210-guruh talabasi Po‘latova Ruxsora Annotatsiya



Download 29,08 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi29,08 Kb.
#951854
  1   2
Bog'liq
hissiy-irodaviy-boshqaruv-namoyon-bo-lishining-yosh-va-jins-xususiyatlariga-bog-liq-o-zgarishi



BOLANING XISSIY-IRODAVIY SOHASINING RIVOJLANISHINI O‘RGANISH METODLARI


Jizzax davlat pedgogika universiteti maktabgacha ta’lim 1-kurs sirtqi bo’lim
210-guruh talabasi
Po‘latova Ruxsora


Annotatsiya: Mazkur maqolada yosh va qarab irodaviy holatlarning namoyon bo’lishi qay tartibda o’zini ko’rsatishi, Yosh davrlaridan kelib chiqib hissiyotlarning namoyon bo’ishi o’rganib o’tilgan
Kalit so‘zlar: Hissiyot, irodaviy jarayonlar, Yosh davrlari, yosh va jins xususiyatlari, stress holatlari


Changes in the manifestation of emotional volitional control depending on age and gender




210-guruh talabasi Po‘latova Ruxsora


Abstract: This article examines the order in which volitional states manifest themselves depending on age and gender differences, and the manifestations of emotions based on age.
Keywords: Emotions, volitional processes, Age, age and gender, stress,

Psixologiyada irodaning oʼrganilishida asosan, hissiy irodaviy sifatlar va hissiy irodaviy zoʼr berishlikka eʼtibor qaratiladi.


Xususan, Ye.V.Eydman oʼpkada nafasni ushlab turish mashqidan foydalangan holda sabr-toqatlilik sifatining yosh bilan bogʼliq hususiyatlarini ochib bera olmaydi. Balkim bu tadqiqot olib borilgan tekshiriluvchilarning kamsonliligi bilan bogʼliqdir. Bu vaqtda bu bilan birga shu narsa aniq boʼldiki, kichik sinf oʼquvchilarida hissiy irodaviy zoʼr berish tashqi stimulyatsiya bilan bogʼliq boʼlsa, yuqori sinf oʼquvchilarida esa bunda ichki qiziqish bilan kechar ekan. Masalan, oʼzini yengish, xayoliy musobaqa.
N.D.Skryabin 9 yoshdan 26 yoshgacha boʼlganlarda hissiy irodaviy sifatlardan jasurlikni oʼrganadi. Erkak jinsi vakillarida jasurlik 11-12 yoshdan 15-16 yoshgacha

bosqichma-bosqich rivojlanib boradi. Shunga binoan jasurlikning past darajasini oʼzida namoyon etuvchilar 35% dan 11% gacha pasayib boradi. Shundan soʼng jasurlik sifatining yuqori darajasini oʼzida aks ettiruvchilar soni qisqarib, past darajasini aks ettiruvchilar soni 9-10 yoshli bolalar xolatigacha oʼsib boradi, yaʼni 38% gacha.
Qizlarda ham shunga oʼxshash dinamika kuzatiladi, lekin ular oʼrtasida jasurlikning yuqori darajasini aks ettiruvchilar kam boʼladi. 13-14 yoshda bundaylar soni eng yuqori koʼrsatgichga ega boʼladi. Аyollar orasida jasurlikning past koʼrsatkichiga ega boʼlganlar soni erkaklarga qaraganda koʼp boʼladi, 9-10 yoshdagidan tashqari past koʼrsatkich bu yoshdan 21-22 yoshgacha 27.5% dan 51% gacha koʼpayib boradi.
Jasurlik asosan xar ikkala jins vakillarida jinsiy yetilish paytiga kelib yuqori darajaga koʼtariladi.
Jasurlikning koʼrsatib oʼtilgan yosh dinamikasini gormonal oʼzgarishlar va bunday oʼzgarishlar bilan bogʼliq nerv sistemasining tipologik xususiyatlari bilan bogʼliqdir. Jinsiy yetilish davrida nerv sistemasining kuchi yanada rivojlanadi, qoʼzgʼatuvchi tormozlovchidan ustun boʼladi.
Qatʼiyatlilikning davriy oʼzgarishlarini I.P.Petyaykin (1976) oʼrgangan. Xar ikkala jinsdagi 7-8 yoshli bolalarda qaror qabul qilish uchun eng koʼp vaqt sarflangan. Soʼng 9 yoshda bu vaqt koʼrsatkichi darxol pasayadi va katta oʼzgarishlarsiz 13 yoshgacha bir xil past balandlikda boʼlib turadi. Bu paytdan soʼng (14-17 yoshda) qaror qabul qilish vaqti choʼziladi, bu dadillik, qatʼiyatlilikning pasayishidan guvoh beradi.
14 yoshdan boshlab qizlarda bolalarga nisbatan qatʼiyatlilik, jasurlik sifati past boʼladi. Bu ularga bajarish uchun berilgan xavfli topshiriqlarni bajarishda yanada yaqqol koʼzga tashlanadi. Misol uchun jismoniy mashqlarni bajarishdan (orqaga yiqilish) bosh tortish bolalar va qizlarda turli yoshda ifodalanadi. Bolalarda xamma yoshda (8-9 yoshda kam miqdorda kuzatilgan) ham kuzatilmagan, qiz bolalar 10-11 yoshdan tashqari hamma yosh davrida bu mashqni bajarishdan bosh tortganlar.
Yuqorida keltirilgan hissiy irodaviy sifatlarning yosh dinamikasiga doir tadqiqotlarda eksperimental metodlardan foydalanilgan. Berilgan metodlar shuni isbotlaydiki, hissiy irodaviy sifatlarning yosh dinamikasi xar xil vaqtda turlicha ifodalanadi. Misol uchun, jasurlik oʼgʼil bolalarda asosan jinsiy yetilish davrida yorqin namoyon boʼladi; sabr-toqatlilik jinsiy yetilish davri 15-16 yoshdan soʼng oʼsib boradi; qatʼiyatlilik 8-11 yoshda koʼproq namoyon boʼladi. Jinsiy yetilish vaqti va undan soʼng sabr toqatlilik oʼsib boradi, jasurlik va qatʼiyatlilik pasayib boradi.
P.А.Rudik hissiy irodaviy tayyorgarlik mazmuniga sportchi shaxsi irodasining ayrim tomoni sifatida: maqsadga intilish, intizomlilik, ishonch, tashabbuskorlik, mardlik, mustaqillik, qatʼiyatlilik, matonat, dadillik, oʼzini tuta bilish, chidamlilikni kiritadi.
V.А.Krutetskiy fikricha, xarakterning hissiy irodaviy qirralari (muallif shaxsning hissiy irodaviy sifatlarini shunday atagan) qoʼyilgan maqsadlarga erishish yoʼlidagi toʼsiqlarni yengib oʼtgan holda oʼz xulq-atvori, oʼz faoliyatini aniq bir printsiplar asosida ongli yoʼnaltirish koʼnikmasi va odatida shunga tayyorlikda namoyon boʼladi. Bunda taʼrifda xarakterning hissiy irodaviy qirralari irodaga ham keng maʼnoda (ixtiyoriylik), ham tor maʼnoda ( hissiy irodaviy boshqaruv, iroda kuchi) taaluqli boʼlishi mumkin. Bu ifodalashda hissiy irodaviy sifatlarning spetsifikasi aks etmagan. B.N.Smirnov quyidagi taʼrifni aytib oʼtgan: “engib oʼtilayotgan toʼsiqlarning xarakteri bilan shartlangan holda irodaning aniq bir namoyon boʼlishi shaxs hissiy
