21-laboratoriya ishi



Download 1,52 Mb.
bet3/3
Sana30.05.2023
Hajmi1,52 Mb.
#946403
1   2   3
Bog'liq
Tarmoq 19-25 lab.Ulug`bek1

23– Laboratoriya ishi


Mavzu: Tarmoq muammolarini izlash va bartaraf etish: Antivirus dasturiy ta’minotini o’rnatish va sozlash
Ishdan maqsad: Ko’p foydalanadigan antivirus dasturlari haqida bilim va ko’nikmaga ega bo’lish. Kompyuterga antivirus dasturini o’rnatish va sozlashni o’rganish.
Bugungi kunda viruslardan himoya qiluvchi antivirus dasturlari eng ko’p murojaat qilinuvchi dasturdir. Sababi kompyuter, smartfon qurilmalar har doim viruslar bilan zararlanadi. Antivirus dasturlari qurilmalardagi vuruslarni topib zararsizlantiradi va qurilmani soz holatda ishlashiga xizmat qiladi. Ko’plab antivirus dasturlarini tahlil qilinadigan bo’lsa ularning vazifasi bir hil bo’lsada lekin ishlash jarayoni, tezligi, samaradorligi teng emas.
Shuning uchun foydalanuvchilar antivirus dasturlari haqida yetarli ma’lumotlarga ega bo’lishi kerak. Albatta barcha antivirus dasturlarni ko’rib chiqish qiyin, shuning uchun mashxur antivirus dasturlarni tahlil qilib chiqish yetarli bo’ladi.
Avast Free Antivirus- yuqori himoyalovchi bepul antiruvur dasturi. Dunyo bo’ylab milionlab foydalanuvchilar aynan shu dasturni afzal ko’rishadi.
Avast Free Antivirus afzallik jihatlari:

  • Ma’lumot bazasi doimiy yangilanib turadi.

  • Real vaqt rejimida rutkitlardan yuqori himoyalaydi.

  • Kompyuterni internet keladigan zararli dasturlardan himoyalaydi.

  • Dastur interfeysi tushunarli va qulay.

AVG Anti-Virus Free- ommabop antivirus dasturining asosiy xususiyati tizimga chuqur integratsiyalashganligidir. Antivirus dasturi ishga tushganda avtomatik fayl va dasturlarni virus, troyan va josus dasturlardan himoyalash uchun skanerlaydi. Undan tashqari bu antivirus foydalanuvchi belgilagan grafik bo’yicha ham ishlaydi.
AVG Anti-Virus Free afzallik jihatlari:

  • Tizimni tez va sifatli skanerlash.

  • Dastur ishga tushgach avtomatik viruslardan himoyalash

  • Grafik bo’yicha ishlash tizimi

  • Doimiy bazani yangilanib turishi

  • Foydali himoya moduli (Link Scanner, e-Mail Scanner)

  • Zamonaviy va intuitive interfeys

Panda Antivirus Pro- Antivirus dasturining asosiy vazifasi kompyuterni zararli dasturlardan maksimal darajada himoya qilish.
Panda Antivirus Pro afzallik jihatlari:

  • Zararli dasturlarni avtomatik aniqlashi

  • Zararli zaytlarni bloklash

  • Har kuni bazani yangilab borishi

  • O’yin va multimediya uchun maxsus ish rejimi

  • Antirutkit, tarmoqlararo ekran xizmati

  • Qulay va tushunarli interfeys

360 Total Security- operatsion tizimni soz ishlashini qo’llovchi kuchli antivirus hisoblanib, tizim ishlashiga ta’sir ko’rsatmagan holda fayl va dasturlarni skanerlaydi.
360 Total Security afzallik jihatlari:

  • Real vaqt rejimida viruslardan yuqori himoyalaydi

  • Himoyalash uchun bir necha modullardan foydalanadi

  • Axborot tashuvchilar ulanganda avtomatik tekshiradi

  • Brauzerlar bilan qulay tarda integratsiyalanadi

  • Tizimni keraksiz va chiqindi fayllardan tozalaydi

  • Tizim ishlash tezligiga ta’sir qilmaydi a albatta bepul

E SET NOD32 Smart Security – kompyuterni zararli dastur va viruslardan himoyalovchi ommabop antivirus dasturi bo’lib, viruslar, troyanlar, rutkitlar, spamlar va boshqa zararli dasturlarni osonlik bilan yo’q qiladi.
ESET NOD32 Smart Security afzallik jihatlari

  • Virusdan, malware va adware ilovalardan yuqori darajali himoyalash

  • Tarmoqlararo ekran xizmati

  • Anti-Theft funksiya mavjudligi

  • Shubhali faylarni avtomatik aniqlash xizmati

  • Zamonaviy va qulay interfeys

K aspersky Free Antivirus- Kasperskiy Laboratoriyasi tomonidan ishlab chiqilgan antivirus dasturi dunyoga ma’lum va mashxur bo’lib, antivirus dasturlari reytingida yuqori o’rinni egallab kelmoqda. Bu anvirus dasturi pulli va bepul dasturlarini taqdim etadi. Antivirus dasturi butun tizim bo’ylab virus, troyan, zararrli dasturlarni qidiradi va bartaraf etadi.
Kaspersky Free Antivirus afzallik jihatlari

  • Zararli dastur va viruslarni tez aniqlash va bartaraf etish

  • Yozuv reestrini tekshirish va shubhali dasturlani aniqlash

  • Kompyuterni tarmoqqa ulanganda viruslardan yuqori darajada himoyalash

  • Kompyuterga ulangan axborot tashuvchilarni avtomatik tekshirish

Amaliy ish
Antivirus dasturini kompyuter o’rnatish va sozlash
Kasperskiy antivirus 2016 - bu kompyuterlarni zararli dasturlardan himoyalovchi asosiy dasturiy ta’minotdir.Dastur tarkibida fayllar, dasturlar va veb-saytlarni virusga qarshi skanerlash, fishingga qarshi kurash, nusxalovchi dasturidan himoya qilish, Internet-trafikni boshqarish, zaif tomonlarni tekshirish, bepul avtomatik yangilanishlar va yangi versiyalar mavjud. Faylni antivirus dasturi rasmiy saytidan yuklab olinadi va kompyuterga o’rnatiladi.

O'rnatish davom ettiriladi, standart o'rnatish parametrlarini tanlanadi. O'rnatish vaqtida antivirus foydalanuvchining alohida bilim talab qilinmaydi.

Antivirusni faollashtirish oynasi paydo bo'ladi, bunda dasturni aktivatsiya kalitini kiritish kerak.

Keyingi oynada Kasperskiy laboratoriyasi xabarnomalarni pochta orqali qabul qilish uchun ro'yxatdan o'tishni taklif qiladi. Ro'yxatdan o'tishni " Пропустить " tugmasi yordamida bekor qilish mumkin.


Dastur kompyuterga o’rnatilgacha qayta ishga tushiriladi.

Kasperskiy antivirusini sozlash.


Shunday qilib, Kasperskiy antivirus dasturini sozlash uchun dastur sozlamalari bo'lgan oynaga kiriladi. Sozlamalar oynasi to'rt yorliqga bo'lingan: Himoya markazi (Центр защиты) , kompyuterni tekshirish (Проверка компьютера,), yangilash(Обновление) va qo’shimcha parametrlar (Дополнительные параметры). "Центр защиты " deb nomlangan birinchi yorliq va "Основные параметры" birinchi bandidan boshlanadi.

Bu erda parolni himoya “Защита паролем” qilish funktsiyasi joylashgan. Ushbu funktsiyani faollashtirish orqali biz Kasperskiy antivirusini parol bilan himoya qila olamiz. Parolni himoya qilish parol kiritmasdan antivirus sozlamalarini o'chirishga yoki o'zgartirishga imkon bermaydi.

Himoya markazi “Центр защиты” yorlig'idagi qolgan sozlamalarni odatdagidek qoldirish mumkin. "Проверка компьютера" kompyuterni tekshirish yorlig'iga o'tiladi. Bu yerda "Проверка важных областей" muhim hududni tekshirish bandini tanlaymiz.

Muhim maydonlarni avtomatik ravishda tekshirish yoqish uchun “Режим запуска” (Ishga tushirish rejimi) tugmasini bosiladi.



Topshiriq
Antivirus dasturlarini tahlil qilish, kompyuterga antivirus dasturini o’rnatish, sozlash ishlarini bajarish. Bajargan ishlarni hisobotini tuzish va tizimga yuklash.

24 – Laboratoriya ishi


Mavzu: Tarmoq muammolarini izlash va bartaraf etish: Simsiz tarmoq routerida MAC –adreslar filtlash
Ishdan maqsad: MAC adreslar filtratsiyasini sozlashni o‘rganish.
S
imsiz tarmoqda qurilmalarni MAC adreslar filtri yordamida nazorat qilish mumkin. Buning uchun quyidagi amallarni bajarish kerak bo‘ladi.


Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish