Qo’qon xonligi arxivining taqdiri ham shunga o’xshashdir. Xudoyorxonning 1875 yilda Qo’qondan qochishi, yo’lda uning karvonini talanishi, Qo’qondagi xon saroyini qo’zg’olonchilar tomonidan talon-taroj qilinishi natijasida arxiv hujjatlarining asosiy qismi nobud bo’ldi. Uning saqlanib qolgan qismi esa Qo’qonni zabt etgan ruslar qo’liga o’tadi. General fon Kaufman Qo’qon xoni arxivining saqlanib qolgan hujjatlarini nomi yuqoriida zikr etilgan Sankt-Peterburgdagi kutubxonaga va qisman Toshkentdagi Xalq kutubxonasiga taqdim etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |