Bog'liq 203-guruh talabasi Norqo`ziyeva Muhayyo Xalqaro baholash tizimi
3 TOPSHIRIQ TALIS (Teaching and Learning International Survey)tadqiqoti haqida to’liq ma’lumot yozing hamda qaysi tashkiloti homiyligida o‘tkazilishini ko’rsating.
Javob: TALIS o‘qituvchilar faoliyati, ish sharoiti va maktabdagi ta’lim muhitini baholashga qaratilgan eng yirik xalqaro tadqiqot hisoblanadi. Uning maqsadi — ishtirokchi mamlakatlarga samarali o‘qitish va o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ta’lim siyosatini ishlab chiqishda yangi ustuvor yo‘nalishlarni ko‘rib chiqish va aniqlash imkonini beradigan ishonchli, dolzarb va qiyosiy ma’lumotlar taqdim etishdan iborat. Tadqiqotlar maktab o‘qituvchilari va direktorlariga nafaqat milliy, balki xalqaro darajada o‘z fikrini bildirish imkonini beradi.
TALIS tadqiqotining asosiy prinsiplari: - Siyosatning maqsadga muvofiqligi (Siyosatni tahlil qilishda aniqlik va ishtirokchi mamlakatlar uchun eng muhim bo’lgan masalalarga e‘tibor)
- Qushilgan qiymat (Xalqaro taqqoslash foydali ma‘lumotlar va yangilarning muhim manbai bo‗lishi mumkin)
- Indikator yo’nalishi (Tadqiqot natijalari ko’rsatkichlar tizimini takomillashtirish uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan ma‘lumotlarni taqdim etadi) - Shaffoflilik, ishonchlilik, taqqoslash, aniqlik (Ishonchli ma‘lumotlarga asoslanib, tadqiqot barcha ishtirokchi mamlakatlar bilan taqqoslanadigan haqiqiy va ishonchli ma‘lumotlarni taqdim etadi) - Sharxlash (Ishtirok etuvchi davlatlar natijalarni mazmunli talqin qilishi mumkin) - Samaradorlik va iqtisodiy asoslash (Ishning vaqtida va iqtisodiy samaradorligi) Tadqiqot dizayni: - Maqsadli guruh: o’rta maktab o’qituvchilari va ularning direktorlari - Har bir mamlakatdan 200 ta maktab, har bir maktabda 20 ta o’qituvchi namunaviy o’lchov - Agar tanlanga o’qituvchilarning 50% javob bersa, maktab javob bergan deb hisoblanadi - Mamlakatdagi barcha o’qituvchilarning 75% anketalarni to’ldirishga
Yo’naltiriladi - Ma‘lumotni to’plash usuli – qog’oz yoki onlayn versiyada so’rovnomalar - 45 daqiqa davom etadi - TALIS tadqiqotida ishtirok etgan mamlakatlarda 2 million o’qituvchining vakili sifatida 90 000 tasi qamrab olingan TALIS tahlili: - Ustoz tayyorlash- Qoidalar va amaliyotlar - O’qituvchilarni baholash va qayta aloqa - Maktab rahbarligi TALIS umumiy vazifasi: - Xalqaro ta‘lim siyosatini o’z vaqtida va samarali ishlashi uchun sharoit yaratadi.
- O’qituvchilar va ularning ish faoliyati bo’yicha xalqaro va siyosiy texnikiqtisodiy tahlil ko’rsatkichlarini beradi - Davlatlararo tahlillar davlatlarga turli muammolarni hal qilishda tajriba almashish, turli muvaffaqiyatli strategiyalarni va maktablarning ta‘lim muhitiga ta‘siri va o’qituvchilarning samarali ishlashini o’rganishga imkon beradi