217-guruh talabasi Turayev Muhammad



Download 1,06 Mb.
bet2/4
Sana25.01.2022
Hajmi1,06 Mb.
#408742
1   2   3   4
Bog'liq
Turayev Muhammad

“Globallashuv” atamasi dastlab amerikalik olim Televitning 1983-yilda “Garvard biznes-revyu” jurnalida chop etilgan maqolasida tilga olingan edi. Muallif yirik transmilliy koorporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonini shunday deb atagan edi. Globallashuv atamasi so‘nggi yillarda juda ko‘p qo‘llanilmoqda. Ba’zi adabiyotlarda unga «Globallashuv jarayonida butun yer shari kichik bir qishloqqa aylanib qoladi»,— deya ta’rif berilsa, yana birida «Globallashuv axboriy jamiyat sharoitida amalga oshadi, uning ko‘rinishlaridan biri sifatida axborot oqimining keskin kuchayi­shi, keng ravishda ommaviy madaniyatning kirib kelishidir»,— deya ta’kidlanadi. Ayrim manbalarda esa, globallashuvning davlatlar o‘rtasidagi savdo-sotiq va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga yaxshigina hissa qo‘shishi barobarida, milliy madaniyatga ulkan tahdid ekani ham e’tirof etiladi.


Hozirgi globallashuv jarayonlarining ilk nishonalariga XV asr oxirlaridan boshlab duch kelish mumkin, XIX asr boshiga kelib esa u amalda real shakl-shamoyil kasb etdi. Bu pirovardida yagona geografik, ma'lum darajada iqtisodiy va siyosiy jahon maydoni shakllanishiga olib kelgan Buyuk geografik kashfiyotlar yuz bergan davr edi.

Ayni shu davrda dunyoni tushunishga nisbatan geosentrik yondashuvlar geliosentrik yondashuvlarga o'rin bo'shatdi, insoniyat esa, nihoyat, kun va tunning almashishini to‘g’ri talqin qilishga muvaffaq bo'ldi. Fan falsafadan ajralib chiqib, bilimlar to'planishi va texnikaning rivojlanishiga kuchli turtki berdi, fan-texnika taraqqiyoti va sanoat inqilobi yuz berishiga sabab bo'ldi. So'nggi zikr etilgan voqealar pirovard natijada insonning tabiatni o'zgartiruvchi imkoniyatlari va uning atrof muhit bilan munosabatini butunlay o'zgartirdi.



Er kurrasi shar (globus) ko'rinishida ekanligini nazariy va amaliy jihatdan isbotlab insoniyat o'z tarixida birinchi bo'lib savdo-sotiq sohasida dunyo darajasiga chiqdilar va dunyo miqyosida xalqaro munosabatlarga asos soldilar. Ayni shu davrda ilk transmilliy savdo kompaniyalari vujudga keldi.

1970-yillardan globallashuv o'z rivojlanishining yangi bosqichiga ko'tarildi va serqirra tus oldi. Dunyo miqyosidagi tahdidlar va globallashuv jarayonlarini aholining keng qatlamlari anglab yetishi, shuningdek jahon hamjamiyati va unga mos keluvchi qadriyatlarga munosabat, madaniyat, turmush tarzining shakllanishi mazkur bosqichga xos xususiyat hisoblanadi. Ayni shu davrda axborot-texnologiya inqilobining rivojlanishi jadallashdi, mif, din, falsafa, fan, ekologiya bilan bir qatorda global ong ijtimoiy ongning yana bir shakli sifatida paydo bo'ldi.



Globalistika. Jahon rivojlanishining eng yangi tendensiyalarini anglab yetish borasidagi ko'p sonli sa'y-harakatlar globallashuv jarayonlarining mohiyati, tendensiyalari va sabablarini, ular ta'sirida yuzaga kelayotgan global muammolarni aniqlash va bu jarayonlarning oqibatlarini anglab yetishga qaratilgan fanlararo ilmiy tadqiqotlar sohasi – globalistika paydo bo'lishiga olib keldi. Kengroq ma'noda «globalistika» atamasi globallashuvning turli jihatlari va global muammolarga oid ilmiy, falsafiy, madaniy va amaliy tadqiqotlarni, jumladan ularning olingan natijalarini, shuningdek ularni ayrim davlatlar darajasida ham, xalqaro miqyosda ham iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jabhalarda amalga joriy etish borasidagi amaliy faoliyatni ifodalash uchun qo'llaniladi.

Globalistika mustaqil ilmiy yo'nalish va ijtimoiy amaliyot jabhasi sifatida 1960-yillarning oxirlaridan e'tiboran shakllana boshladi, lekin uning paydo bo'lishi uchun obyektiv asoslar ancha oldin yuzaga kelgan edi.


Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish