III. XULOSA
Foydalanilgan adabiyotlar.
I.KIRISH
Frazeologizm, frazeologik birlik, frazema — ikki yoki undan ortiq soʻzdan tashkil topgan, maʼnoviy jihatdan oʻzaro bogʻliq suz birikmasi yoki gapga teng keladigan, yaxlitligicha koʻchma maʼnoda qoʻllanadigan va boʻlinmaydigan, barqaror (turgʻun) bogʻlanmalarning umumiy nomi. Frazeologizmlar, shaklan oʻzlariga oʻxshash sintaktik tuzilmalardan farqli ravishda, nutkda suzlarni erkin tanlash, almashtirish yoʻli bilan yuzaga kelmaydi, balki maʼno va muayyan leksikgrammatik tarkibli, avvaldan tayyor material sifatida qullanadi, yaʼni Frazeologizm tarkibidan biror qismni chiqarib tashlash, tushirib qoldirish mumkin emas: anqoning urugʻi, arpasini xom urmoq, chuchvarani xom sanamoq, terisiga sigʻmay ketmoq, kapalagi uchmoq, kungli joyiga tushmoq, qoʻli ochiq, qulogʻi ogʻir va boshqa Frazeologizmlar tarixiy qoʻllanish meʼyorlariga, usullariga ega boʻlib, ularning maʼnolari muayyan nutqiy jarayonda oydinlashadi. Frazeologizmlarning quyidagi turlari farklanadi: frazeologik chatishma — frazemaning maʼnosi uning tarkibidagi suzlarning maʼnosiga bogʻliq boʻlmaydi, frazemadan anglashilgan koʻchma maʼno oʻning tarkibidagi suzlarning maʼnosi bilan izohlanmaydi: toʻnini teskari kiymoq, oyogʻini qoʻliga olib chopmoq, boshini olib chiqib ketmoq va boshqa; frazeologik butunlik (birlashma) — frazemaning maʼnosi uning tarkibidagi suzlarning maʼnolari asosida izoxlanadi, shu maʼnolar asosida umumlashtiruvchi koʻchma maʼno ifoda qilinadi (koʻpincha bunday birlashmalarning oʻz maʼnosida qullanadigan variantlari ham mavjud buladi): yogʻ tushsa yalagudek, yeng shimarmoq, xamirdan qil sugʻurgandek, toʻydan oldin nogʻora chalmoq va boshqa; frazeologik qushilma — bunda frazemalar tarkibidagi bir suz koʻchma maʼnoda qoʻllanadi, boshqasi esa oʻz lugʻaviy maʼnosini saqlaydi: gapning tuzi, qoʻli gul, ishtax,asi ochildi va boshqa
Frazeologizmlar sintaktik tuzilishiga ko‘ra 2 ga boʻlinadi: birikmaga teng Frazeologizmlar (katta ogʻiz, ammamning buzogʻi, tuyogʻini shiqillatmoq) va gapga teng Frazeologizmlar (yuzi yorugʻ boʻldi, boshi osmonga yetdi, sirkasi suv kutarmaydi). Frazeologizmning qismlari ajralmas holda boʻlganligi uchun, Frazeologizm gapda bitta sintaktik vazifada keladi. Maye: "Qizga oʻzbek qishlogʻining sodsa hayoti, oq koʻngil odamlari yoqdi" va "Nasimjon boshi koʻkka yetguday suyundi" gaplarida "oq koʻngil" frazemasi — aniqlovchi, "boshi koʻkka yetguday" frazemasi hol vazifasida kelgan. Frazeologizmlar tayyor lugʻaviy birlik — soʻzga teng boʻlganligi tufayli soʻzga xos shakl va maʼno munosabatlariga ham ega boʻladi, yaʼni tilda frazeologik omonimiya (mas, qoʻl koʻtarmoq — 1) urmoq, urmoqchi boʻlmoq, 2) tarafdorligini bildirmoq), frazeologik sinonimiya (toqati toq boʻlmoq — sabrkosasi toʻlmoq) va frazeologik antonimiya (koʻngli oq — ichi qora, koʻkka koʻtarmoq — yerga urmoq) mavjuddir.
Asrlar davomida shakllangan Frazeologizmlar ogʻzaki nutqda, badiiy adabiyotda hamda publitsistikada oʻtkir, taʼsirchan tasviriy vosita sifatida keng qoʻllanadi. Yozuvchilar oʻz asarlarida frazeologizmlardan unumli foydalanish bilan birga mavjud Frazeologizmlarni asar ruhiga moslagan holda qisman oʻzgartiradilar, shu yoʻl bilan yangi iboralar yaratadilar. Abdulla Qahhor, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Said Ahmad va boshqa tomonidan ijod qilingan F.lar bunga misol boʻla oladi.
Turli xususiyatlarga ega boʻlgan frazeologizmlar majmui tilning frazeologik qatlamini tashkil etadi. Tilning frazeologik qatlami doimiy ravishda yangi Frazeologizmlar bilan boyib boradi va xalqning madaniytarixiy tajribasini, shuningdek, muayyan tilning tarixiy taraqqiyot qonunlarini aks ettiradi. Frazeologizmlarni oʻrganish va tasnif qilish bilan frazeologiya shugʻullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |