- Yuqorida ko‘rsatilgan tolalardan farqi shundaki, tonik tolalarda harakatlantiruvchi akson juda ko‘plab sinaptik aloqalami hosil qiladi. Tolalaming qisqarishi sekin amalga oshadi, chunki miozin ATF azasining faolligi juda past boMadi. Tolaning bo‘shashishi ham o‘z navbatida sekin amalga oshadi. Bu mushak tolalari harakat potensialini generatsiyalamaydi va «bor yoki yo‘q» qonuniga ham bo‘ysunmaydi. Insonlarda bunday turdagi muskul tolalari ko‘zning tashqi muskullari tarkibida ko‘p bo‘ladi.
Skelet muskullarining fiziologik xossalari: - Qo 'zg ‘aluvchanlik - berilgan ta’sirlarga ion o‘tkazuvchanligi va membrana potensiali o‘zgarishi bilan javob berish xossasiga aytiladi. Tabiiy sharoitlarda, motoneyrondan sinaps yorig'iga ajralib chiqadigan atsetilxolin mediatori ta'sirlovchi bo‘lib, hisoblanadi. Laboratoriya sharoitida ko‘pincha ta'sirlovchi sifatida elektr tokidan foydalaniladi.
- O'tkazuvchanlik - muskul tolasi bo‘ylab harakat potensialini o'tkazishidir.
- Qisqaruvchanlik - muskul qo‘zg‘alganda, uning kaltalanishi yoki taranglanishi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |