21- SEMINAR. O‘zbekistonda kartografiyaning shakilanishi, hozirgi holati, muammolari va istiqboilari
Reja:
O‘zbekistooda kartografiyaning shakilanishi, hozirgi holati, muammoiari va istiqboilari 0 ‘zbekiston o ‘zining boy kartografik tarixiga ega. Dunyo kartografiyasining rivojida ajdodlarim iz Muso M uham m ad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, M irzo Ulug‘bek, Mahmud Qoshg‘ariy, Muhammad Bahroniy, Hofei Abru va boshqa allomalarimiz qoidirgan ilmiy meros muhim o ‘rin tutadi. M a’lumki, kartografiya ham , boshqa fanlar kabi kishilik jam iyatining hayotiy talablari asosida vujudga kelgan va ishlab chiqarish kuchlarinmg taraqqiy etishi bilan tobora rivojlana borgan. 1917-yiiga qadar 0‘zbekiston hududini kartografik jihatdan o‘rganilganlik darajasi ancha past boigan. X IX asrning ikkinchi yarm ida Rossiya 0 ‘rta Osiyoni, jum ladan, O‘zbekistonning hozirgi hududini bosib olib, o ‘z mustam lakasiga aylantirgandan so‘ng bu iqtisodiy jihaidan muhiiri o ‘lka kartaiarini yaratish b o 'yicha ishlar boshlandi. Tovar dehqonchiligining o ‘sishi va qishloq xo'jaligi ixtisoslashuvining kuchayishi, paxta ekin m aydonlarining kengayishi, yangi yerlarning o ‘zlashtirilishi va irrigatsiyaga oid qurilishlarning kengayishi 0 ‘rta Osiyo qishloq xo‘ja1igi geografiyasini o ‘rganishning m uhim vosiîalaridan biri bo ‘lgan iqtisodiy, xususan, qishloq xo‘jaligiga oid kartalarining yaratilishi uchun turtki bo‘ldi. Natijada ko‘p o‘tmay, o‘lkamiz tabiiy sharoitini qishloq xo‘jaligi nuqtai nazaridan tavsiflovchi dastlabki kartalar yaralildi. M asaian, 1914-yiii nashr qilingan «Атлас А зиатской России* asarida T urkistonning sugloriladigan yeriari kokrsatilgan alohida karta berilgan. U nda m avjud sug‘oriladigan ycrîar, birinchi navbatda sug‘oriiishi kerak b o ‘lgan yerlar va kelgusida sugcorishga yaroqli bo ‘lgan yerlarning areallari alohida ajratib berilgan. S.Ponyatovskiyning «Опыт изучения хлопководства в Туркестане и Закаспийской области» (SPb., 1913) kitobida «Turkiston paxtachiiik rayonlarining karta&i» bor, unda paxtachilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklar, qishloq xo‘jalik muassasalari va m avjud mutaxassis kadrlar miqdori tasvirlangan. Airimo, respublikam iz hududida karta îuzish ishlari S ho'rolar davriga qadar yaxshi rivojlanmadi, kartalar kam chop etildi, ularning jihozlanishi juda oddiy edi. Z otan, hududning ichki qismlari hali yaxshi o ‘rgariilm agan, m anbalar yetarli d a ra ja d a to ‘Iiq va aniq bolm agan, plan olish asboblari, kartografik tasvirlash usullari va karta ishlash texnikasi rivojlanmagan edi. O‘zbekistonda kartografiya sohasi Sho‘rolar davrida sezilarli rivoj topdi. Xalq xo‘jaligining tiklanishj va rivojlanishi, yangi yerlarni keng miqyosda sug‘orish va o ‘zlashtirish maxsus kartalar yaratilishini taqozo etdi. Lekin bu rivojlanish bir yoqlam a b o ‘lib, M arkaziy Rossiya nietropoliya m anfaatlariga bo‘yinsingan edi. 1934-yili 0 ‘rta Osiyo va Qozog‘istonda yagona bo'lgan Toshkent kartografiya fabrikasi tashki) etildi. U nga davlat muassasalarini va jam oat tashkilotlarini mavzuli, siyosiy-ma’m uriy va m a’lum otnom a kartalar bilan, shuningdek m aktab o ‘quvchilarini o ‘quv karta va atlaslari bilan ta ’m inlashdek yuksak vazifa yuklatildi. Ko‘p o ‘tm ay ayrim sug‘oriladigan rayonlam ing 1:10 000 m asshtabli qishloq xo‘jalik kartalari. O ‘zbekistonning 1:500 000 masshtabdagi m a’muriy kart asi va 0 ‘rta Osiyo xalqlarining milliy tillarida o ‘quv kartalari tuzildi va nashr etildi. 0 ‘rta m aktablar uchun alohida m ateriklam ing yozuvsiz (kontur) kartalarini yaratish b o ‘yiclia ishlar olib borildi. 1940-yili sobiq Ittifoqda nashr qilingan «Dunyoning katta sovet atlasi» da O’bzbekistonning va uning alohida qismlarining um um iqtisodiy kartalari berilgan, ularda sugkoriladigan va hahorikor ycrlar, yaylovlar, shuningdek paxta, bug‘doy, kanop va tam aki etishtiriladigan hududlar tasvirlangan. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda respublikamizda kartaga olish íshlari ancha jadai oiib borildi. Bu davrda dehqonchilikni hududiy tashkil etishda p ax tan in g aham iyati oslidi, paxta urug‘chi)igi va seleksiyasi b o ra sid a olib borilayotgan ilm iy-tadqiqot ishlarining qamrovi kengaydi. Kartograflarning asosiy vazifasi qisbloq xo‘jaiigini, boshqaruv va rejalashtirish organlarini zarur kartografik rrialeriallar bilan la’m inlash, ilg‘o r xo‘jaliklar va ilmiy tadqiqoi muassasalarining yutuqlarini iarglibot qilish ham da amaJiyotga joriy etilishini tezlatish bo ‘lib qoidi. Shunga b in o an , 1960-yili sobiq Ittifoqning kom pleks sohaviy «Qishloq xo‘jalik atlasi» yaratildi. Atlasda geografik muhit bilan qishloq xo‘ja)igi ishlab chiqarishi orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ko'rsatish, alohida tarm oqlam ing joylanish va rivojlanish qonuniyatlarini chuqur anglash va qishloq xo‘jalik rayonlarini ajratish maqsadida 377 ta karta, karta-sxema va jadvallar berilgan. Atlas kartalari hozir ham o ‘z ahamiyatini yo‘qotm agan. 1963-yili respubükam izning birinchi «Tabiiy geografik atlasi» chop etildi. A tlasningbichim i 44x30 sm, asosiy kartalarining masshtabi 1:3 500 000 va 1:5 000 000, iqlim kartalari 1:7 500 000 va I: 10 000 000 masshtablarda tuzilgan. Atlasning b arch a kartalari to*g‘ri teng burchakli konusii proyeksiyada tuzilgan. A tlasda mam lakatim izning tabiiy sharoiti va tabiiy resurslariga to ‘liq kartografik tavsif berilgan b o ‘lib, uning yordamida rcspublikam izning va alohida tabiiy-geografik hududlarning labiiy sharoiti va resurslarini o ‘rganish, hisobga olish va ulardan maqsadga muvofiq foydalanish, shuningdek, tabiiy hodisalarning dinamikasi to ‘g‘risida m a’lu m o tlar olish mumkin. K artaiarni tuzishda tegishli vazirlik va idoralam ing, davlat tashkilotlari va muassasalarining, ilmiytadqiqot institutlari va oliy o ‘quv yurtlarining materiallaridan keng fovdalanilgan. 1968-yili 0 ‘zbekiston Yer tuzish va loyihalash instituti to m o n id an 0 ‘zbekistonning yagona dastur asosida bir-biri bilan o ‘zaro b o g 'la n - gan, bir-birini o‘zaro toMatadigan, ixtisoslashgan, aniq maqsadli «Devoriy qishloq xo‘jaIik kartalari» tayyorlandi va nashretildi. M azkur kartalar masshtabi 1:1 000 000 bo'lgart 21 ta kartadan iborat b o ‘lib, ularda respublikam iz qishloq xo‘jaligiga va uni asosiy tarm oqlari — dehqonchiíik va chorvachilikka, ularning o 4ziga xos tom onlari va xususiyatlarini, tabiiy va solsial-iqtisodiy shart-sharoitlarini hisobga oigan holda atroflicha kartografik tavsif berilgan. 1981-yili 0 ‘zbekistonning birinchi «O‘quv-o‘lkashunoslik atlasi» chop ctild i. A lias loyihasi CVzbckiston Milliy universitetning Geografiya fakulteti jamoasi va O 'zb ek isto n FA ning G eografiya boMimi va um um iy o ‘ría ta’íim m uassasalarining tajribaii m etodistlari bilan ham korlikda yaratilgan. Tabiiy va sotsial-iqtisodiy mavzudagi kartalar o‘zlarining hajm ko‘lam», kartaga îushirilgan obyektlarning sifat xususiyatîarini m iqdor ko‘rsatkíchlari bilan toldirilganligi, analilik kartalar bilan b irq a to rd a , O lzbckistonning faqaí o ‘ziga xos, b ctak ro r jihatlarini tasvirlovchi kartalarning beriíganíigi, ularning o ‘zaro bir-birini to ‘ldirishi va, eng asosiysi, kartalarning mavzui va m azm unini um um iy oTía ta 'lim muassasalari geografiya kursi dasturiga va darsüklariga muvofiqligi bilan ajralib turadi. M azkur atlas keng jam oatchilik tom o n id an yuqori baholandi. U respublíkam iz geografiyasi. tarixi va m ad an iy a tin i o ‘rg an ish d a o'quvchilarga katta yordam berdi. Respublikamiz poytaxti- Toshkent shahrining 2000 yillik yubileyi m unosabati bilan 1983-yiIi «Toshkentning geografik atlasi» c h o p etildi. A tlasning bichim i 25 x 35 sm , asosiy kartalarining m asshtabi 1:400 000 va 1:650 000. Atlas kirish va 6 ta b o lim d a n iborat b o ‘Iib, 48 ta karta va sxem alarni o‘z ichiga oigan. A tlas Leningrad (hozirgi S an k t-P eterb u rg ) shahrining (1977) taríx iy -g co g rafik atla sid an keyingi sobiq Ittifoqda nashr qilingan ik kinchi - shahar atlasi hisoblanadi. Atlasda poytaxt va poytaxt atrofining tabiiy sharoiti, sanoati, qishloq xoljaligi, transporti, madaniyati va tarixiga to*liq kartografik tavsif berilgan. U shbu atlas respublikam izda shahar atlas kartografiyasini rivojlantirishga asos solib, yaqin kelgusida S am arqand, Buxoro, Xiva kabi qadim iy shaharlarim izning bam bu tipdagi atlaslari yaratilishiga yo‘t ochib bcrsa ajab cmas. 1985-yiIi O ‘z'oekiston M iliiy ensiklopediyasi tahririyati ikki jildli «Paxtachilik» ensiklopediyasini nashrdan chiqardi. Unga paxtachilikning o ‘sha yillardagi holatini aks ettiruvchi 40 dan ziyod kaita kiritilgan. Jahon paxtachiligining ahvoli alohida kartada ko‘rsati]gan. O q-qora rangdagi kartalar rnaqolaíar o'rtasida joylashtirilgan, rangiilari esa aíohida to ‘planib, atlas shaídida ensiklopediyaning ikkinchi jildiga ilova qilingan. 1982— 1985-yilIari ikki jilddan iborat um um iy kompleks geografik ilm iy -m a'lu m o tn o m ali «O‘zbekiston atlasi» ch o p etildi. M azkur atiasning um um iy hajm i va mazmunini qamroviga ko‘ra miliiy atlasga yaqin deb hisoblash m um kin. Atiasning bíchim i 61 x 42 stn, asosiy kartalarining masshtabi 1:2 500 000 va 1:3 500 000. Atlas 28 ta alohída-alohida bo ‘Jimdan iborat b o ‘lib, unda 322 ta ko ‘p rangli karta bcrilgan. M azkur atlasda sobiq Ittífoqda chop etilgan barcha kompleks ilm iy-m a’lu m o tn o m a atlaslardan farq qiüb, 0 ‘zbekiston qishloq xo‘jaligining yetakchi tarm og‘i paxtachiükka alohida b o iim d a birinchi m arta to ‘liq kartografik tavsif berildí. M azkur boMimda jam i 30 ta karta berilgan b o 'lib , bunda ayniqsa paxta navlarini rayonlashtirish va paxtachilikning ilmiy bazasi, paxta yig‘im -terim ini mexanizatsiyalash darajasi, paxtachilikda m ineral va organik o ‘g‘it!ardan foydalanish va ularning iq tiso d iy sam aradorligi, p axta xom ashyosi ishlab chiqarishni rentabellik darajasi, paxta tozalash sanoati mavzusida tuzilgan kartalar h a m ilm iy, ham uslubiy nuqtai nazardan katta ahamiyatga m olikdir. Kompleks regional atlaslarga alohida maxsus bo‘Umlar kiritilib, atlasi yaratilayotgan hududlarning yetakchi tarm oqlariga har tom onlama to ‘liq kartografik tavsif berish mumkinligini isbotlagan bu atlas hali yana ko‘p yillar o ‘zining ilm iy-uslubiy va amaliy qim m atini yo‘qotmaydi. degan um iddam iz. Ushbu atlas nashr etilgandan so‘ng 0 ‘zbekistonda atlas kartografiyasi sohasida ancha uzoq m uddatli tanaffus boshlandi. T o‘g‘ri, 80-yillarning oxiri va 90-yiUarning boshida 0 ‘zbekiston FA ning G eografiya b o ‘!imi rahbarligida respublikamizning «Paxtachiíik» va «Tibbiiy-geografik atlas» lari tuzilib, nashrga tayyorlab qo‘yilgan edi. Biroq ayrim sabablarga ko‘ra ular o‘z vaqtida chop etilmay qoldi. H ozir ushbu atlaslaming mavzui va mazmunini yangilab, takomillashtirib., ulam i zam on talabiga m uvoñqlashtirgan holda nashr qilish vaqti keldi. 1988-yiü « 0 ‘rta Osiyo respublikalarining umumgcografik atlasi» nashr qilindi. U kartografik m a’ium otnom a sifatida keng o ‘quvchilar ommasiga m o‘lja!langan. Atlasning bichim i 25 x 33,3 sm, um um iy hajmi 75 bet. Unda har bir respublikaning zarur raqam U m a’lumollari bilan birga obzor siyosiy-m a'm uriy va tabiiy kartalari, viloyatlar va alohida regionlarning umumgeografik kartalari, poytaxt shaharlarning sxematik planlari berilgan. Umum geografik k arta la rd a aholi punktlarining joylanishi va aholi soni, aloqa yo‘IJari, gidrografiya va relyef mufassal ko‘rsatilgan. 0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgandan kevin, respuhlika rahbarivati mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish, ishlab chiqarish kuchlaridan oqilona foydalanish va uni butun mamlakat hududi bo‘ylab ilmiy asosda (o‘g‘ri joylashtrish masalalariga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Shu asosda m ustaqiilik g ‘o y alarin i targ ‘ib q ilish , aholining o ‘sib borayotgan moddiy va m a ’naviy ehtiyojlarini to ‘lato'kis qondirish, m am lakat m udofaa qobiliyatini oshirish m aqsadida uning h u d u d id a geodcziya va karto g rafiy ag a oid ishlarni kcng koMamda, aniq reja va ilmiy asosda tashkil etishga kaüa aham iyat berib kelinm oqda. Shu maqsadda 16-yanvar 1992-yil V azirlar M ahkamasining 19- sonli qaroriga m uvofiq O'zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkam asi huzirida G eodeziya va kartografiya B oshqarm asi, hozirgi 0 ‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasi tashkil etildi. 1999-yili 0 ‘zbekiston Respublikasi X alq taMimi vazirligining buyurtmasiga binoan Mirzo ü lu g ‘bek nom idagi O ‘zbekiston M illiv universitetining geografiya fakultcti jam o asi um um iy o ‘rta ta ’lim muassasalari uchun respubüka hukum at qarori bilan «0‘zbekiston geografik atlasi»ni yaratdi. Allasning bichimi 22x29 sm. boMib, um um iy hajmi 56 bct. U nga 50 dan ortiq karta, turli xil diagram m a va grafiklar, tushuntirish m atnlari, tabiiy, m a’m uriy va xo‘jalik obyektlarining fototasvirlari kiritilgan. Asosiy kartalar 1:4000 000, 1:6 000000 va 1:8 000 000 masshtablarda tuzilgan. Atlasning tuzilishi va kartalarning m axsus mazm uni um um iy o ‘rta ta’lim muassasalari uchun geografiyadan tuzilgan davlat ta ’lim standarti va unga muvofiq 0 ‘zbekistonning tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasidan tuzilgan namunaviv o ‘quv dasturlariga va darsliklariga inos holda ishlab chiqildi. Alohida kartalarni loyihalashlirish va tuzishda tegishli fan sohasi olimlari, m alakali m utaxassislar, shuningdek, um um iy o ‘rta ta'lim m uassasalarining tajrib ali uslubiyotchilari ishtirok etdi. 2001-yili m ustaqillikning 10 yilligiga bag‘ishlab Yer resurslari davlat qo‘mitasi tom onidan «Yer resurslari atlasi», 2005-yilda «CVzbckistonning etnokonfessional atlasi», 2006-yili « 0 ‘zbekiston yer usti suvlari atlasi» 2007-yili « 0 ‘zbckiston Respublikasining ekologik atlasi», 2008-yili « 0 ‘zbekistcnda atro f-m u h it holatini ko‘rsatgichlar asosida baholash atlasi», 2010-yili «O 4zbekiston Respublikasi tuproq qoplamlari» atlasi tuzilib chop etíldi. Shubhasiz, so‘nggi 30—40 yil jehida 0 ‘zbekistonda kartografiya fani sezilarli rivoj topdi. Hozirgi kunda 0 ‘zbekistonning barcha hududi uchun topografik, obzor-topograñk va obzor kartaíar mavjud. Ular turli xil mavzuli k arta va atlasJami tuzishda asos b o lib xizmat qiladi. Shu m aqsadda aerokosm ofotosyom ka m ateriallaridan unumli foydalanish y o lg a q o ‘yildi ham da yirik kartografik asarlarni yaratishda turli soha m utaxassislarining hamkorligida katla ilmiy-uslubiy ahamiyatga m olik tajriba to'plandi. 1983-yili respublikam lzda birinchi marta komplcks va m avzuli kartaga olish m uam m olariga bag‘ishlangan Xalqaro ilm iy-am aliy anjum an o ‘tkazildi. 0 ‘zbekistonda atlas kartografiyasining shakllanishi va rivojlaníshiga bag‘ish)angan y irik m onografiyalar, ilm iy to 'p lam lar, m aqolalar, nom zodlik va d o k to rlik dissertatsiyalari m uvaffaqiyatli yoqlandi. 0 ‘zbektilida dastlabki o ‘quv dasturlari, o ‘quv q o ‘llanmalari, m a’ruza matnlari, testlar to ‘plam i, masala va m ashqlar to ‘plamlari, laboratoriya va dala am aliy ishlariga oid va boshqa vana ko‘piab ilmiy-uslubiy ishlanm aiar chop ctildi. 0 ‘zbekistonda atlas kartografiyasining rivojlanishida professorlardan T.M . M irzaliyev. Z.M . Akramov, A.A. Rafiqov, E.Yu. Safarov dotsentlardan C h . V. Galkov, Y,G. Brodskiy, P.N . G ‘ulom ov, I.A .H asanov, L .H .G ‘ulom ova, A .E gam berdiyev, A .Bozarboyev, Sh.Azimov, J.S. Q oraboyev, T.Qoraboyeva, , J.M. Nazirov, Sh.M . M uhitdinov, L,M. Q o ‘ziboyeva, L.G. Soliyeva, C. Salohuddinova, C.A. A vezov, G .S h . N o rx o ‘jaycvalarning xizm atlarini alo h id a ta ’kidíash joiz. Shu o ‘rinda O ‘zbekistonda kartografiya sohasi bo‘yicha ixtisoslashgan yuqori m alakali milliy kadrlam i tayyorlashga o kzlarining munosib hissalarini q o ‘shgan taniqlí olim lardan M.I. Nikishov, Í.Yu. Levitskiy, K.A. Salishchev, l.P. Zaruskaya, A.M . Berlyant, T.V. Vereshchaka, N .S. Podobedov va O .A .E vteevlarning xizm atlarini alohida ta ’kidlash joiz. Yuqorida qayd etilgan sa’y-harakatlarning natijasi o ‘laroq 80-yillarning oxiri va 90-yillarning boshida 0 ‘zbekistonda o ‘zbek kartograflarining milliy m aktabi shakllandi. 0 ‘zbekistonda kartografik tad q iq o tlarn in g b u n d an kcyingi rivojlanishi va kengayishi, shuningdek, ilm iy ishlanm alarni joriy ctish quyidagi yo‘nalishlarda o'tkazilishi lozim : sistem ali yondoshuv asosida kompleks karlaga olish nazariyasini rivojlanishi va respubluka uchun uni am alga oshirishning yagona d astu rin i ishlab chiqish, ilmiy tadqiqot, rejalashtirish va boshqaruv ishlarida foydalanish uchun kartalarning yangi turlarini va tip la rin i yaratish (baholash, bashoratlash, tabiatni m uhofaza qilish va u larn i iqtisodiy sam aradorligi, tibbiy-geografik, ekologik va b .); kartografik am aliyotda zamonaviy texnika va texnologiyalardan kcng foydalanish; kartalarni tuzishda aerosm ofotosyom ka m ateriallaridan yanada sam arali foydalanish, yaqin va uzoq xorij m am lakatlarida bu sohada orttirilgan tajribalardan foydalanish; «Y R G E O D E Z K A D A ST R » D avlat Q o‘mitasi qoshida m illiy-inform atsion kartografik m arkaz tashkil etib, u yerda b arch a zarur fazoviy-hududiy axbo ro tlarn i bir joyga to ‘plash ham da ularni m untazam yangilab berish va boshqalar. O'zbekistonda kartografiya sohasini rivojlanishida 0 ‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan G eodeziya, kartografiya va kadastr kafedrasining roli nihoyaida katta. M azkur kafedra O‘7.bekiston M illiy universitetida (sobiq 0 ‘rta Osivo Davlat universiteti) 1921-yili tashkil etilib, unga professor N.I. Lebedinskiy 1948-yilgacha m udirlik qilgan. So‘ngra oldinm a keyin professor l.G . Krasovskiy, d o tsen tlar Ch.V. Galkov, T.M. Mirzaliyev, E .G . Brodskiy, A.Egam berdiyev, L.X. G 'ulom ova va X.M uborakov rahbarlik qildilar. 2010-yildan boshlab kafedraga texnika fanlari doktori, prof. E.Yu. Safarov rahbarlik qilm oqda. Kafedrada hozirgi vaqtda ikkita fan doktori, professorlar (T .M irzaliyev, E.Y u. S afarov), oltita fan nom zodi, dosentlar (X .M uborakov, L.X. G ‘ulom ova, A .E gam berdiyev, J.S. Qoraboyev, Z.D . Oxunov. E.R. M irm ahm udov), to ‘rtta katta o ‘qituvchi (1. Ixlosov, S.Salohiddinova, I.O ‘. Abdullayev, O.G. Shukina), uchia o ‘qituvchilar (A.Ro‘ziyev, Sh.Prenov, O.Allanazarov) ishlab turibdi. Bu sohadagi m alakali mutaxassislar CVzbekiston Milliy universitetidan tashqari Toshkent davlat texnika universitetida, Toshkent va Sam arqand m e’m orchilik va qurilish in stitu tlarid a, T oshkent irrrigatsiya va m elioratsiya institutida ham da Toshkent topografiya va kartografiya kollejida tayyorlanmoqda. Bularning natijasida bugungi kunda O ‘z b ek isto n kartografiya sohasida M D H ga a ’zo boMgan m am lakatlar orasida yetakchi o'rinlardan birini egallab turibdi. Nazorat savollari va topshiriqlar 1. Antik davr kartografiyasi va miluddan avvalgi kartografiya rivojiga hissa qo‘shgan allomalar va uiaming ishlari to‘g ‘risida nimalar biiasiz? 2. 0 ‘rta asrlarda kartografiya, kartografiyaning miloddan keying! rivojiga hissa qo'shgan olimiar va ularning ishlari to‘g ‘risida nimatarni biiasiz? 3. 0 ‘rta Osiyo aliomaiarining kartografiya rivojiga qo'shgan hissatari nimalardan iborat? 4. Kartografiya rivojlanishiga katta hissa qo'shgan zamondosh olimiar va uiaming ishlariga tavsif bering. 5. 0 ‘zbekistonda kartografiyaning shakllanishi, hozirgi holati, muam~ moiari va istiqbollari to‘g‘risida nimalarni biiasiz?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-martdagi “O‘zbekiston Milliy atlasini ishlab chiqish va chop etish to‘g‘risida”gi 204 sonli farmoyishining 1-bandida respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyati va tabiiy-geografik holati haqidagi to‘liq tasavvurga ega bo‘lish uchun fundamental ilmiy-lug‘aviy asar yaratish masalasi qo‘yilgan. Davlat ramzi sifatida qabul qilingan Milliy atlasni zamon talablari darajasida yaratish uchun tegishli ilmiy tadqiqotlarni olib borishga to‘g‘ri keladi. Ilmiy tadqiqotlar esa geografiya, jumladan kartografiya fani tushunchasi, maqsadi va uning metodologik jihatlariga oydinlik kiritib olishga undaydi. Zero, u barcha fanlarning bosh masalasidir.
“Kartografiya fani”ga izoh berishdan avval “fan” o‘zi nima ekanligini bilib olish kerak. Falsafiy ilmiy adabiyotlarda “Fan — dunyo haqidagi bilimlar tizimi, ijtimoiy ong shakllaridan biri”, deb aytilgan. Lekin dunyoni bilish nafaqat fan orqali, balki fanlardan tashqaridagi noilmiy tarzda (parailmiy, aqidali, kvaziilmiy, antiilmiy, psevdoilmiy) ham amalga oshiriladi. Shuning uchun fan tushunchasida “ilmiy bilish” iborasini ishlatish maqsadga muvofiq. Bizningcha fan — ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan ilmiy bilish tizimi. Aynan tizimi, chunki fanda har bir holat, hodisa va jarayon oddiydan murakkabga, yaqindan uzoqqa, kattadan kichikka tomon yoki aksincha uzviy vertikal joylashtirilgan bo‘linma yoki qismlar iyerarxiyasida o‘rganiladi.
“Fan” atama emas, balki so‘zdir. Undagi biron fanning nomi atama orqali fan sohasini yoki o‘quv moduli(kursi)ning nomini anglatishi, mumkin. Masalan, “Kartografiya” atamasi ham fan, ham o‘quv kursi yoki moduli. Xuddi shunday holat “Geografiya”, “Geoekologiya”, “Iqlimshunoslik” kabi atamalarga nisbatan qo‘llaniladi. Agarda ushbu atamalar subyekt(izlanuvchi)ning tadqiqot predmeti sifatida ishlatilsa, ular fan sohasi deb qabul qilinadi. Agarda ular subyekt(o‘rganuvchi)ning ta’lim olishi nuqtayi nazaridan qaralsa, o‘quv kursi yoki moduli sifatida qabul qilinadi. Fan bilan o‘quv kursi yoki moduli bir xil ma’noni anglatmaydi. Masalan, “Kartografiya asoslari”, “Umumiy kartografiya” fan emas, balki mazkur fanlarning umumlashtirilgan yoki asoslashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarini beruvchi o‘quv kursi yoki modulidir. O‘quv adabiyotlari, o‘quv reja va dasturlarida, afsuski, o‘quv kursi yoki modulining “o‘quv fani” deb yuritilishi mantiqan to‘g‘ri emas.
Bu o‘rinda Kartografiya fanini qanday tushunmoq kerak, degan o‘rinli savol tug‘ilishi mumkin. “Kartografiya — tabiat va jamiyatdagi voqea va hodisalarning joylashishini va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni hamda ularning xususiyatlarini, vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishini, maxsus tasvir-obrazli belgi modellar vositasida matematik yo‘l bilan tekislikda kichraytirib generalizatsiya qilib tasvirlashni va undan tadqiqot usuli asosida manba sifatida foydalanishni o‘rgatuvchi fandir”, deb ta’riflagan yirik o‘zbek kartograf olimi, professor T.Mirzaliyev. Mazkur ta’rif juda murakkablashgan bo‘lib, unda “tabiat va jamiyatdagi voqea va hodisalarning o‘zaro bog‘liqligi, xususiyatlari va o‘zgarishi” so‘zlar birligi keltirilgan. Lekin kartografiyada har doim ham tabiat va jamiyat birligi, joylashishi, bog‘liqligi, xususiyatlari va o‘zgarishi aks etmasligi mumkin. Masalan, “Temur imperiyasi va undagi yurishlar” kartasining (1-rasm) mazmunida faqatgina jamiyatshunoslikka, ya’ni kishilar faoliyatiga xos bo‘lgan holat, voqea 1-rasm. Amir Temur imperiyasi va undagi yurishlar kartasi va hodisalar, tabiatshunoslikka tegishli gidrografik holat aks etgan, xolos. Ular o‘rtasidagi birlik, joylashish, bog‘liqlik, xususiyat va o‘zgarish aks etmagan. Chunki Temuriylar imperiyasining chegarasi yoki ularning yangi yerlarni bosib olish uchun yurishlari hech qanday tabiiy chegara yoki obyektlarga bog‘lanmagan. Lekin tabiatning gidrografik va imperiyaning muayyan davrdagi hududiy holati bu kartada mavjud. Shunday qilib, kartografiya fani nafaqat tabiat va jamiyat birligi, undagi voqea va hodisa, balki ularning alohida yoki o‘zaro aloqadorlik holatini ham o‘rganadi.
Internetdagi ommaviy lug‘at “Vikipediya”da Kartografiya — tabiat va jamiyat hodisalarini tadqiq qiluvchi, modellashtiruvchi va maydon bo‘yicha joylashuvini aks ettiruvchi, obyektlarning moslashishi va o‘zaro aloqadorligi to‘g‘risidagi fandir, deyilgan. Bu nisbatan qisqa va aniqroq ko‘rinishdagi ta’rifda,
birinchidan, holat so‘zi tushib qolgan, voqea, hodisa va jarayonlar umuman aks etmagan. Ikkinchidan, hozirgi zamon elektron kartalarda nafaqat “maydon bo‘yicha joylashuvi”, balki zamon yoki vaqt bo‘yicha o‘zgarishi, makon (litosferaga tomon chuqurlikka kirib borish hamda 2-rasmda ko‘rsatilgan atomosferaga tomon yuqoriga ko‘tarilishi) bo‘yicha dinamik vaziyat va 2-rasm. Atmosfera qatlamida shamol harakatini ko‘rsatuvchi “oflayn” ko‘rinishdagi karta. jarayon hamda statik holatlarni ham aks ettirishi mumkin. Uchinchidan, kartalarda nafaqat model (fanda — tadqiqotlarni olib borish maqsadida muayyan bir obyekt yoki tizimning asosiy xususiyatlarini aks ettiruvchi ixchamlashtirilgan obyekt) balki sxematik (fanda – shartli belgilar, chizma yoki tasvirlar asosida muayyan bir obyektning tarkibiy qismlari va ular o‘rtasidagi aloqadorlik ko‘rsatkichlarining sxematik kartalarda aks etishi) ko‘rinishda ham aks ettirilmoqda. To‘rtinchidan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining adal sur’atlarda rivojlanishi bilan nafaqat “oflayn”, balki “onlayn” ko‘rinishdagi yangi zamonaviy kartalar yuzaga kelmoqda (3- va 4-rasmlar).
Xullas, masalaga oydinlik kiritgan tarzda zamonaviy Kartografiya fani — tabiat, jamiyat, hamjamiyat hamda ular o‘rtasidagi holat, vaziyat, voqea, hodisa va jarayonlarni oflayn yoki onlayn ko‘rinishda aks ettiruvchi kartalarni loyihalash, tuzish, ko‘paytirish, uzatish, o‘zgartirish, amalda joriy qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy bilish tizimi. Soddalashtirilgan tarzda kartografiya fani — ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan kartalarga doir ilmiy bilish tizimi.
Kartografiya fani tushunchasida biz dinamik xarakterdagi kartalarning turi, shakli, masshtabi, xiliga to‘xtalib o‘tganimiz yo‘q va fanni talqin qilishda ning keragi ham yo‘q. Zero, “karta” yoki, keyingi paytda ko‘p ishlatilayotgan nazariy asosga muhtoj, o‘zbekchadagi “xarita” so‘zi alohida bir ilmiy munozara obyektidir.
Endi kartografik ilmga kelsak, o‘zbek tilining izohli lug‘atida “ilm” so‘ziga 3 xil ta’rif berilgan. Lekin fanda uning 1-varianti, ya’ni ilm — o‘qish-o‘rganish, tadqiqot, tahlil etish bilan erishiladigan bilim, ko‘nikma, ma’lumot, degan ta’rif fanga yaqinroq keladi. Nima uchun yaqinroq, zero lug‘atning keyingi variantlarida berilgan “insonning ma’lumot olishi” degan ibora hali uni ilmli bo‘ldi degani emas. Rus tilida eng ommabop bo‘lgan S.I.Ojegovning lug‘atida ilm — ong orqali borliqni anglash, deyilgan. Erkin ensiklopediya “Vikipediya”da esa ilm — anglash faoliyati natijasi yoki individning masala yechimini topishda kerak bo‘ladigan ma’lumotlarga ega bo‘lishi, deb berilgan. Umuman olganda, “ilm” so‘zi turli adabiyotlarda turlicha aks ettirilgan. Bizningcha u, ijtimoiy geografik fanlarda kishilik jamiyatiga, gumanitar geografik fanlarda esa jismoniy shaxsga tegishli bo‘lib, ilm — borliqni ongli ravishda anglash, bilish va tushunishdir.
Keltirilgan tushunchalardan kelib chiqqan tarzda kartografik ilm — kishilarning kartografiya fanini anglay olishlari, bilishlari va tushunishlari. Bu ham ijtimoiy kategoriyaga ega. Chunki ilm ham kishilik jamiyatiga tegishli jarayon yoki holatdir. O‘zbek tilining izohli lug‘atidan
kelib chiqqan tarzda kartografik ilmda ishlatilgan so‘zlarni quyidagicha ta’riflash mumkin:
anglash — kartografiya ilmining inson, jamiyat va hamjamiyat rivojida nechog‘lik kerak ekanligini fahmlamoq;
bilish — kartografiya ilmining mazmuni va mohiyatiga yetmoq;
tushunish — kartografiya ilmining nazariy va amaliy ahamiyatini to‘g‘ri baholamoq.
O‘zbek tilining izohli lug‘atida tadqiqot ikki xil ma’noda ishlatilgan. Birinchisi — tadqiq ishi, tekshirish, o‘rganish. Ikkinchisi esa ilmiy tekshirish ishining natijasi. Afsuski, mazkur lug‘atda tadqiqot so‘zining asl ma’nosi ochib berilmagan. Shuning uchun ham yana bir bor S.I.Ojegovning lug‘atiga nazar tashlaymiz. Unda tadqiqotga ilmiy o‘rganish va kuzatish sifatida qaralgan. Lekin kuzatish o‘rganishning bir metodi. Vikipediyada tadqiqot keng ma’noda yangi ilmlarni izlash yoki dalillarni (faktlarni) aniqlash maqsadida o‘rganishni tizimlashtirish, tor ma’noda esa nimanidir o‘rganishning
ilmiy metodi, deb berilgan. Bunda ham aniqlik yo‘q, zero dalillarni yoki faktlarni aniqlashda hamma ham “tizimlashtirish”ga e’tibor qaratmaydi yoki uni tushunib yetmaydi. Tor ma’noda tushunchadagi ta’rifda berilgan “ilmiy metodi” deyish ham mumkin emas. Zero, tadqiqot metod emas, biron-bir faktlarni analiz (tahlil) va sintez (umumlashtirish) qilish. Uning uchun esa turli tadqiqot metodlaridan foydalanish kerak bo‘ladi. Tanlangan metodlar ilmiy asoslangan yoki amaliy qo‘llaniladigan noilmiy ham bo‘lishi mumkin. Masalan, maktabgacha yoshdagi bolajonlar atrofimizdagi olam fanini o‘rganayotganda hech qanday metod borligi va unga tizimli yondashuv kerakligini tasavvur ham qilolmaydi.
“Tadqiqot” so‘ziga falsafiy nuqtayi nazardan qaraydigan bo‘lsak, u biron-bir jarayonning kishilar tomonidan o‘rganilishi, kashf qilinishi. Tadqiqot ham ijtimoiy kategoriya, ya’ni kishilik jamiyatiga xos bo‘lgan jarayondir. Aynan jarayon. U ilmiy yoki noilmiy tarzda ham kechadi. Ilmiy tadqiqot —voqea va jarayonni kishilar tomonidan aniq bir izimlashtirilgan metodlar yordamida o‘rganish hamda ularni yozma ravishda bayon etish jarayoni. Shuning uchun ham fanda tizimlashtirilgan ilmiy ilish metodlarini metodologiya deb ataydi.
Kartografik tadqiqot — kartalarda aks etgan yoki etishi kerak bo‘lgan holatni kishilar tomonidan aniq bir tizimlashtirilgan metodlar yordamida o‘rganish hamda ularni yozma ravishda bayon qilish jarayoni. Ko‘pgina ilmiy adabiyot hamda lug‘atlardan foydalangan tarzda kartografik tadqiqotda ishlatilgan so‘zlarni quyidagicha ta’riflash mumkin:
tizimlashtirish — muayyan bir kartografik tadqiqot maqsadida holat, voqea, hodisa va jarayonlarni qismlarga ajratish va ularni iyerarxik pog‘onaga, ya’ni qat’iy vertikal ketma-ketlikda joylashtirish jarayoni;
metod — kartografik tadqiqotlarni olib
borishning empirik (amaliy) hamda nazariy (mantiqiy) usullari;
o‘rganish — kartografik tadqiqotlarni o‘zlashtirish va egallash.
kashf etish — kartografik tadqiqotlar orqali biron-bir yangilikni yaratish, ixtiro eti sh va muammoning yechimini topish yoki masalaga innovatsion yondashish;
ochish — kartografik tadqiqotlar orqali muayyan bir qonuniyat yoki qonunlarni ochish;
yozma ravishda bayon qilish – kartografik tadqiqotlar orqali olingan natijalarni yozma
ravishda ifodalash yoki bayon etish.
Endi “Metodologiya” terminiga kelsak. Belorussiyalik pedagog olimlar metodologiyaga — nazariy va amaliy faoliyatni tashkil etish va joylashtirish prinsiplari va vositalari tizimi sifatida qaraydilar. Rossiyalik mutaxassis G.A.Fedotova “Metodologiya — obyektiv borliqni, undagi kechayotgan jarayonlar yo‘nalishi va usullarini anglash va qayta ishlashning umumiy prinsiplari haqidagi fan” demoqda. O‘zbekistonda eng nufuzli milliy ensiklopedik lug‘atda “Metodologiya — tadqiqotchining nazariy va amaliy faoliyatini tashkil etish, tiklash tamoyillari va usullari tizimi hamda bunday tizim haqidagi ta’limot” yoinki metodlar haqidagi ta’limot yoki umumiy bilish metodi, deb ham ta’riflangan. Mazkur adabiyotlarda metodologiya metodlarga va umuman voqelikka qanday yondashish yo‘lini o‘rgatadi deyilmoqda. Unda voqelikning muayyan qismi, biror jihati, rivojlanishining ayrim holatini tadqiq qiluvchi metodologiyaga “Metafizika”ni, voqelikning chiziqli rivojlanish, o‘zgarish jarayonini va uni tashkil etuvchi elementlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorliklarni aks ettiruvchi metodologiyaga “Dialektika”ni, voqelikda ro‘y beruvchi keskin halokatli o‘zgarishlar, nochiziqli rivojlanish jarayonlarini o‘rganishda qo‘llaniladigan metodologiyaga “Sinergetika”ni misol sifatida ko‘rsatish mumkin. Metodologiyaga ilmiy bilishning, voqelikni anglash va o‘zgartirishning algoritmi sifatida ham qarash mumkin, deyilgan.
Avstriyalik buyuk faylasuf olim P.Feyerbend “Metodologiya” har qanday tazyiqdan xoli (diniy aqida kabi), davlat siyosatidan ajralgan va masalaga erkin yondashsagina yangi g‘oyalarni keltirib chiqaradi, deb ta’kidlaydi. Lekin P.Feyerbend “Metodologiya — metodlar haqidagi ta’limot” ekanligi, har tadqiqot qilayotgan shaxsning muayyan davrda davlat siyosati, ijtimoiy holat, iqtisodiy imkoniyat va institutsional vaziyatdan kelib chiqqan tarzda ko‘rilayotgan masalaga metodologik yondashuv qila olishini inobatga olmagan. Aks holda unday metodologiya qog‘ozda qolib ketadi va amaliyotda o‘z o‘rnini topolmaydi.
Yuqorida tahlil qilingan xorijiy va milliy adabiyotlardan kelib chiqqan tarzda shuni ta’kidlash joizki, “Metodologiya” tushunchasida: voqelik, obyektiv borliq, jarayon, prinsip, vosita, usul, ta’limot, tamoyil, nazariya, amaliyot, tashkil etish kabi o‘nlab so‘zlar qo‘llanilgan. Bu esa uni amalda qo‘llash va o‘quvchilar tomonidan oson anglab olish imkoniyatini bermaydi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining barcha 1-bosqich magistratura o‘quv rejasining umumta’lim blokida 36 soatlik “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” o‘quv moduli turibdi. Ammo “So‘rov-anketa” metodi bo‘yicha ushbu o‘quv fani bo‘yicha o‘rganilganda mazkur kursni o‘zlashtirish darajasi 15—20% ortmagan (1-jadval). Shuning uchun ham kelgusida Oliy ta’limning “Geodeziya va Kartografiya” magistratura mutaxassisligi o‘quv rejasidagi “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” o‘quv fani olib borilishini baholash uchun magistrlar o‘rtasida quyidagi savol va topshiriqlar orqali sotsiologik so‘rovnoma o‘tkazish maqsadga muvofiq:
“Kartografiya fani” deganda nimani tushunasiz?
“Kartografiya ilmi” deganda nimani tushunasiz?
“Kartografiya ilmi” bilan “Kartografiya fani”ning umumiy va xususiy tomonlarini ochib bering.
“Kartografik ilmiy tadqiqot” deganda nimani tushunasiz?
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi va uning kartografik tadqiqotlardagi o‘rnini ochib bering.
Kartografik tadqiqot metodlarini metodologik nuqtayi nazardan tizimlashtiring!
“Metodika” terminiga ilmiy tushuncha bering.
Kartografiyada ilmiy tadqiqot metodologiyasining mazmuni va mohiyatini ochib bering.
Magistratura bosqichining umummetodologik blokida turuvchi “Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi” fanini o‘qitishdan qoniqqanmisiz?
Magistraturada “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fanini o‘qitish bo‘yicha sizning taklifingiz.
Mazkur o‘quv kurs bo‘yicha nimani bilishni xohlar edingiz?
“So‘rov-anketa” metodi ilmiy tadqiqotga ilk
qadam qo‘yayotgan magistrlarga nechog‘lik boshlang‘ich fundamental nazariy asos va “yo‘l xaritasi” sifatida o‘tilayotganini ko‘rsatadi. Masalan, muqobil energiya manbalaridan oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yishda kartografiyaning o‘rni beqiyos. Lekin unda qanday metodologik asos yotadi, degan o‘rinli savol tug‘iladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, geograf va ayniqsa, kartograflarning munozara markazida aynan mazkur masala ko‘ndalang muammo bo‘lib turibdi.
Metodologiya yunoncha “metodos” – bilish yoki tadqiq qilish, “logos” — ta’limot degan so‘zlar yig‘indisidan olingan abbreviatura. Uni umumlashgan tarzda fanda metodologiya — ilmiy bilish metodlariga oid ta’limotlar yig‘indisi, to‘g‘rirog‘i bu yerda ham tizimi, deyish mumkin. Chunki metodologiyaning quyida sanab o‘tiladigan qismlari, ya’ni tadqiqot metodlarini qismlarga ajratish yoki muayyan bir maqsadda guruhlash aynan muayyan bir ketma-ketlikda va iyerarxiyada tizimlashtiriladi.
Kartografik metodologiya metod emas va undan farqli ravishda sharoit va zamonga qarab evolyutsion yoki noevolyutsion tarzda o‘zgaradi. Metod esa o‘zgarmaydi, yangilari yaratiladi va ular eskilarining o‘rniga kartografik ilmiy bilishda qo‘llaniladi, xolos. Kartografik metodlarni tizimlashtirish muayyan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, institutsional holatdan kelib chiqadi. Masalan, Sobiq ittifoq davrida deyarli barcha geografik, jumladan, kartografik fanlar metodologiyasi marksizm-leninizmning utopik kommunizm qurish g‘oyasiga asoslangan siyosiy tizimga moslashtirilgan edi. Rejalashtirilgan sotsialistik iqtisod, barcha kishilarni bir xilda ijtimoiy ta’minlashga erishish utopiyasi, tabiiy resurs hisobiga AQShdan ortda qolmaslikka yo‘naltirilgan iqtisodiy munosabat, yagona millat g‘oyasini aks ettiruvchi ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot metodologiyasi bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |