153
23-mavzu. Yoqilg’ilar, texnik suyuqliklar va moylash materiallarini saqlash
qoidalari.
Moddalarning atrof-muhitga ta’sir etish xarakteristikalari ODP, GWP va TEWI
koeffistientlari Moddalarni ekologik nuqtai nazardan taqqoslash uchun atrofmuhitga
salbiy ta’sir ko’rsatish bo’yicha bir nechta parametrlar kiritilgan. Bular: ODP, GWP
va TEWI koeffistientlari. ODP koeffistienti — (Ozon Depleting Potential ozon
emirish qobiliyati OEQ), XFU-11 sovitish agenti uchun qabul qilingan solishtirma
birlik bo’ Sovitish texnikasi Sovitish tizimlarining texnik xodimlari uchun ko’llanma
, 20 kamayib qolgandek bo’ladi. Aksincha, agar GWP 500 yilga hisoblansa, CO2ni
ta’siri oshib ketadi, qisqa hayot kechiruvchi gazlarni birinchi 20-50 yillikdagi ta’siri
hisobga ham olinmay qolinadi. Shuning uchun adabiyotlardan aniq vaqt intervali
bo’yicha to’g’ri keladigan GWP indekslarini qidirish kerak. Odatda 100 yillik vaqt
oralig’i olinadi. Hozirgi kunda muqobil sovitish agentlarini va sovitish tizimlari
konstrukstiyalarini tanlash muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Bundan tashqari ozon
qatlamini emirish qobiliyati va global isishga ta’sir qobiliyatining yo’q bo’lishlik
(ODP=0, GWP=0) talablari bilan bir qatorda sovitish tizimlarining energiya iste’moli
ham tanlov kriteriylaridan biri hisoblanadi. So’ngi kriteriya issiqxona ta’sirini
vujudga kelishining bilvosita ta’sirchisidir. Shuning uchun sovitish tizimining
umumiy yig’indi isitish qobiliyatini hisoblash uslubiyati ishlab chiqilgan. Shunga
ko’ra "TEWI" (Total Equivalent Warming Impact yoki “Global isishga umumiy
ekvivalent ta’siri”) deb nomlanuvchi faktor joriy qilindi. Bunda natija harakatlantirish
turi yoki energiya ishlab chiqarish natijasida vujudga keladigan CO2ning atmosferaga
chiqarib yuborilishi bilan tavsiflanadi. Bu bilvosita ta’sir sovuqlik olish uchun
sarflangan har bir kilovatt-soat elektr enrgiyasini ishlab chiqarish vaqtida atmosferaga
chiqarilgan CO2ning massasi bilan bog’liqdir. Turli tajribalar shuni ko’rsatdiki,
termodinamik tizimning bilvosita issiqxona ta’siri hissasi, XFUni to’g’ridan-to’g’ri
tashlashdagi ta’sir hissasidan ancha yuqori bo’lar ekan. Misol uchun XFU-12
ishlatilgan va tarkibida XFU-11 bo’lgan material bilan izolyastiyalangan uy-ro’zg’or
sovitkichlarning bilvosita hissasi termodinamik tizimlardagi issiqxona ta’siriga
154
hissasining 80%ni, tashlab yuboriladigan XFU gazlar esa qolgan 20%ni tashkil
kiladi. TEWI hisoblashning oxirgi usullarida qurilmani yaratish va xavfsizlikni
ta’minlashga ketadigan energiya sarfini ham hisobga olish nazarda tutilgan. Bunda
solishtirma ko’rsatkichlar qo’llaniladi. Hamma galogenouglerodli sovitish agentlari
va tarkibida xlor bo’lmagan gidroftoruglerodlar (GFU) issiqxona gazlari hisoblanadi.
Bu moddalarning chiqarib yuborilishi global Sovitish tizimlariga xizmat ko’rsatish
asoslari 21 issiqxona ta’siriga o’z hissasini qo’shadi. Atmosferadagi eng asosiy
issiqxona gazi bo’lgan CO2 ga (suv bug’iga qo’shimcha ravishda) nisbatan bu
gazlarning ta’sir darajasi yuqoriroq hisoblanadi. Misol uchun, agar 100 yillik vaqt
intervalini oladigan bo’lsak 1 kg R134a ning atmosferaga chiqarib yuborilishi, 1300
kg CO2 ni chiqarib yuborilishiga ekvivalentdir (GWP100=1300). Bu faktlar sovitish
agentlarini chiqarib yuborishni kamaytirish asosiy vazifamiz ekanligini ko’rsatadi.
Boshqa tarafdan qaralganda, global isishga bevosita hissa qo’shayotgan sovitish
qurilmalari energiya ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan bilvosita ta’sirni ham
keltirib chiqarar ekan. Elektrostanstiyalarda ko’p miqdorda qazib olinuvchi
yoqilg’ilarning ishlatilayotganligi Evropada o’rtacha 1 kilovatt-soat elektr energiya
olish uchun 0,6 kg CO2 ni tashlamallariga to’g’ri kelmoqda. Buning oqibatida
sovitish qurilmalari ishlash davrida issiqxona ta’siriga o’zining juda katta hissasini
qo’shib kelmoqda. TEWI koeffistientini hisoblayotgan vaqtda bevosita va bilvosita
ta’sirlar birgalikda inobatga olinadi. TEWI CO2 massasi bilan aks ettirilgan quyidagi
komponentlarning umumiy yig’indisiga teng: issiqxona ta’sirini hosil qiluvchi
gazning global isish qobiliyatiga to’g’ri keluvchi CO2 ning miqdori; energiyani olish
jarayonida CO2 ning tashlamalar miqdori. Misol uchun, uy-ro’zg’or sovitkichning
TEWI hisobi quyidagicha: Agar poliuretan izolyastiyasi ko’pigi tarkibida "x" kg R-
141b, sovitish tizimiga "u" kg R-134a quyilgan bo’lsa, hamda sarflanayotgan elektr
energiyani ishlab chiqarishda «z» kg CO2 hosil bo’lsa: TEWI= xGWPR-141b+
uGWPR-134a + z.
O’zbekiston Respublikasida ozon emiruvchi moddalarni nazorat qilish
bo’yicha qonunchilik bazasiga "Tabiatni asrash bo’yicha" 1992- yil 9-dekabrda qabul
qilingan №754-XII sonli Qonuni asos bo’lib xizmat qildi. Qonunning 20-bandi
155
"Atmosfera havosidan foydalanish to’g’risida"giga binoan: "Vazirliklar va
boshqarmalar, uyushmalar, tashkilotlar, korxonalar, hususiy korxonalarda ozonga
ta’siri bo’lgan kimyoviy moddalarni ishlatish va ishlab chiqarishni Sovitish texnikasi
Sovitish tizimlarining texnik xodimlari uchun ko’llanma, 24 kamaytirish va kelajakda
to’xtatish" ko’zda tutilgan. OEMni ishlatishni tartibga solishning keyingi rivojlanishi
O’zbekiston Respublikasining 1996-yil 27 dekabrdagi “Atmosfera havosini himoya
qilish to’g’risidagi” 353-I-sonli Qonunida o’z aksini topdi. Ushbu qonunning 19-
moddasi “tarkibida ozonemiruvchi moddalari bo’lgan mahsulotlarni ishlatuvchi va
ta’mirlovchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ularning hisobini va ozonga
xavfsiz moddalarga almashtirilishini ta’minlashi kerak” degan majburiyatni yuklaydi.
O’zbekiston Respublikasida ozon emiruvchi moddalarni nazorat qilish bo’yicha
qonunchilik bazasini yanada rivojlantirish uchun 24.01.2000 yilda "Ozon qatlamini
himoya qilish sohasidagi shart nomalari bo’yicha o’zbekiston respublikasi halqaro
majburiyatlarni bajarish chora-tadbirlar to’g’risida" 20-sonli Vazirlar Mahkamasi
Qarori qabul qilindi. Monreal bayonnomasi majburiyatlarini bajarish maqsadida
2005-yil 11-noyabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 247-sonli
"Ozon qatlamini emiruvchi moddalar hamda tarkibida ular mavjud bo’lgan
mahsulotlarni o’zbekiston respublikasiga olib kirish va o’zbekiston respublikasidan
olib chiqishni muvofiqlashtirish to’grisida"gi Qarori qabul qilindi. Shuningdek,
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi tomonidan 25.05.2013 yilda qabul
qilingan "2013-2017-yillarda o’zbekiston respublikasida atrof-muhitni himoya qilish
dasturi to’g’risida"gi Qarorining 2-ilova, 60-punktida "2013-2017-yillarda
O’zbekiston Respublikasida atrof-muhitni himoya qilish Dasturini amalga oshirish
bo’yicha chora-tadbirlari to’g’risida" belgilab qo’yildi.
Yuqoridagi Qarorni amalga oshirishda BMTTD/GEJning "iqtisodiyoti o’tish
davridagi mamlakatlar xududida gidroxlorftoruglerodlar(GxFu)dan foydalanishni
jadal qisqartirishning birlamchi bajarilishi" loyihasini O’zbekistonda amalga oshirish
tadbiri kiritildi. Loyihaning 2013-2015-yillarga belgilangan vazifalari O’zbekistonda
2030-yilgacha GXFUni iste’molni boskichma-boskich qisqartirish va foydalanishdan
chiqarishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |