O‘quvchilarda shakllangan tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: A1 radiodan eshitgan, televizordan ko‘rgan lavhalarni tushunadi va turli manbalardan kerakli ma’lumotlarni izlab topadi hamda foydalana oladi; televizor, radio, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera oladi; darsda kitob bilan ishlay oladi, o‘rganilayotgan mavzuni, kerakli qoidani, mashqni topadi, mashq topshiriqlarini tartibi bilan bajara oladi. A1+ media vositalaridan, didaktik materiallaridan foydalanib, topshiriqlarni bajara oladi. O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: A1 o‘quv fanlarini o‘rganadi va bir-biridan farqlay oladi; mustaqil ma’noga ega bo‘lgan bir necha so‘zdan tuzilgan so‘zni topadi va namuna asosida so‘zlar tuza oladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |