23-Mavzu. Signalizastiya tizimi
I. Mavzu rejasi:
1. Nazorat priborlariga qo‘yiladigan ergonomik talablar.
2. Harorat, bosim va sathni nazorat qiluvchi priborlar.
3. Spidometrlar va taxometrlar.
4. Nazorat bort tizimi.
5. Tizim nosozliklari, ularni qidirish va bartaraf qilish.
II. Tayanch so‘zlar va iboralar:
Informasion-diagnostik tizim, nazorat-o‘lchov asboblari, harorat o‘lchash
asboblari, bosim va siyraklanganlikni o‘lchash asboblari, yonilg‘i sathini o‘lchash
asboblari, akkumulyatorlar batareyasining zaryad rejimini nazorat qilish asboblari,
avtomobil tezligini va dvigatel valining aylanish chastotasini nazorat qilish asboblari,
nazoratning bort tizimi, ichki datchiklar tizimi, haydovchini displeyli xabarlash.
III. Maqsad:
Talabalarda informatsion-diagnostik tizimi bo‘yicha keng qamrovli bilim va
ko‘nikmalarni shakllantirish.
Barcha avtomobillar yorug‘lik signalizasiyasi minimal majburiy
komplektiga quyidagilar kiradi: Ikkita old va ikkita orqa gabarit chirog‘i, ikkita
tormozlash signali, ikkita old va ikkita orqa burilish ko‘rchatkichlari, ikkita yon
takrorlagichlar; ikkita yorug‘lik qaytargichlari; nomer belgisini yoritish fonari,
avariya signalizasiyasi. Ba’zi avtomobillar turlari 9 uyidagi qo‘shimcha jixozlarga
ega: YUk avtomobillari uchun kontur chiroqlari, taniqli chiroqlar, imtiyozli harakat
signallari.
Avtomatik qo`riqlash elektron tizimining sxematik ko`rinishi
Aktiv yorug‘lik signallari asboblari (o‘zining yorug‘lik manbasiga ega)
qorong‘u vaqt uchun (gabarit chiroqlari va boshq.) va sutka bo‘yicha (tormozlash
signallari, burilish ko‘rsatkichlari va avoriya signalizasiyasi) ishlatiladi. qorong‘uda
ishlatiladigan asboblarini ko‘rinishini ta’minlash uchun uncha katta bo‘lmagan 2…12
kd yorug‘lik kuchi kerak bo‘ladi, sutka bo‘ylab ishlaydiganlar uchun kunning
quyoshli vaqtida ham ko‘rinishi kerak, bunga 200…700 kd yorug‘lik kuchi kerak
bo‘ladi. Har bir turdagi asbobga yorug‘lik kuchi, avtomobilda joylashishi, ko‘rinish
burchagi, signalning yorug‘ligi bo‘yicha talablar mavjud. Old chiroqlar uchun oq
rang, orqa uchun – qizil qabul qilingan. qizil chiroqning afzalligiga quyidagilar
kiradi: odam tomonidan deyarli nol intensivlik bo‘lganda chiroqni sezishni
saqlanishi, yomg‘ir, tuman va tutun orasidan yaxshi o‘ta olishi, boshqa chiroqlar
orasida kontrastligi va boshq. Miltirovchi chiroqlar uchun EEK OON qoidalari
bo‘yicha pushti chiroq ruhsat etilgan. Operativ mashinalar uchun ko‘k rangdagi
miltirovchi chiroqlar qo‘llaniladi.
Avtomatik qo`riqlash elektron tizimining rasm holatda ko`rinishi.
Qo`shimcha qurilmalarni ulanish ketmaketligi
Turli rejimda ishlash printsipi ulanish ketma-ketligi