Etuk, adaptiv muomala uslubida esa inson hamisha o’z oiladoshlari bilan to’g’ri, samimiy, ochiq munosabatlarga tayyor bo’ladi. Bunday odam o’zining barcha fazilatlarini bilgani va saqlagani holda boshqalarning ham shaxs ekanligini, individualligini unutmagan tarzda muloqotga kirishadi. U gapirishni ham maromida eplaydi, o’zgalarni tinglashni ham biladi, shu sababli, unga qandaydir kommunikativ to’siqlar xatarli emas.
Psixoterapevtik amaliyotda Satir ham Karl Rojers kabi barcha muomala uslublarini tahlil qilar ekan, bir insonning boshqa bir insonni tinglay olishiga alohida e’tibor qaratadi. Asosiy maqsad shundan iboratki, har bir oila a’zosini o’z tartib-qoidalarini buzmagan holda muomala madaniyatiga o’rgatishdir. Masalan, oilaning muayyan tartib qoidalariga quyidagilar kirishi mumkin: “YAkshanba kunlari hamma to’planib, birga tushlik qilishadi”, “Otamiz uxlagan paytda unga hech kim xalaqit bermaydi”, “Maktab xarajatlari uchun bolalarga muayyan miqdorda pul beriladi” va hokazo.
Ochiq tartib-qoidalardan tashqari, har bir oilaning yashirin qoidalari ham mavjudki, ular ham oilaviy munosabatlarning yaxshi bo’lishida katta rol o’ynaydi. Odatda bunday qoidalar muayyan mavzularning oila davrasida ko’tarilmasligi yoki ma’lum tarzda his-kechinmalarning namoyon etimasligida ko’rinadi. Masalan, otasining oldingi nikohdan farzandlari borligi mavzusi, oilada nogiron borligi, bolaning qandaydir falokat tufayli ruhan yoki jismonan dardman bo’lib qolgani, kimnidir qamalib ketganligi, ota va onaning birga yotmayotganligi, otaning spirtli ichimliklarga ruju qo’yganligi kabilar odatda oila a’zolari to’plangan paytda ochiq muhokama qilinmaydi. CHunki rasman taomil bo’yicha bunday holatlarga bevosita bolalarning aloqasi ham, aybi ham bo’lmaydi, shuning uchun ularda shu kabi salbiy tajriba paydo bo’lishidan saqlagan tarzda bu kabi holatlar muhokama qilinmaydi.
Oilaviy terapiya. Oilaviy maslahatning afzalliklari. Oilalar, oilaviy munosabatlarni buzishi mumkin bo'lgan har qanday og'ir vaziyatni boshdan kechirganda, masalan, moliyaviy qiyinchiliklar, ajrashish yoki yaqin kishining o'limi kabi terapiyadan foyda ko'rishlari mumkin. Bunga qo'shimcha ravishda, ruhiy salomatlikni butun oilaga ta'sir qiladigan, masalan, depressiya, giyohvandlik, surunkali kasallik va oziq-ovqat muammolari yoki kundalik muammolar, masalan, aloqa muammolari, shaxslararo nizo yoki bolalardagi xulq-atvor muammolarini davolashda samarali bo'lishi mumkin. va o'spirinlar.
Oilaviy maslahat bir yoki bir nechta shaxslarning muammolarini hal qilish uchun oila a'zolari o'rtasida tushunishni va hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Masalan, agar bolada ijtimoiy va akademik muammolar mavjud bo'lsa, terapiya faqat uning xulq-atvorini baholashdan ko'ra, uning o'zini ko'rsatishiga yordam beradigan oilaviy uslublarga qaratiladi. Oila muammoning manbasini ochib berar ekan, ular bolani va boshqa oila a'zolarini qo'llab-quvvatlashni o'rganishlari va bolaning istalmagan xatti-harakatlarini keltirib chiqaradigan sharoitlarni minimallashtirish yoki o'zgartirish bo'yicha faol ishlashlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |