23 bilet
1. Tahlil fanining vujudga kelishida va uning shakllanishida
olimlardan V.S. Nemchinov, A. V. Prokofev, R.Ya. Veysman, I.S. Arinushkin, P.N. Xudyakov kabilaming juda katta xizmatlari borlig'ini ta’kidlab o'tish lozim. Bu mualliflar asarlari asosan kapitalistik korxonalaming murakkab faoliyatini tahlil qilishga bag'ishlangan. Jumladan, 1883-yilda A.V. Prokofyevning «Ikki yoqlama buxgalteriya kursi» asari chop etilgan. Ammo bunda maxsus tahiilga bag'ishlangan bo'lim yo'q bo'lsada, biroq balans ko'rsatkichlari faqat nazorat qilish uchun emas, balki tahlil qilish uchun ham kerak deb ta’kidlanganIqtisodiy tahlilning 0 ‘zbekistonda yaratilish tarixini taxminan besh bosqichga bo‘lish mumkin. Bu quyida ifodalangan. I — davr: XX asrning 60-yillarida shakllanish davri bo‘ldi. II — davr: o‘tgan asrning 70-yillari Sobiq Ittifoq ichida o‘z o ‘miga ega bo‘lish va iqtisodiy tahlil maktabining shakllanish davri. III - davr: 80-yillar iqtisodiy tahlil maktabining yaratilish va ittifoq miqyosida matlubot kooperatsiyasi tahlili sohasini egallash davri. IV — davr: 90-yillarning boshlari iqtisodiy tahlilning o‘zbek tilida yozilishi va vujudga kelish davri.
23 bilet3. Doimiy passivlar guruhiga esa 1-bo‘lim passividagi barcha bandlar, ya’ni ustav fondi, zaxira jamg‘armasi, maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan fondlar, maqsadli moliyalashtirish va tushumlar, ijara majburiyatlari, ta’sischilar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar, o‘tgan yil va hisobot yilidagi taqsimlangan foyda kiradi
2. Mahsulotlar nomenklaturasi – deb, miqdor holida tovarlar guruhlari, kichik guruhlari va pozitsiyalarini belgilashda hamda hisobga olishda qabul qilingan ro‘yxatidir. Tovar (ish, xizmat)lar assortimenti deb - esa, mahsulotlarning ma’lum bir belgilariga qarab, ya’ni uning turlari, navi, o‘lchami, markasi, artikullariga qarab ajratiladigan mahsulotlar xilidir. Tovarlar nomenklaturasi va assortimentini o‘rganishda o‘rtacha assortiment rejasining bajarilishi tahlil etiladi. Assortimentni shakllantirish sistemasi quyidagi asosiy jihatlarni o‘z ichiga olishi shart: iste’molchilarning istiqbolli ehtiyojini aniqlash; chiqarilayotgan mahsulotning raqobatbardoshlik darajasini aniqlash; mahsulotning bozordagi hayotiylik siklini o‘rganish, o‘z vaqtida yangi zamonaviy bo‘lgan tovarlar turini yaratish bo‘yicha choralar ko‘rish va ishlab chiqarish dasturidan ma’naviy eskirgan va iqtisodiy jihatdan kam foydali bo‘lgan mahsulotni chiqarib tashlash; · iqtisodiy samaradorlik va mahsulot assortimenti o‘zgarishida xavf-xatar darajasini baholash.
24-bilet
1.Tahlilda qo‘llaniladigan manbalarni quyidagi bosqichlarga ajratishimiz mumkin bo‘ladi:
1. Reja ma’lumotlari manbalari.
2. Hisob va hisobot ma’lumotlari manbalari.
3. Qo‘shimcha ma’lumotlar manbayi.
Reja ma’lumotlari manbalari tarkibiga biznes-reja ko‘rsatkichlari, belgilangan limitlar, belgilangan norma va normativlar, shartnoma ko‘rsatkichlari kiradi. Hisob va hisobot ma’lumotlari manbalariga buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari, statistik hisob va hisobot ma’lumotlari, operativ hisob va hisobot ma’lumotlari kiradi. Tahlilning asosiy ma’lumotlar manbayi bu buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari bo‘lib, ular korxona xo‘jalik faoliyatining barcha jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Bunda mablag‘lar harakati, ularning manbalari va xo‘jalik aloqalari aks etadi.1Tahlil uchun yig‘ilgan ma’lumotlarni tekshirish ikki usulda olib boriladi:
1. Texnik (yuzaki) tekshirish.
2. Mazmun jihatidan tekshirish.
2 .Likvidlikni mutloq va nisbiy ifodalaril Likvidlilik — aktivlarning bozor narxiga yaqin boʻlgan narxda tezlik bilan sotilish qobiliyati. Aktivlar yuqori likvidli, past likvidli va likvidsiz turlarga boʻlinadi Buxgalteriya balansi likvidligi, korxona likvidligi tushunchalari moliyaviy holatini baholashning muhim ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Balans likvidlik aktivlarining pulga aylanish darajasini, korxona likvidligining qarshi tomonga bo‘lgan majburiyatlarini to‘lashga qobilligini xarakterlaydi. Buxgalteriya balansining likvidliligi va korxona to‘lov layoqatining tahlili. Buxgalteriya balansi aktivi likvidligi bo‘yicha, kapital va moliyalashtirish manbalariga ko‘ra, majburiyatlar to‘lovga tortilishi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi. Aktivlarning birlashgan va tarkib qatorlari bo‘yicha quyidagi guruhlarga ajratish uslubiyoti belgilangan. Ushbu uslubiyot xorij amaliyotiga to‘la mos tushadi va tarkib bo‘yicha nisbiy ifodalardagina farq etadi. Aktiv tomon: - doimiy harakatdagi aktivlar (A1); - tez pulga aylanadigan aktivlar (A2); - sekin pulga aylanadigan aktivlar (A3); - qiyin pulga aylanadigan aktivlar (A4). Passiv tomon: - to‘lov muddati kelgan majburiyatlar (P1); - qisqa muddatli majburiyatlar (P2); - uzoq muddatli majburiyatlar (P3); - doimiy passivlar (P4)
3. Mahsulotlar hajmida strukturaviy o‘zgarishlarni mehnat sig‘imi ko‘rsatkichlari orqali aniqlash mumkin. Mehnat sig‘imini me’yor-soat, me’yorlashtirilgan ish haqi ko‘rsatkichlari orqali aniqlanadi. Mahsulot turlari bo‘yicha rejaning bajarilishi har xil darajada bo‘lishi strukturani o‘zgarishidan dalolat beradi. Struktura bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi uchun haqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulotning barcha xillari rejalashtirilgan mahsulot tarkibi va tuzilishiga teng kelishi kerak. Ishlab chiqarish maromiyligi - bir maromda mahsulot ishlab chiqarishni tasniflaydi. Ishlab chiqarishni bir maromda tashkil etilishi resurslardan foydalanish darajasiga, mahsulot sifatini yaxshilanishiga, shartnomaviy majburiyatlarni bajarilishiga ta’sir etadi. Mahsulot sifati. Tahlilda muhim e’tibor ishlab chiqarishga va sotilgan mahsulotlar sifatiga qaratiladi. Mahsulot sifati deganda - uning tovarlilik darajasi, xaridorlar didiga mosligi, xalqaro va mamlakat standart meyorlariga javob berishidagi ijobiy tasnifiy jihatlari nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |