21-Mavzu: Issiqlik manbalari. Mahalliy issiqlik ta’minotining issiqlik iste’moli kuvvati 2,5 MVt dan kam bo’lmagan aholi punktlarida, ya’ni shahardan ajratilgan ishlab chiqarish korxonalari, turar joy binolarining issiq suvga va isitishga bo’lgan talablarini qondirish uchun yoki yangi qurilayotgan tuman xududida, asosiy manbaga ulangunga qadar, vaqtinchalik, issiqlik manbai sifatida foydalanishga mo’ljallangan. Mahalliy issiqlik ta’minotida qozonxonalar cho’yan seksiyali, po’lat payvandli, vertikal–gorizontal–silindrik bug’ va suv qizdirish qozonlari bilan ta’minlanishi maqsadga muvofiq keladi.
Isitish tizimlari – sanoat korxonalarining, madaniy-maishiy korxonalarning isitish tizimi hamda kommunal (ko’p qavatli yoki fuqaro binolari) isitish tizimlariga bo’linadi. Isitish tizimi ishlashi uchun issiqlik tashuvchilar, quvurlar va issiqlik manbalari bo’lishi shart.
Markazlashtirilgan issiqlik ta’minotning asosiy issiqlik manbaasi – issiqlik elektr markazi (IEM) yoki yirik issiqlik ishlab chiqarish markazlari hisoblanadi.
Tashqi issiqlik tarmoqlari – bu issiqlik ishlab chiqarish markazlaridan issiqlik iste’mol qiluvchi binogacha bo’lgan masofadagi quvurlar tizimidir. Bu issiqlik tarmoqlari iste’molchilargacha shahar yoki aholi yashash punktlarining alohida texnik hududlarida quriladi. Issiqlik tarmoqlari magistral va taqsimlagich tarmoqlariga bo’linadi. Issiqlik tarmoqlari asosan nursimon va halqasimon shaklida o’tkaziladi va o’rtacha quvurlarning uzunligi 15 km gacha masofada bo’ladi.
Issiqlik tashuvchilarning turiga qarab issiqlik tarmoqlari suvli va bug’li bo’lishi mumkin.
Issiqlik ta’minoti tizimlari quyidagi elementlardan tashkil topgan:
Issiqlik manbai (IEM).
Issiqlik tarmoqlari (quvurlar, nazorat-boshqaruv jihozlari)
Issiqlik punktlari. Ushbu punktlar har bir binoda joylashgan va ularda issiqlik taqsimoti tashkil qilinadi.
Binolardagi issiqlik tizimlari issiqlik asboblaridan, quvurlar va nazorat boshqaruv jihozlaridan iborat. Issiqlik asboblarida (radiatorlarda) issiq suvning temperaturasi 70-950S bo’lishi ta’minlanadi.
Issiqlik tizimining sxemalari quyidagilarga bo’linadi:
Ochiq va yopiq tizim.
Suvli va bug’li tizim.
Bir quvurli, ikki quvurli va ko’p quvurli.
Markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimi asosan kuyidagi elementlardan: issiqlik manbai, issiqlik tarmog’i, iste’molchiga kirish joyi (vvod) va mahalliy issiqlik iste’mol tizimlaridan iborat bo’ladi. Issiqlik manbalarining iste’molchilarga nisbatan joylanishga qarab, issiqlik ta’minoti tizimlari markazlashgan va markazlashtirilmagan bo’ladi.
Markazlashtirilmagan tizimlarda issiqlik manbalari bilan iste’molchilarning issiqlikni qabul qiluvchi moslamalari yagona bir qurilmaga birlashtirilgan bo’ladi.
Markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimlarida issiqlik manbai va iste’molchilarning issiqlikni qabul qiluvchi moslamalari bir-biriga nisbatan alohida, ko’pincha uzoq masofada joylashgan bo’ladi va manbadan issiqlikning iste’molchilarga uzatilishi issiqlik tarmoqlari orqali amalga oshiriladi. Markazlashtirish darajasi buyicha issiqlik ta’minoti tizimlari quyidagi guruxlarga bo’linishi mumkin:
- guruxli - binolar guruxining issiqlik ta’minoti;
- tuman - bir necha bino guruxlarining issiqlik ta’minoti;
- shahar - bir necha rayonning issiqlik ta’minoti;
- shahararo - bir necha shaharning issiqlik ta’minoti;
Yopiq tizimlarda ya’ni issiqlik manbaidan kelayotgan suv miqdori va qaytib ketayotgan suv miqdori bir xil bo’ladi, chunki ko’pincha suv kameralardan, armatura va nasoslardan oqib ketishi bilan suv sarfi kamayadi. Yopiq tizimlarda quvurlar soni ikkita bo’lib, issiqlik tashuvchi orqali o’z issiqlig’ini qurilmalarga berganidan so’ng stansiyaga qaytarilishi lozim.
Yopiq tizimlarda iste’molchilarning issiqlik qurilmalariga berilayotgan suv tarmoq suvidan issiqlik almashtirgich yordamida ajratilgan bo’ladi. Natijada iste’molchilarga yuqori sifatli issiq suv berilishi ta’minlanadi. Kamchiliklaridan biri bo’lib, aloxida isitgich o’rnatilishi natijasida issiqlik ta’minoti tizimi murakkablashib ketadi. Isitgichlarda va issiqlik qurilmalarida tuz cho’kmalari o’tirib qoladi. Issiq suv ta’minotining mahalliy qurilmalarida zanglash sodir bo’ladi.
Kondensatni qaytishi issiqlik ta’minotini doimo bo’lishligi tarmoqning iqtisodiyotiga katta ta’siri bo’ladi. Agar shu kondensatni qaytishi to’xtab qolsa, issiqlik manbaidan kelayotgan issiqlikni kam bo’lishiga sabab bo’ladi. Qaytayotgan kondensatda xar xil mexanik aralashmalar bo’lmasligi kerak. Kondensatlarning yig’ilishi va qaytishi Ochiq va yopiq sxemalar buyicha bo’ladi. Ochiq sxemalarda kondensatni iste’molchilardan kondensatni ajratuvchi uskunasidagi ortiqcha bosim hisobiga yig’iladi, shu kondensat yig’ish punktiga keladi va atmosfera bilan bog’liv bo’lgan bakda yig’iladi. Yig’ish punktiga kondensat umumiy kondensat quvuri yoki xar xil iste’molchidan alohida kelayotgan quvurlar orqali keladi.
Kondensatni yopiq sxemalarda yig’ishda, iste’molchilardan bakgacha va ulardan issiqlik manbaigacha bo’lgan xamma uchastkalarda ortiqcha bosim ta’sirida bo’lishi va bosim 0,005 ... dan kam bo’lmasligi kerak.
Iste’moldan qaytadigan bug’ni kondensatlab issiqlik manbaga qaytarishga katta qiyinchiliklar hosil qiladi. Uzlovoy nuqtalar bosim yerni grafik past balandligiga bog’liq bo’ladi. Iste’molchida esa kamdan-kam farq qiladi. Bundan tashqari uzulikli ish rejimi uzelli nuqtalarda bosimga bog’lanadi. Uzilish hosil qiladi (buziladi) kondensatlarni gidravlik hisobini qiyinlashtiradi. Shuning uchun ham uzlavoy nuqtalarda kondensatlangan bug’larni bosimini bog’lab turish uchun klapnlar quyilgan bo’lib klapnlar avtomatik ravishda bosimlarni tartibga soladi.
Mahalliy issiqlik ta’minoti - bu kichik aholi punktlarida yoki shahardan ajratilgan ishlab chiqarish korxonalari, turar joy binolarining issiq suvga va isitishga bo’lgan talablarini qondirish uchun yoki yangi qurilayotgan tuman hududida issiqlik manbai sifatida foydalanishga mo’ljallangan. Mahalliy issiqlik ta’minotida issiqlik ishlab chiqaruvchi qozonxonalarda cho’yan seksiyali, po’lat payvandli, vertikal – gorizontal – silindrik bug’ va suv qizdirish qozonlari bilan ta’minlanishi maqsadga muvofiq.
Markazlashgan issiqlik tarmoqlaridan foydalangan holda issiq suv bilan ko’pgina shaharlarni ta’minlash, aholi yashaydigan va jamoa binolari uchun halq talabi kundan kunga yildan yilga oshib boradi. Umumiy issiqlik energiyasining 20% - 40% issiq suv uchun sarf bo’ladi. Yangi qurilish uchun 40% tashkil qiladi. Issiq suv uchun markazlashgan issiqlik manbalaridan foydalanish atrof muhitni ifloslantirishdan saqlaydi. Zamonaviy issiqlik tayyorlovchi manbalar TES lar. RK rayoniy katelnilarga nisbatan 90% gacha issiq suv uchun issiqlik energiyasi tayyorlab beradi. Issiq suvlar uchun manbaning joylashishi. Markazlashgan va markazlashmagan bo’lishi mumkin. Markazlashmagan issiqlik tayyorlovchi manbalar suv tarqatgichlarga yaqin joylashgan bo’ladi. markazlashgan issiq suvlarda esa iste’molchilarning katta gruppasi uchun issiqlik tarmoqlaridan TES lardan olinadi.
Sanoat korxonalari uchun esa har xil shart sharoitlarda qabul qilinadi. Asosan ikkinchi issiqlik manbalaridan ham qabul qilinadi.
Issiq suvlarning iste’mol qilish notekis bo’lganligi sababli sutka davomida ortiqcha suvlarning yig’uvchi baklarga saqlanadi, sababi issiqlik tayyorlovchi manbalardan issiq suvlar bir xil hajmda o’zatilib turiladi.
Issiq suvlar isitish sistemasi va havo bilan isitish sistemasining iste’molini har doim buzib boradi. Issiq suvlarni yig’ish abanentlarda minimal va maksimal iste’mol suv tarqatishni hisoblab issiqlik manbaining issiqlik energiya bilan ta’minlashni yangilashtiradi. Issiq suv uchun issiqlik energiyaning sarf bo’lishi.
Uch quvurli tizim sanoatda texnologiya ishlab chiqarshiida o’zgarmas suv sarfi ishlatilganda qo’llaniladi. Bunday tizimlar ikkita uzatish quvuriga yega. Bu quvurlarning biridan issiqlik tashuvchi o’zgarmas harorat bilan ishlab chiqarish apparatiga va issiq suv ta’minoti suv isitgichiga boradi. Ikkinchisidan yesa suv o’zgaruvchan harorat bilan isitish va ventilyasiya tizimlariga yuboriladi. Sovigan suv yesa hamma tizimlardan bitta umumiy qaytaruvchi quvur orqali qaytib issiqlik manbaiga keladi.
To’rt quvurli tizimlar.
To’rt quvurli tizimlar metall sarfi ko’p bo’lganligi uchun faqat uncha katta bo’lmagan tizimlarda,binoga kirish tugunini osonlashtirish uchun ishlatiladi. Bunday tizimlarga issiq suv ta’minoti uchun suv issiqlik manbaaining o’zida tayyorlanadi va alohida o’zatuvchi va qaytaruvchi quvurlar orqali issiq suv ta’minoti tizimlariga beriladi. Isitish va ventilyasiya tizimlari uchun ham alohida uzatuvchi va qaytaruvchi quvurlar ishlatiladi.
Aralash tizimlar.
Issiqlik manbaai issiqlik iste’molchilaridan uzoq masofada joylashgan bo’lsa, u holda aralash tizimni qo’llash maqsadga muvofiqdir. Aralash tizim bu bir quvurli tizim bilan ikki quvurli tizimni birgalikda ishlatishdan iborat tizimdir. Bu holda yo’ldosh qozonxona qurish bilan aralash tizimni ishlatiladi. Issiqlik manbaidan yo’ldosh qozonxonagacha bitta quvur, yo’ldosh qozonxonadan keyin yesa ikki quvurli tizim ishlatiladi.
1. Issiqlik manbaai; 2. Issiqlik uzatuvchi;
3. Abonentga kirish; 4. Ventilyasiya kalloriferi;
5. Isitish tizimlarining issiqlik almashtirgichi; 6. Isitish pribori;
7. Issiq suv ta’minoti; 8. Qaytarish quvuri;
9. I.S ta’minoti suv isittichi; 10. Ishlab chiqarish apparati;
11. I.S ta’minoti o’zatuvchi quvuri; 12. I.S ta’minoti aylantiruvchi quvuri;
13. Kozonxona binosi; 14. Qozon;
15. Aylantiruvchi nasos; 16. Havo chiqargich.