YIG`ILISH QAROR QILADI:
II-chorakda bajariladigan ishlar sinf rahbari nazoratida sinf faollari zimmasiga yuklatilsin.
2-masala yuzasidan sinf sardori so`zga chiqdi va u bayram tadbirlarini o`tkazishda sinf rahbarlari ko`magida ko`p ishlar: tadbirlar, ijodiy ishlar qilinayotganligini aytdi. Muzokaraga maktab KYIH yetakchisi N. Ahrorqulova chiqib barcha bayram sanalariga devoriy gazetalar chiqarilib borilayotganini aytdi.Sinf o`quvchilari sinf fondidan muharrirga rangli qalam va flomasterlar olish kerakligini taklif qildi.O`quvchilardan Mo`minjonova Sarvinoz, Abdullayeva Afruzalar muzokaraga chiqib bayram tadbirlarini tashkil qilish haqida gapirdilar, hammani jamoat ishlarida faolroq bo`lishga chaqirdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |