. Qaysi kuchlarni olib tashlansa, qolgan kuchlarning teng ta’sir etuvchisi nolga teng bo’ladi?
A ) B)
C) D)
93. Quydagi rasmdan foydalanib, 5 kg massali jism ilingan purjina siqlishini aniqlang.(sm)? Ishqalanish koeffitsiyenti 0.2 qiyalik burchagi 53o (sin53=0.8;cos53=0.6).
A 3.4 B 4.6 C 2.8 D 3.2
94. 180 m balandlikdan 2 s vaqt intervali bilan tomayotgan ikkita suv tomchisi ko’pi bilan orasidagi masofa qancha bo’ladi.(m)?
A) 50 B) 200 C) 150 D) 100
95. Jismga ta’sir etuvchi kuch ta’sir vaqtini 3 marta ortirsa uning bosib o’tgan yo’li necha marta o’zgaradi.
A) 9 marta ortadi B) 9 marta kamayadi
C) 3 marta ortadi D) 3 marta kamayadi
96. Lifda 2m massali jism turibdi. Agar lift yuqoriga 0.4g tezlanish bilan ko’tarilsa jism og’irligi nimaga teng.
A) 1.4mg B) 5mg
C) 2.8mg D) 9mg
97. 70 kg massali jismga 3 m/s2 tezlanish bergan kuch 35 kg massali jismga qanday tezlanish bera oladi.(m/s2)?
A) 3 B) 2 C) 6 D) 12
98. Rasmda ko’rsatilganday bikirligi 2 kN/m bo’lgan purjina uchlariga m1=4 kg va m2=6 kg massali yuklar mahkamlangan. Har bir yuk uchun ishqalanish koeffitsiyenti 0,1 teng. Purjina necha sm ga cho’zilishini toping?
A) 14 B) 1,4 C) 16 D) 1,8
99. Aylanma harakat qilayotgan g’ildirakning eng chetki nuqtasining chiziqli tezligi 50sm/s. Markaziga 3 sm yaqinroq nuqtasining chiziqli tezligi 40sm/s ga teng. G’ildirak radiusi (sm) toping?
A)50 B)25 C)40 D)15
100. Shossening gorizontal qismida 108 km/h tezlik bilan ketayotgan avtomobil tormozlanish yo‘lining (m) minimal qiymatini aniqlang. Ishqalanish koeffitsiyenti 0,3 ga teng. g=10 m/s2.
A) 300 B) 400 C) 200 D) 150
101. Jism suvda 6 m/s2 tezlanish bilan cho’ksa zichligi 800 kg/m3 ega bo’lgan moyga solinsa jism qanday tezlanish bilan cho’kadi.(m/s2)?.
A) 1.5 B) 4 C) 8 D) 3.3
102. Uzunligi 62,5sm bo’lgan ipga osilgan, suv to’ldirilgan chelak vertikal tekislikda aylanmoqda. Suv chelakdan to’kilmasligi uchun chelakning eng kichik chiziqli tezligi(m/s) nimaga teng bo’lishi kerak? g=10m/s2
A) 2 B) 6.25 C) 3 D) 2.5
Do'stlaringiz bilan baham: |