203-umumta’lim maktabi boshlang`ich ta’lim o`qituvchisi Po’latova Dilnozaning bir soatlik dars ishlanmasi



Download 2,84 Mb.
Sana27.06.2017
Hajmi2,84 Mb.
#16883
Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi

Uchtepa tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo`limi

203-umumta’lim maktabi

boshlang`ich ta’lim o`qituvchisi

Po’latova Dilnozaning

bir soatlik dars ishlanmasi.



Toshkent-2014

Mavzu: Otlarning kelishik qo’shimchalari bilan qo’llanishi. (Mustahkamlovchi dars)

I. Darsning ta`lim texnologiyasi modeli


Mavzuning qisqacha ta`rifi: O`quvchilarga Otlarning kelishik qo`shimchalari bilan qo`llanishi haqida yangi ma`lumotlar berib mavzuni yoritib berish, mashqlardagi lug`at boyligini oshirish va mazmuni bilan tanishtirish.

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars shakli: Jamoa bilan ishlash

Dars uslubi: Noan`anaviy, didaktik o`yin, izohli o`qish

Dars jihozi: qushlar tasvirlangan rasm, qo`shimcha didaktik materiallar va rangli rasmlar. Texnik vositalar, media. She`r va topishmoqlar.

Nazorat: Bolalarning dars davomidagi faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: o`quvchilarning reytingi dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsad va vazifalari:

Talimiy: otlarning gapda boshqa so`zlar bilan kelishik qo`shimchalari yordamida bog`lanishi, kelishik qo`shimchalari, uning nomlari, so`roqlari va vazifasi yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash. O`quvchilar o`lja, parvoz, quvur so`zlarining yozilishi va ma`nosini bilib olish orqali lug`atini boyitish savodxonligini oshirish.

Tarbiyaviy: O’quvchilarga ekologik tarbiya berish, tabiatga, qushlarga bo’lgan mehrini oshirish,ona tabiatni asrab avaylashga o,rgatish va mehr hissini tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: O’g’zaki nutqi, lug’aviy so’z boyligini oshirish va tasavvur qilish ko`nikmalarini shakllantirish. Chiroyli va bexato yozish yozuv ko`nikmalarini rivojlantirish.

Kuzatilayotgan natija:

Otlarning gapda boshqa so`zlar bilan kelishik qo`shimchalari yordamida bog`lanishi, kelishik qo`shimchalari, uning nomlari, so`roqlari va vazifasi yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash. O`quvchilar o`lja, parvoz, quvur so`zlarining yozilishi va ma`nosini bilib olish orqali lug`atini boyitish savodxonligini oshirishini, o’quvchilarga ekologik tarbiya berish, tabiatga, qushlarga bo’lgan mehrini oshirish,ona tabiatni asrab avaylashga o,rgatish va mehr hissini tarbiyalashni bilishi.




II. Darsning texnologik xaritasi.


Dars jarayoni va texnologiyasi:

Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich

Tashkiliy

qism


O`quvchilar davomadi aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

nazorat

3 daqiqa

2-bosqoch

Ehtiyojlarni aniqlash



Darsda rioya qilinadigan qoidalar bilan tanishtiriladi, dars shiori takrorlanadi.

Interfaol

metod


2 daqiqa

3-bosqich

Darsning borishi



1 Yo`llanma savollardan foydalanib kelishiklarni esga oilish

2 Gapga xos asosiy xususiyatlarini ochib berish.


3 189-mashqdagi gaplar miqdorini belgilash.

4 O`quvchilar bilan qismlarga bo`lish ishlarini amalga oshirish.


5 Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. Quvnoq o`yin o`ynaladi.

6 Rangli rasmlar asosida tekshiriladi.

7 Namunali she`rlardan yod olish.

8 Maqol va topishmoq, testlar bilan ishlash.

9 Lug`at ustida ishlash.

10 Ma`naviyat daqiqasi o`tkaziladi.



suhbat

suhbat
andoza

bilan ishlash

andoza


bilan ishlash

o`yin
suhbat

namoyish


20 daqiqa

4-bosqich

Mustah-

Kamlash



1. Savol va topshiriqlar asosida o`tilgan mavzu mustahkamlanadi 190-mashqni o`quvchilar tahlil asosida bajaradilar.

2. maqol va topishmoq, testlar bilan ishlash.

3. Lug`at ustida ishlash.


Savol-

javob


15 daqiqa

5-bosqich

Baholash


Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.

O`yin

3 daqiqa

6-bosqich

Insho asosida matn andozasi ustida ishlash va uyda tamomlab kelish.

tushuntirish

2 daqiqa



Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  1. O’quvchilarni darsga tayyorgarligini aniqlash

  2. Uyga berilgan vazifani tekshirish

  3. O’tilgan mavzu yuzasidan suhbat uyushtirish

O’quvchilar bilan salomlashib, ularni odob-axloqqa, doim bir-birlari bilan salomlashib yurishlari, ularnin o’rtalarida mehr uyg’onishi, oilada, ko’chada, maktabda shirin so’z bo’lish haqida tushuncha beriladi.

Darsda navbatchi axborotitinglanadi. Oy, kun, fasl, hamda uyga berilgan vazifa so’raladi:

-Qadrli o’quvchilar o’tgan kuni qanday kunni nishonladik?

-To’g’ri. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini 22 yilligini nishonladik

-O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan ekan?

-To’g’ri. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda O’zbekiston oliy kengashi 12-chaqiriq, 11-sessiyasida qabul qilingan.

-Konstitutsiyamiz haqida nimalarni bilasiz?

-Konstitutsiyamiz 6 ta bo’lim, 26 ta bob, 128 ta moddadan iborat bo’lib, O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquq va burchlarini aniq qilib belgilab beradi



Mayoq bo’lding ilmga,

Maqom berding tilimga.

Sha’nim or-u nomusim,

G’ururimsan Qomusim.

Sahna ko’rinishi.

O’quvchilar birin-ketin moddalarni aytib beradilar.



  1. O’tilgan mavzuni so’rash (savol-javob)

-Bolajonlar o’tgan darsimizda qanday mavzu yuzasidan suhbatlashgan edik? Uyga nechanchi mashq berilgan edi?

-Ot d eb nimaga aytiladi?

-Ot deb, Shaxs-barsaning nomini bildirib, kim? Nima? Qayer?, ko’plikda kimlar? Nimalar? So’rog’iga javob bo’lgan so’zlar ot deyiladi.

-Gapda otlar boshqa so’zlarga qanday qo’shimchalar orqali bog’lanadi?

-Gapda otlar boshqa so’zlarga qo’shimchalar: ko’plik, egalik, so’ngra kelishik qo’shimchalari yordamida bog’lanadi.

-Kelishiklar nechta?

-Kelishiklar 6 ta

1. Bosh kelishik

2. Qaratqich kelshigi (ning)

3. Tushum kelishigi (ni)

4. Jo’nalish kelishigi (ga)

5. Orin-payt kelishigi (da)

6. Chiqish kelishigi (dan)

3 ta guruhga 3 xil rasm ko’rsatiladi. O’quvchilar rasmda nimani ko’rsalar, uni nomini, so’ng kelishiklarda qo’llaydilar. Uyga berilgan 188-mashqni hamma bajardimi? Hozir yoningizdagi o’rtog’ingizni vazifasini tekshirasiz. U siznikini.

Ekranga diqqatingizni qarating. Ekranda uy vazifangizni to’g’ri yozilishi berilgan. Ko’ring, tekshiring.

188-mashq.

O’quvchilar tekshirguncha guruhlardan bittadan o’quvchi chiqadi.

1-guruh Paxta, 2-guruh Qish, 3-guruh

So’zlarni qo’shimchalar bilan turlaganliklari tekshiriladi.


  1. Darslik bilan ishlash.

189- mashqning shartiga ko’ra o’quvchilar matnga sarlavha topadilar. Ajratilgan otlarga so’roq berib, qaysi kelishikda ekanini aytadilar va ko’chiradilar. Kelishik qo’shimchalarini belgilaydilar.

189-mashq.



Qarg’a-farosatli qush.

Qarg’aning parvozini, o’ljasini, suvga, quvurga, o’ljasini, quvurdan, tumshug’ida.

Parvozini- 9 ta tovush, 9 ta harf, 4 ta bo’gin, 1-bo’gin yopiq, 2-bo’gin ochiq, 3-bo’gin ochiq, 4-bo’gin ochiq. Unli tovushlar: a,o,i,i. Undosh tovushlar: p, r, v, z, n. Jarangli undoshlar: z, r, n, v. Jarangsiz undoshlar: p.

190-mashq. O’qing. Kelishiklarning so’roqlariyordamida otlarni toping. Ularni o’zi bog’langan so’z bilan birga ko’chiring. Kelishik qo’shimchalari qaysi qo’shimchalardan so’ng qo’shilgan?

Zag’izg’onlarning odati, yong’oqni o’g’irlaydi. Yong’oqlarni ko’mib qo’yadi, yeydi, yong’oqlardan yeb bo’lib, yong’oq unib chiqadi. (G’unchadan)

Zag’izg’on-8 ta tovush, 8 ta harf, 3 ta bo’g’in. 1-bo’g’in ochiq, 2-bo’g’in yopiq, 3-bo’g’in yopiq. Unli tovushlar: a, i, o. Undosh tovushlar: z, g’, z, g’, n. Jarangli tovushlar: r, g’, g’, z, n. Jarangsiz tovushlar: -

Test sinovi.



  1. Jo’nalish kelishigidagi otlarni belgilang.

  1. Mehnat, gulni, kuzdan

  2. Oshpazning, soatdan, guldan

  3. Kamalakka, qatiqqa, jo’jaga

  1. Kelishik qo’shimchasi qanday vazifa bajaradi?

  1. Otni otga bog’laydi

  2. Yangi so’z hosil qiladi

  3. To’g’ri javob yo’q



  1. Lug’at ishi

Quvur-Katta, yo’g’on sopol truba, sistema, inshoot.

O’lja-tutgan ovlagan yemishi



  1. Uyga vazifa berish.

192-mashq. Nuqtalar o’rniga mos kelishik qo’shimchalarini qo’yib topishmoqlarni o’qing, javoblarni toping.

  1. Shiftda bizga qarab turar,

Nurlarini tarab turar.

  1. Dam oladi kunduzi

Xonadonning yulduzi

  1. Ikki yaproq bir tanda

Kezar yozda chamanda.

  1. O’tda yonmaydi,

Suvda botmaydi.

  1. Otdan baland, itdan past

Shiftda, otda, itdan, otdan so’zlari talaffuzda ta, tan eshitiladi, lekin da, dan yoziladi.

  1. Darsni umumlashtirish va yakunlash.

  1. Gapda otlar boshqa so’zlarga qaysi qo’shimchalar yordamida bog’lanadi?

  2. Kelishik qo’shimchalarini ayting.

  3. Bosh kelishikdagi ot qanday so’roqqa javob bo’ladi?

  1. O’quvchilarni baholash va rag’batlantirish.

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish