Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklarining XIX asrgacha bo’lgan hujjatlari baxtga qarshi bizgacha yetib kelmagan. Xonliklar hukmronligining so’nggi davri (asosan XIX asr oxiri va XX asr boshlari) ga oid hujjatlar qisman saqlanib qolgan. 1873 yilda chor qo’shinlarining Xivaga qilgan yurishida qatnashgan sharqshunos A. Kun xon saroyini tintuv qilish chog’ida 300 ga yaqin kitob (sharq qo’lyozmalari) va har xil hujjatlarni yig’ib oladi. Hujjatlar asosan xonning kirim va chiqimlari haqida ma’lumot beruvchi materiallar, diplomatik yozishmalar va bir qancha vaqfnoma hamda mulkiy yorliqlardan iborat edi. Xiva xoni arxivini o’rgangan A. Kun o’z vaqtida uning to’liq emasligini va hujjatlar asosan xonlik tarixining so’nggi davriga oid ekanligini qayd qilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |