20/eeichuvaT: 5-Ma’ruza: Elektr energiyasini uzatishning mohiyati



Download 132,83 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.12.2021
Hajmi132,83 Kb.
#93841
Bog'liq
20 EEICHUvaT 5-Ma’ruza Elektr energiyasini uzatishning mohiyati



28.11.2020

20/EEICHUvaT: 5-Ma’ruza: Elektr energiyasini uzatishning mohiyati

moodle1.tashiit.uz/mod/lesson/view.php?id=149560

1/3


Личный кабинет

/

Мои курсы



/

 

20/EEICHUvaT



/

 

Ma'ruza 5



/

 

5-Ma’ruza



Elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash

(5sem) (2020-21)

5-Ma’ruza

Elektr energiyasini uzatishning mohiyati

Elektr energiyasini uzatishning mohiyati

5-Ma'ruza

Elektr energiyani uzatishning mohiyati

Reja:


1.     Energetika va elektr energetika tizimlari.

2.     Elektar tarmoqlari va ularning asosiy elementlari.

3.     Elektr tarmoqlarining klassifikatsiyalanishi (turlarga ajratilishi).

4.     Elekt tarmog’ining prinsipial sxemasi.

 

 

Energetika tizimi – elektr va issiqlik tarmoqlari yordamida o‘zaro tutashib, umumiy ish holatiga ega bo‘lgan elektr va issiqlik stansiyalari,



podstansiyalari va iste’molchilari majmuyidir.

Elektr tarmoqari elektr tizimining bir qismi bo‘lib, elektr energiyasini manbadan iste’molchilarga uzatish va ular orasida taqsimlash uchun xizmat

qiladi. Ular elektr uzatish liniyalari, podstansiyalari va taqsimlash punktlaridan tashkil topgan.

Elektr energetika tizimi bajaruvchi vazifasi bo‘yicha ikki xil – o‘zgartiruvchi va uzatuvchi elementlardan iborat. O‘zgartiruvchi elementlar yordamida

energiya bir turdan ikkinchi turga o‘zgartirilsa, uzatuvchi elementlar (havo va kabel liniyalari) yordamida esa masofalarga uzatiladi.

Elektr energiyasini elektr stansiyalardan umumiy yuklamagacha uzatish har xil kuchlanishli elektr liniyalari yordamida amalga oshiriladi.

Ko‘p miqdordagi elektr energiyasini nisbatan uzoq masofalarga faqat yuqori kuchlanishli liniyalar orqali uzatish iqtisodiy jixatdan samaralidir.

Kuchlanishni oshirish va kamaytirish uchun o‘zgartiruvchi kuch transformatorlari xizmat qiladi.

Podstansiya (PS) - elektr energiyasini o‘zgartirish va taqsimlashga mo‘ljallangan elektr ob’ekti bo‘lib, u transformatorlar, taqsimlovchi uskunalar,

boshqarish uskunalari va yordamchi qurilmalardan iboratdir.

PSlar kuchaytiruvchi va pasaytiruvchi bo‘lishi mumkin. Kuchaytiruvchi PSda elektr energiyasi past kuchlanishdan yuqori kuchlanishga o‘zgartirilsa,

pasaytiruvchi PSda buning aksi – u liniya orqali uzatilgan yuqori kuchlanishdan PSga ulangan taqismlovchi tarmoqning past kuchlanishiga

o‘zgartiriladi. Elektr energiyasini qabul qilish va uning kuchlanishini o‘zgartirmasdan taqsimlashga muljallangan podstansiyalar taqsimlovchi

punktlar (TP) deb yuritiladi.

Elektr tarmoqlari bajaruvchi vazifasi, nominal kuchlanishi, sxemasi, iste’molchilarning xarakteri bo‘yicha turlarga ajratiladi.

Bajaruvchi vazifasi bo‘yicha elektr tarmoqlari taqsimlovchi (mahalliy), ta’minlovchi (tuman) va tizimni hosil qiluvchi tarmoqlarga bo‘linadi.

Taqsimlovchi elektr tarmoqlari elektr istemolchilarini ta’minlovchi tarmoqlarning podstansiyalari bilan tutashtirib, asosan 110 kV gacha nominal

kuchlanishda ishlaydi.

Ta’minlovchi (tuman) elektr tarmoqlari taqsimlovchi elektr tarmoqlarni (ayrim hollarda, bevosita iste’molchilarni) elektr stansiyalari yoki tizimni

hosil qiluvchi tarmoqlar bilan tutashtirib, asosan 110 kV dan yuqori kuchlanishda ishlaydi.

Tizimni hosil qiluvchi elektr tarmoqlari alohida hududlardagi elektr energetika tizimlarini o‘zaro tutashtirib, birlashgan tizimni vujudga keltirish

uchun xizmat qiladi. Ular asosan 330 kV va undan yuqori kuchlanishda ishlaydi.




28.11.2020

20/EEICHUvaT: 5-Ma’ruza: Elektr energiyasini uzatishning mohiyati

moodle1.tashiit.uz/mod/lesson/view.php?id=149560

2/3


Nominal kuchlanishi bo‘yicha elektr tarmoqlari 1 kV gacha kuchlanishda ishlovchi past, 1 kV – 220 kV kuchlanishda ishlovchi yuqori va 330 kV va

undan yuqori kuchlanishda ishlovchi o‘ta yuqori kuchlanishli tarmoqlarga bo‘linadi. Hozirgi davrda respublikamiz xududida mavjud o‘zgaruvchan

tok elektr tarmoqlari past kuchlanishdagi 220 V, 380 V; yuqori kuchlanishdagi 1 kV, 6 kV, 10 kV, 35 kV, 110 kV, 220 kV va o‘ta yuqori kuchlanishdagi

500 kV nominal kuchlanishli tarmoqlarga bo‘linadi. Shu bilan bir qatorda ayrim xususiy holatlarda elektr jihozlarining nominal kuchlanishlariga mos

holda 3 kV, 20 kV, 27 kV nominal kuchlanishli tarmoqlardan ham foydalaniladi.

Sxemasi bo‘yicha elektr tarmoqlari ochiq va yopiq (berk) elektr tarmoqlarga bo‘linadi.

Konturga ega bo‘lmagan va barcha istemolchilari faqat bir tomondan ta’minlanuvchi elektr tarmog‘i ochiq elektr tarmog‘i deb yuritiladi.

Konturga ega bo‘lgan yoki konturga ega bo‘lmasada ikki va undan ortiq tomondan ta’minlanuvchi tugunga ega bo‘lgan elektr tarmog‘i yopiq elektr

tarmog‘i deyiladi.

Iste’molchilarining xarakteri bo‘yicha elektr tarmoqlari shahar, qishloq xo‘jaligi, sanoat elektr tarmoqlariga bo‘linadi.

         5.1- rasmda xarakterli elektr energetika tizimi elektr tarmog‘ining soddalashtirilgan prinsipial sxemasi keltirilgan.

             5.1- расм. Energetika tizimi elektr tarmog’ining prinspial sxemasi.

Elektr energiyasi elektr stansiyalari (ES)dan yuklama markazlariga (6.1- rasm) bevosita ta’minlovchi (tuman) elektr tarmoqlarini tashkil etuvchi elektr 

Elektr energiyani TM dan TP ga yoki uzunligi davomida uni taqismlamasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri  podstansiyaga uzatuvchi elektr uzatish liniyalari 3 ta’m

 

Glossariy



1. Elektr energetika tizimi – issiqlik va elektr energiyalarini ishlab chiqarish, uzatish, taqismlash va o‘zgartirsh uchun xizmat qiluvchi umumiy ish

holatiga ega bo‘lgan sun’iy tizim.

2. Elektr tizimi – elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish, taqismlash va o‘zgartirsh uchun xizmat qiluvchi umumiy ish holatiga ega bo‘lgan sun’iy

tizim. Elektr tizimi elektr energetika tizimining qismi hisoblanadi.

 3. Elektr qurilma – bu shunday qurilmaki, unda elektr energiya ishlab chiqariladi, elektr energiyani bir turdan, masalan, o`zgaruvchan tokdan,

ikkinchi turga, ya’ni o`zgarmas tokka yoki teskariga, aylantiriladi; kuchlanishi yoki chastotasini o`zgartiriladi, elektr energiya taqsimlanadi va iste’mol

qilinadi.

Sinov savollari

1.     Energetika va elektr tizimlarini ta’riflang.

2.     Elektr tarmog’i nima va u asosan qanday elementlardan tashkil topadi?

3.     Elektr tarmoqlari qanday turlarga ajratiladi?



28.11.2020

20/EEICHUvaT: 5-Ma’ruza: Elektr energiyasini uzatishning mohiyati

moodle1.tashiit.uz/mod/lesson/view.php?id=149560

3/3


Вы зашли под именем 

zayniddinovbm dm

 (

Выход


)

20/EEICHUvaT

Сводка хранения данных

Скачать мобильное приложение

Test

4.     Elektr tarmog’ining printsipial sxemasiga misol keltiring.



Adabiyotlar

1. Allaev Q.R., Siddiqov I.X., Hakimov M.H., Ibragimov R.I., Siddiqov O.I., Shamsutdinov H.F. «Stansiya va podstansiyalarning elektr qismi».-O‘quv

qo‘llanma, T.: Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2014. 304 b.

2. Рожкова Л.Д. Карнеева Л.К. Чиркова Т.В. «Электрооборудование электрических станций и подстанций» 4-издания –М.: Издательский

центр «Академия», 2007.

3. Elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash. Turdibekov K.X. Juraeva K.K. Yuldashev N.R. 2018 yil. 235 b.

4.  Steven W. Blume, Electric power system basics, 2007.

◄ Amaliy mashg'ulot 5-6

Перейти на...

5-Taqdimot ►



Download 132,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish