22-mavzu. Elektron hukumat asosiy yondoshuvlari


-МАVZU.DAVLAT XIZMATLARINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY MASALALARI



Download 0,83 Mb.
bet2/6
Sana26.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#470365
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
E-hukumat test uchun maruza

23-МАVZU.DAVLAT XIZMATLARINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY MASALALARI.
Bugungi kunda Davlat xizmatlarini rivojlantirish va jarayonlarini o’rganish dolzarb masalalardandir.Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 12 dekabrdagi PF-5278-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida aholiga va tadbirkorlik sub’ektlariga axborot xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.Unda Davlat xizmatini ko’rsatuvchi tashkilotlarni vazifalarini to’liq ochiq holda tahliliy asosida ko’rsatib bergan :
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining quyidagilar to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin:
a) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Axborot xizmatlarini rivojlantirish markazini (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil qilish;
b) O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YAIDXP) aholi va tadbirkorlik sub’ektlari uchun quyidagi funksiyalarni joriy etish:
davlat xizmatlaridan foydalanishda ko‘p so‘raladigan savollar to‘g‘risida ma’lumot berish, shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan arizalarni qabul qilish va murojaat qiluvchilarga onlayn-konsultatsiyalar va tegishli tushuntirishlar berish;
vazirliklar va idoralar bilan murojaatlar va boshqa masalalar yuzasidan tezkor aloqa qilish raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirish;
yuridik shaxslarni, shu jumladan, nodavlat tashkilotlarni tashkil etish va ro‘yxatdan o‘tkazish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash tartibi to‘g‘risidagi barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etish;
hujjatlar va shakllarning namunalarini, shuningdek, davlat xizmatlaridan foydalanish masalalari bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning rasmiy javoblarini joylashtirish;
ijtimoiy soha, sog‘liqni saqlash, ta’lim, mehnat va oilaviy munosabatlar, uy-joy kommunal xizmatlari va soliq sohasiga oid xizmatlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan boshqa muhim hayot sohalariga daxldor batafsil ma’lumot berish;
tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari, litsenziyalash va ruxsatnomalar berish tartibi, shuningdek, mavjud imtiyoz va preferensiyalar to‘g‘risida tizimlashtirilgan ma’lumotlarni taqdim etish;
investorlar uchun respublika hududlaridagi investitsiya muhitining xususiyatlari, shuningdek, investitsiya uchun qulay bo‘lgan sohalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘p qo‘llanadigan xorijiy tillarda shakllantirish.
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga huquqiy masalalar bo‘yicha bepul maslahat va tushuntirishlar berish;
aholini fuqarolar, tadbirkorlik sub’ektlari va nodavlat notijorat tashkilotlarning kundalik hayotini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari va davlat xizmatlari to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash;
aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqiy masalalar bo‘yicha murojaatlarini tahlil qilish, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
aholiga, tadbirkorlik sub’ektlariga va nodavlat notijorat tashkilotlarga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning YAIDXPda muntazam yangilab borilishini va ma’lumotlar dolzarbligini ta’minlash;
YAIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning rasmiy tushuntirishlarini joylashtirish;
aholi va tadbirkorlik sub’ektlaridan murojaatlarni qabul qilish bo‘yicha Yagona davlat xizmatlarini ko‘rsatish axborot-aloqa markazi faoliyatini tashkil etish;
Yagona davlat xizmatlarini ko‘rsatish axborot-aloqa markazi orqali aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlarini qabul qilish va zarur hollarda ularni tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari)ga yo‘naltirish.
3. Belgilansinki:
Markaz va uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markazning tuzilmasi va ustavini tasdiqlaydi, zarur hollarda unga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan Adliya vazirligi bilan kelishgan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi;
Markaz tarkibida Yagona davlat xizmatlarini ko‘rsatish axborot-aloqa markazi faoliyat ko‘rsatadi;
davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida kelib chiqadigan masalalar bo‘yicha rasmiy tushuntirish olish uchun tegishli davlat organlari va tashkilotlariga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan yuborilgan so‘rovlar yetti ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi;
Markaz o‘ziga yuklatilgan asosiy vazifalarni bajarish doirasida fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mas’ul xodimlarini jalb qilishga haqlidir.
4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda YAIDXP faoliyati doirasida quyidagi imkoniyatlarni joriy etsin:
YAIDXPdan foydalanuvchilar uchun ularni qiziqtirgan davlat xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotni shakllantirish va taqdim etish, ko‘p so‘raladigan savollarga javoblar, shuningdek, davlat xizmatlariga murojaatlarni qabul qilish va ularga onlayn-maslahat berish;
Markaz tomonidan YAIDXPga ushbu qarorning 1-bandi «b» kichik bandi hamda 2-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritilishi va yangilab borilishi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
a) 2021 yil 1 iyunga qadar davlat xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ko‘p beriladigan savollarga javoblar, shuningdek, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatidagi boshqa muhim masalalar bo‘yicha ma’lumotlar YAIDXPda joylashtirilishini;
v) ikki oy muddatda:
Markaz faoliyatini tashkil etilishini, uning tuzilmasi va ustavi tasdiqlanishini, shuningdek, Markaz malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini;
Qo‘ng‘iroqlar orqali tushgan murojaatlarni tegishli idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari)ga yo‘naltirish imkoniyatiga ega bo‘lgan Yagona davlat xizmatlari ko‘rsatish axborot-aloqa markazi faoliyatini tashkil etish choralari ko‘rilishini;
davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) yagona reyestri shakllantirilishi va doimiy yangilab borilishini ta’minlasin.
6. Davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar doimiy ravishda quyidagilarni ta’minlab borsinlar:
Markazga YAIDXPdan davlat xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, ko‘p so‘raladigan savollarga javoblarni, shuningdek, o‘z funksional vazifalari doirasida boshqa mavjud ma’lumotlarni olish va yangilashda ko‘maklashish;
Markazga aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalar to‘g‘risida, shu jumladan imtiyozli kreditlar va subsidiyalar olish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek, tegishli hujjatlar namunalarini taqdim etish;
7. Quyidagilar:
Axborot xizmatlarini rivojlantirish markazi orqali murojaatlarni qabul qilish va qo‘rib chiqish sxemasi 1-ilovaga muvofiq;
Davlat organlari va tashkilotlarining davlat xizmatlari ko‘rsatishda idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) mavjud bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari:
ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasidagi nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi bilan kelishgan holda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlarining davlat xizmatlari ko‘rsatishda idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizom asosida o‘zlarining idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq o‘zlarining aloqa markazlari (ishonch telefonlari) faoliyatini tashkil etsinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasidagi nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi har chorakda idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) faoliyati monitoringini olib borishni hamda monitoring natijasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot kiritilishini ta’minlasin deb to’liq qamrab olish maqsadida ishlar olib borildi.Bu jarayonlarni tartibga solish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezdenti tomonidan tartibga solish maqsadida Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov hamda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklatildi.



Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish