21-MAVZU. TURIZM SAHOSIDA IQTISODIY VA MOLIYAVIY KO‘RSATKICHLAR
20-150-guruh talabasi Jo’rayev Ahmadulloh
Reja:
1. Mintaqa uchun turizmni rivojlantirish ko‘rsatkichlar tizimi
2. Turfirma faoliyatining moliyaviy – iqtisodiy ko‘rsatkichlari
3. Xalqaro turizm rivojlanishini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar
1. Mintaqa uchun turizmni rivojlantirish ko‘rsatkichlari tizimi
Turizmni tarmoq sifatida rivojlantirish va shakllantirish turistik xizmatlarni realizatsiya qilish miqdoriy xajmi va ularni sifatini aks ettiruvchi ma’lum iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimini tavsiflaydi. Mintaqa uchun turizmni rivojlantirish ko‘rsatkichlar tizimi o‘z ichiga qo‘yidagilarni oladi:
turistik firma faoliyatining moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatgichlari;
xalqaro turizmni rivojlantirish ko‘rsatgichlari;
Turistik oqim – bu doimiy ravishda mamlakatga tashrif buyuruvchi turistlar hisoblanadi. Turistik oqimlar hajmi qo‘yidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
mamlakatga tashrif buyuruvchi turistlarning o‘rtacha davomiyligi.
Tur kunlarning sonini hisoblash uchun tashrif buyuruvchilar sonini mamlakat (xudud)ga keluvchi bitta turist tashrifining o‘rtacha davomiyligi (kunlar)ga ko‘paytirish zarur. Tur kunlar to‘g‘risida ma’lumot turizm moddiy-texnika bazasi va ijtimoiy infratuzlmasini rejalashtirish uchun juda muhim hisoblanadi.
2. Turfirma faoliyatining moliyaviy – iqtisodiy ko‘rsatkichlari
Turfirma faoliyatining moliyaviy – iqtisodiy ko‘rsatkichlari qo‘yidagilarni o‘z ichiga oladi :
turistik xizmatlarni realizatsiya qilish xajmi yoki turizm xizmatlarini realizatsiya qilishdan tushgan tushum;
ishchi kuchlaridan foydalanish ko‘rsatkichlari (mehnat unumdorligi, mehnatga haq to‘lash xarajatlari darajasi) ;
ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish darajasi (fond qaytimligi, aylanma vositalarni aylanish tezligi);
3. Xalqaro turizmning xolatini va rivojlanishini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar alohida ajratib ko‘rsatiladi:
chet el davlatlariga tashrif buyurovchi turistlar soni (davlat chegarasini kesib o‘tishlar soni bilan aniqlanadi);
chet el turistlari bo‘yicha tur kunlar soni;
chet el tashriflari vaqtida turistlar tomonidan sarflangan mablag‘lar yig‘indisi.
Yuqorida qayd etilgan ko‘rsatkichlar turistik tarmoq rivojlanayotgan xududga katta ta’sir ko‘rsatadi. Turizmni rivojlantirish va turizm xizmatlari xajmini oshirishga juda oqilana yondashishni talab qiladi, chunki qabul qilinadigan qarorlar juda yuqori ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.