21.1. GETEROGEN KATALITIKAVIY JARAYONLAR
Geterogen kataliz jarayonlarida ko’pincha katalizator qattiq modda, reagentlar esa suyuq yoki gaz, (bug’) holida bo’ladi. Jarayon fazalar chegarasida boradi, jarayon birin – ketin borib u uch qismdan iborat bo’ladi:
1. Dastlab moddalar katalizator yuzasiga so’riladi;
2. Katalizator yuzasida reaksiyalar boradi;
3. Mahsulotlarning katalizator yuzasidan hajmga desorbsiyasi yoki aktiv markazlarning bo’shashi sodir bo’ladi.
Bu jarayonlarning qaysi biri sekin borsa, umumiy jarayon tezligi shu bosqichning tezligiga teng bo’ladi. Bu bosqichga chegaralovchi – belgilovchi (limitlovchi) bosqich deyiladi. Odatda ikkinchi bosqich (kinetik soha) chegaralovchi bo’lishga intiladi. Qaysi bosqichning chegaralovchi bo’lishligi katalizatorning xossasiga (aktivligiga) va reaktsiya sharoitiga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |