Institutsional ishsizlikni ham tabiiy ishsizlik tarkibiga kiritish mumkin. Ishsizlikning bu turi ishchi kuchi bozori infratuzilmasi, ya’ni ishchi kuchini ish bilan ta’minlashga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarning etarli darajada rivojlanmaganligi yoki samarali faoliyat ko‘rsatmasligi natijasida paydo bo‘ladi. Jumladan, mehnat birjalari faoliyatining samarali tashkil etilmasligi ishchi kuchi bozoridagi talab va taklif nisbatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va ishsizlikning ma’lum darajada oshishiga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |