rostgo‘ylik
sofdil bo‘lish
birodarga yordam berish
kamtarlikka chaqirish g‘oyalari ilgari surilgan.
Islom ta’limotiga ko‘ra qiyomatda insonlar savol-javobdan o‘tadigan joy – mahsharga yig‘iladilar.
Mahsharda savol-javobdan keyin insonlarga do‘zax ustidagi sirot nomli ko‘prikdan o‘tishlari aytiladi.
Qiyomatdan o‘tgan inson jannat (bog‘, bo‘ston) yoki do‘zaxdagi joyiga boradi.
Alloh jannatni ham, do‘zaxni ham yaratib qo‘ygan.
Ular inson yetib boradigan so‘ngi manzil hisoblanadi.
Diniy aqida bo‘yicha, jannat imon keltirgan, taqvodor, yaxshi insonlar uchun tayyorlab qo‘yilgan.
Ular u yerda rohat va farog‘atda yashaydilar.
Qiyinchilik, kasal, qarilik va o‘lim yo‘q.
Istagan narslari muhayyo bo‘ladi.
Bularning barchasi bu dunyoda qilib o‘tgan amallari tufayli beriladi.
U yerdagi narsalar tugamaydi, insonlarga man qilib qo‘yilmaydi.
Jannatdagi eng oliy ne’mat, bu Allohning diydorini ko‘rishlik hisoblanadi.
Do‘zax esa, jannatning aksi kofir, munofiq va gunohkor – diniy talablarni bajarmaganlar uchun tayyorlab qo‘yilgan va ularga turli azob-uqubat beriladigan jazolash joyi.
U yerda azob uchun olov, qaynab turgan buloq bo‘ladi.
Yeydigan va ichadigan narsalari ham ularni azoblash uchun bo‘ladi.
Do‘zax ham abadiy qoluvchi hisoblanadi.
Ulardagi azoblar yengillatilmas va vaqtinchalik bo‘lmaydi.
U bir necha tabaqa chuqurlikdan iborat, gunohlari darajasiga qarab jazolanadilar.
Jannatdagi rohatlar va do‘zaxdagi uqubatlar ham jasad va ham ruh uchun bo‘ladi.
Qiyomat, jannat va do‘zaxning vasfi haqida Qur’onning ko‘p oyatlarida ma’lumotlar berilgan.
Islom ta’limotini buzib talqin qilish natijasida ularga raddiya sifatida olimlar kalom, ya’ni aqida ilmiga asos qo‘ydilar. Bu musulmonlar uchun zarur sohaga aylandi.
Har bir musulmon kishi buni bilishi shart bo‘lgan majburiy ilmga aylandi.
Chunonchi Saoduddin Taftazoniy «Maqosid at-tolibin» asarida: «Kalom ilmi diniy aqoid usullarini ishonchli dalillar asosida anglashni o‘rgatadigan ilmdir.
U bilan shar’iy, nazariy, aqidaviy masalalar hal qilinadi.
Uning natijasi imonga komil ishonch bilan ziynat berish, foydasi esa bu dunyoda intizomli hayot kechirish va oxiratda azob-uqubatdan xalos bo‘lishdir.
Shunday ekan kalom ilmi eng sharafli ilmdir».
Islom ta’limotiga ko‘ra, Allohning ismi va sifatlarini boshqa biror maxluqotga o‘xshatish mumkin emas.
Uning holati, kayfiyati, surati haqida bahs qilinmaydi, ya’ni Alloh ko‘radi, eshitadi, biroq biz insonlar va boshqa maxluqotlar kabi emas, balki u haqda bahs qilish bidoat hisoblanadi.
Allohning buyrug‘ini bajarish va qaytariqlaridan qaytish ham imonning bir bo‘lagi.
Chunonchi islom ta’limotida Allohning buyruqlarini bajarish insonga oxiratda jannatga tushishiga olib keladi.
Aksincha, uning qaytargan narsalaridan qaytmasa do‘zaxda azoblaydi deb bilinadi.
Xulosa o`rnida
Foydalanilgan adabiyotlar
Xusniddinova Z. “Islom : yo‘nalish, mazxablar, oqimlar” T- 2000 yil
Alixonto‘ra Sog‘uniy Tarixiy Muhammadiy T -2007 yil
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Islom Tarixi” birinchi, ikkinchi kitob T -2008 yil
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Iymon” T -2006
Do'stlaringiz bilan baham: |