irodaviy sifatlari deb nomlanadi.”
Hissiy irodaviy sifatlar tarkibi haqida gapirganda, biz ularning yigʼindisini, yaʼni ularninng miqdori, farqi va ular oʼrtasidagi aloqani nazarda tutamiz. Turli mualliflar 10 tadan 34 tagacha shaxsning hissiy irodaviy sifatlarini farqlashadi (N.F.Dobrinin, V.K.Kalin, S.А.Petuxov, А.Ts.Puni, P.А.Rudik, R.Аssadjioli).
Iroda masalasi koʼrilgan konferentsiyalardan birida hatto hissiy irodaviy sifatlarni 20 ta deb hisoblash qarori qabul qilingan. Аmmo bu holat turli psixologiya boʼyicha darslik va oʼquv qoʼllanmalarida hissiy irodaviy sifatlar roʼyxati va taʼriflanishini bir qolipga solmagan. Ularda hissiy irodaviy sifatlar toʼplami baʼzi taxminlardek tuyuladi. Masalan, K.N.Kornilov hissiy irodaviy sifatlar qatoriga iroda kuchini, oʼzini tuta bilish va bardoshlilikni, chidamlilik yoki qatʼiylik, qatʼiyatlilik, mustaqillik va intizomlilikni kiritgan.
X.Xekxauzen faqatgina qattiq tura olishlilikni yozgan boʼlib, uni maqsadga erishish jarayonida harakat tendentsiyasi barqarorligini quvvatlab turish sifatida keltirib oʼtgan.
Sovet psixologiyasi kitoblarida hissiy irodaviy sifatlar toʼplami birmuncha kengroq keltirilgan boʼlib, ularda maqsadga intiluvchanlik, qatʼiyatlilik, bardoshlilik, mustaqillik, jasurlik, matonatlilik, oʼzini tuta bilish va tashabbuskorlik kabi sifatlar koʼproq keltirib oʼtilgan.
Baʼzi bir xususiyatlar: tang ahvolda qolish, bajaruvchanlik, ishchanlik, tirishqoqlik va oʼziga ishonganlik kabi sifatlarning hissiy irodaviy sifatlarga taaluqli boʼlishi anchagina shubhali. Shu vaqtning oʼzida bir qator katta intensivlikka ega hissiy irodaviy xatti-harakatlar koʼrinishlari (misol uchun, kuchlilik, tezlik va aniqlik talab etadigan sport mashqlarini bajarishda) haligacha oʼz nomini olgani yoʼq va shu bois ular hissiy irodaviy sifatlarga taaluqli emas. Bularning barchasining sodir boʼlayotganiga sabab, koʼpchilik holatlarda hissiy irodaviy sifatlar tarkibining ham, ularning klassifikatsiyasining ham koʼr-koʼrona, ularning mustaqilligi va aynan hissiy irodaviy boshqaruvga taaluqligini eksperimental dalillarsiz aniqlashidadir.
Ilk bolalik. Inson ontogenizida uning 1 yoshdan 3 yoshgacha oʼsish davri alohida axamiyat kasb etadi. Chunki bu davrda inson zotiga xos eng muhim sifatlar, xarakter
xislati, atrof muhitga, oʼzgalarga munosabat, xulq-atvor, tafakkur va ong kabi psixik aks ettirishning turli koʼrinishlari shakllanadi. Bularning barchasi qarama-qarshiliklar kurashi ostida tarkib topadi. Bolaning yurishga urinishi, turli narsalar bilan ovunishi va mashgʼul boʼlishi imkoniyatlari kengayishi, uning kattalarga bevosita tobeligi, ularga bogʼliqligi nisbatan kamayishiga olib keladi. Bir yoshli va undan sal oshgan bolaning har xil harakatli oʼyinlarda muvaffaqiyatsizlikka uchrashi koʼzlagan ishni bajarishidagi noxush kechinmalar uning ruxiy dunyosida dastlabki jazava (affektiv) tuygʼu va hisni vujudga keltiradi.
2 yoshdan 3 yoshga oʼtish vaqtida nutqning regulyativ funksiyasi asosi shakllanadi. Bolalarda kattalarning ikkita soʼz signallariga bildiradigan reaktsiyasi ulardagi hissiy irodaviy sifatlarning shakllanishida katta ahamiyat kasb etadi. Bular bolaning xohishi eʼtiborga olinmay biron harakatni talab qiluvchi “kerak” soʼzi va bola xohishini taʼqiqlovchi “mumkin emas” soʼzi Bu yoshda bola xatti harakatlari real tashqi stimullar taʼsirida nazorat qilinadi.



Download 29,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish