Falsafaning vazifalari (funksiyalari). Bu fanning ijtimoiy fanlar tizimidagi o`rni va ahamiyati uning dunyoqarashni shakllantirish, uslubiy, gnoseologik, evristik, pedagogik-didaktik, prakseologik vazifalari (funksiyalari) bilan belgilanadi.
Bundan avvalgi ma’ro`zamizda falsafiy dunyoqarashning genezisi, vazifasi va ahamiyati haqida ancha batafsil to`xtalib o`tgan edik. Falsafa fanining dunyoqarashni shakllantirish borasidagi vazifasi:
- birinchidan, inson qarashlarining shakllanish imkoniyatlari, usul va vositalarini, ularning kundalik ong darajasidan nazariy G`oyalar darajasiga ko`tarilish jarayonini, mifologik dunyo qarashdan farqlarini;
- ikkinchidan, milliy dunyoqarashni shakllantirishdagi turli fan yo`nalishlarining muayyan vazifalarini, ularning bir-biri bilan G`oyaviy hamkorlik qilish va uyg`unlashuv tamoyilini;
- uchinchidan, ilmiy dunyoqarashning milliy va umuminsoniy manfaatlarga mos kelishini aniqlashda namoyon bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |