uchinchidan,
pedagogik
qobiliyat-larni,
mahoratni
takomillashtirishni
tezlashtirish;
to‘rtinchidan,
texnik bilim va qobiliyatlarga tayanish, pedagogik faoliyat
maqsadlarini bir-biri bilan bog„lash kabilarga erishishdir.
Pedagog olim Komil Zaripov o„qituvchining kasbiy mahorati mazmun va
mohiyatini “Ilg„or o„qituvchi”, “Ijodkor o„qituvchi”, “Novator o„qituvchi”
timsolida asoslaydi va shunday ta‟riflaydi:
“Ilg„or o„qituvchi” avvalo boshqa o„qituvchilarga qaraganda o„z ishiga
mas‟uliyat bilan qaraydi. SHu sohadagi ijobiy tajribalarni o„rganib, o„z darslarida,
ta‟lim muassasasidan va guruhdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarda qo„llaydi. SHu
orqali u ta‟lim va tarbiya sohasida muayyan yutuqlarni qo„lga kiritadi.
“Ijodkor o„qituvchi”da ham “Ilg„or o„qituvchi”dagi xususiyatlar bo„lishi
mumkin.
Ularning jiddiy farqi shundaki, ilg„or o„qituvchi mavjud manbalarni
o„rganib, shular asosida ta‟lim - tarbiya bo„yicha muayyan ishlarni amalga oshirsa,
ijodkor o„qituvchi bor manbalarga tanqidiy ko„z bilan qaraydi”
1
.
“Novator o„qituvchi”, o„zining yaxlit pedagogik vosita va usullari mavjudligi
bilan farqlanib turadi. SHu bilan birga novator o„qituvchilarda ilmiy tahlil, o„ziga
tanqidiy ko„z bilan qaray bilish xususiyatlari ham ega bo„ladi.
O„qituvchilarning kasbiy mahoratlarini takomillashtirish to„g„risidagi muammolar
evropa olimlari YA. A. Komenskiy, Djon Lokk, G.Pestalotssi, A.Disterverg,
K.D.Ushinskiy kabilarning asarlarida o„z ifodasini topgan. Jumladan, chex olimi,
mashhur pedagog YA. A. Komenskiy o„qituvchining
eng muhim xususiyatlari
qatoriga bolalarni sevishi, yuksak axloqi, bilimdonligi, iqtidori, kobiliyati kabilarni
kiritadi va ularning mohiyatini mukammal tavsiflab beradi.
YAn Amos Komenskiy o„z davrida o„qituvchilarning bola dunyoqarashini
rivojlantirishdagi roliga yuqori baho berib, o„qituvchilik «er yuzidagi
har qanday
kasbdan ko„ra yuqoriroq turadigan juda faxrli kasb» ekanligini ta‟kidlaydi.
1
Зарипов К. Ўқитувчилар малакасини оширишда мактаб раҳбарининг роли. – Т.: “Ўқитувчи”, 1993, 97 – бет.
YA.A.Komenskiy o„qituvchi obrazini tasvirlar ekan, uning shaxsida quyidagi
fazilatlar namoyon bo„lishi maqsadga muvofiqligini ta‟kidlaydi:
vijdonli, ishchan,
sabotli, axloqli, o„z ishini sevuvchi, o„quvchilarga mehr bilan muomala qiluvchi,
ularda bilimga havas uyg„otuvchi, o„quvchilarni o„z ortidan ergashtiruvchi va
diniy e‟tiqodni shakllantiruvchi.
I.G.Pestalotssi o„qituvchining kasbiy sifatlariga baho berish bilan birga,
asosan uning xalq ta‟limi tarmog„ini takomillashtirishdagi roli hamda fan
asoslarini egallashdagi ahamiyati va vazifalariga to„xtalib o„tadi.
A. Disterverg o„qituvchining ta‟limdagi roliga yuqori baho berib, u o„z
faoliyatini chuqur bilib, pedagogik mahoratini oshirib borishi o„quvchilarni qalbdan
yoqtirishi natijasida yuzaga keladi deb uqtiradi. O„qituvchi bolalarning
individual
xususiyatlarini, qobiliyatini, faoliyatini mukammal bilishi uchun muayyan
darajada psixologik bilimlarga ham ega bo„lishi kerakligini takidlab o„tgan.
Pedagog olim Djon Lokk o„qituvchi psixologiyasining eng muhim
jihatlarini ishlab chiqqan. Ular orasiga mo„„tadillik, g„ayrat-shijoatlilik,
ehtiyotkorlik kabi hislatlarni kiritib, o„qituvchining pedagogik faoliyatidagi
rolini asarlarida yoritib bergan.
Taniqli
rus
pedagogi
K.D.Ushinskiy
ta‟lim-tarbiya
jarayonida
o„qituvchining roli va shaxsiga yuqori baho berib, o„qituvchi kasbiga oid
ilmiy mulohazalarida hech bir qonun yoki tizim, ta‟lim-tarbiya to„g„risidagi
metod yoki tamoyillar o„qituvchi shaxsining pedagogik faoliyatdagi mahorati
o„rnini bosa olmaydi deb hisoblaydi.
K.D.Ushinskiy o„qituvchi ma‟naviyati va kasbiy faoliyatiga yuqori baho
beradi hamda ularning kasbiy malakalarini doimiy ravishda takomillashtirib borish
maqsadga muvofiq ekanligi to„g„risidagi g„oyani ilgari suradi. Mazkur g„oyaning
ijtimoiy ahamiyatini tasdiqlovchi tizim – o„qituvchilarni qayta tayyorlovchi kurslar
tizimini tashkil etishni u ilk bor asoslab bergan.
O„qituvchining sinf jamoasi bilan bo„lg„usi muloqotga
tayyorgarlikka doir
ibratli misol F.Samuylenkovning “Masterstvo, pedagogicheskiy takt – eto
avtoritet uchitelya” (“O„qituvchining mahorati va takti – uning obro„sidir”)
kitobida keltiriladi:
“Men VIII “B” sinfga kirishga otlanayotgan vaqtimda
o„qituvchilar xonasidayoq yuzimdagi tabassumni quvaman. Sinfga kirishdan oldin
ongli ravishda bir lahza to„xtab o„zimni to„g„rilab olaman, o„zimga jiddiy, deyarli
ifodasiz tus beraman. O„quvchilar bilan kam, juda aniq, keskin gaplashaman.
Hech qanday hazilga yo„l qo„ymayman. Dars berayotgan vaqtimda o„tirmayman,
bolalar bilan rasman xushmuomalada bo„laman. Bunday maromni saqlash menga
oson emas, lekin shunga o„rganganman, chunki hozircha bu sinfda o„zimni
boshqacha tutishim mumkin emas: sinf tez ta‟sirlanuvchan, tezda “qirg„oqdan
chiqib ketadi va yana qaytib oqimga tushishi qiyin”.
Olimning bu mulohazalari
hozirgi kunda ham o„z qudratini yo„qotgan emas. U o„qituvchining deyarli har bir
harakatda jiddiy fikr yuritishga undaydi. Darhaqiqat, o„qituvchining har qanday
hazili yoki bachkana qilig„i darhol teskari reaksiya berishi mumkin. Hatto engil
hazilga ham sinf o„quvchilari qizg„in javob beradi, ularning fikrini qaytadan
“jamlab” diqqatini jalb etish va ish kayfiyatini yaratish keyin juda qiyin bo„lishi
mumkin.
O„zining kasbiy mahoratini endigina boshlagan yosh o„qituvchilarda tarbiyachilik
mahoratining ko„nikma va malakalarini egallash qiyin shakllanadi. Bunga asosan, yosh
o„qituvchilarda kasbiy sifatlar tizimini egallash harakati bilan bog„liq sub‟ektiv
sabablar mavjud bo„ladi. Bu nimani nazarda tutadi? Boshlovchi o„qituvchilarning
ziddiyatli vaziyatlarda o„quvchilar orasida o„zini tuta bilishi, xilma-xil tarbiyaviy
usullardan
foydalanib, ko„zlangan maqsadiga erishishi tarbiyachilik mahorati bilan
bog„liq. Pedagogik faoliyatni endigina boshlagan tarbiyachi-o„qituvchilar
jazolash usullarini ko„proq egallashga harakat qiladilar. Ular oldida go„yo
tarbiyaviy maqsadlarga erishishning omili sifatida
Do'stlaringiz bilan baham: