2022-yilda ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlari 1-ilovaga muvofiq



Download 1,94 Mb.
bet26/26
Sana09.03.2023
Hajmi1,94 Mb.
#917354
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
PQ-73 30.12.2021

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddatlari

Mas’ul ijrochilar

1.

2022-yilda xususiylashtiriladigan davlat aktivlarining respublika va mahalliy darajadagi obyektlar kesimida ro‘yxatini tasdiqlash.
Bunda, mahalliy darajadagi obyektlarni xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lar o‘rnatilgan tartibda tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublik�si budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga o‘tkazilishini nazarda tutish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

2022-yil 1-fevral

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

2.

Bo‘sh turgan davlat mulki obyektlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish, 2022-yilda davlat mulki obyektlari ijarasidan tushadigan tushumlar bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari ijrosini ta’minlash choralarini ko‘rish.

Chora-tadbirlar rejasi

2022-yil 1-fevral

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

3.

2023-yil 1-yanvardan boshlab davlat budjetidan ajr�tiladigan transfertlarni (mahalliy budjetlarga ajratiladigan transfertlar bundan mustasno) uni oluvchilarning asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha taqdim etgan buyurtmanomasiga asosan Moliya vazirligi tomonidan ajratib borish tartibini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2022-yil 1-iyul

Moliya vazirligi

4.

Jismoniy shaxslarga, ular tomonidan chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida xaridni amalga oshirganligi uchun xarid miqdorining 1 foiz miqdoridagi to‘lovlarni qaytarish tartibini tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2022-yil 1-fevral

Moliya vazirligi

5.

Ta’sischis� budjet tashkilotlari bo‘lgan unitar korxonalarga g‘aznachilik orqali xizmat ko‘rsatish tartibini tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2022-yil 1-aprel

Moliya vazirligi, Markaziy bank

6.

O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida yangidan quriladigan, modernizatsiya va rekonstruksiya qilinadigan barcha turdagi suv xo‘jaligi obyektlarini suv va elektr energiya sarfini onlayn o‘lchash imkonini beradigan zamonaviy qurilmalar bilan jihozlash vazifasini loyiha-smeta hujjatlariga kiritish hamda ushbu qurilmalar ishga tushirilgan holda foydalanishga qabul qilishni majburiy belgilash talabini joriy etish.

Chora-tadbirlar dasturi

2022-yil 1-fevral

Suv xo‘jaligi vazirligi, Energetika vazirligi, Moliya vazirligi

7.

Davlat qarzini xavfsiz darajada saqlash va samarali boshqarish konsepsiyasini tasdiqlash hamda O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini berish tartibini takomillashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

2022-yil 1-aprel

Moliya vazirligi

8.

Xalqaro moliya institutlari mutaxassislarini jalb qilgan holda Daromadlarni shakllantirishning o‘rta muddatli strategiyasini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2022-yil 1-sentabr

Moliya vazirligi

9.

Teng raqobat muhitini yaratish va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlarining oldini olish chora-tadbirlarini davom ettirish, shu jumladan soliq to‘lamaslik xavfi yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilari uchun qo‘shimcha cheklovlar o‘rnatish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2022-yil 1-mart

Davlat soliq qo‘mitasi

10.

Davlat ulushi mavjud barcha yuridik shaxslarning va davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar muassisligida tuzilgan yuridik shaxslarning elektron ro‘yxatini shakllantirish hamda mazkur platformadan hamkorlikda foydalanish orqali dividendlar va davlat korxonalarining sof foydasidan ajratmalarni hisoblash va undirish yuzasidan o‘zaro axborot almashish tizimini joriy qilish.

Chora-tadbirlar rejasi

2022-yil 1-aprel

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Davlat soliq qo‘mitasi

11.

Elektron hisobvaraq-fakturalarni shakllantirish va qabul qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilariga lozim darajada ehtiyotkorlik qilish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyat yaratuvchi “O‘z kontragentingni bil” xizmatini joriy etish.

Chora-tadbirlar rejasi

2022-yil 1-yanvar

Davlat soliq qo‘mitasi

12.

Soliq imtiyozlarini raqamlashtirish va uning ma’muriyatchiligini avtomatlashtirish bo‘yicha soliq organlarida “E-imtiyoz” axborot tizimini yaratish va joriy etish.
Bunda, “E-imtiyoz” axborot tizimini ishlab chiqish, saqlash, texnik xizmat ko‘rsatish va takomillashtirishni moliyalashtirish manbalari etib Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasini belgilash.

Chora-tadbirlar rejasi

2022-yil 1-fevral

Davlat soliq qo‘mi�asi

13.

Davlat soliq qo‘mitasi bilan uyushmalar, direksiyalar va boshqa tashkilotlar o‘rtasida ularga a’zolik (rezidentlik) asosida soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlarni real vaqt rejimida almashish tizimini joriy etish.

Chora-tadbirlar rejasi

2022-yil 1-aprel

Davlat soliq qo‘mitasi, a’zolari (rezidentlari) soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan uyushmalar, direksiyalar va boshqa tashkilotlar

14.

Suv resurslarni aniq hisobga olish tizimini yo‘lga qo‘yish va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha ma’murchilikni takomillashtirish orqali uning bazasini kengaytirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

2022-yil 1-mart

Davlat soliq qo‘mitasi

15.

Ijtimoi? va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihalar moliyalashtirishning yangilangan tartibini ishlab chiqish.
Bunda, suv ta’minoti korxonalarining moliyaviy mustaqilligini oshirish va davlat budjetiga yuklamalarni qisqartirishni nazarda tutish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2022-yil 1-iyul

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Moliya vazirligi

16.

Respublikaning har bir viloyatida ikkitadan tuman hududida xalqaro ekspert yoki vakolatli tashkilotlarni jalb qilgan holda foydalanilgan suv resurslari hajmini hisobga olish tahlilini o‘tkazish hamda suv resurslari hajmini hisobga olishni takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat

2022-yil 1-mart

Suv xo‘jaligi vazirligi

17.

Markazlashgan issiqlik ta’minoti, ichimlik suv va oqova suv tizimlarini yaxshilash, obodonlashtirish sohalarida samaradorlikni oshirish va shaffoflikni ta’minlash yo‘nalishlarida davlat xususiy sheriklik tamoyillari asosida amalga oshiriladigan loyihalar ro‘yxatini shakllantirish.

Chora-tadbirlar dasturi

2022-yil 1-aprel

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi “O‘zsuvta’minot” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

18.

Ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar uchun sof foydadan dividendlar hisoblash va to‘lash tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat

2022-yil 1-iyul

Moliya vazirligi

19.

Budjet tashkilotlarining davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlar, ma’muriy jarimalar va moliyaviy sanksiyalardan ajratmalar hamda ularni depozitga joylashtirishdan tushgan mablag‘lar hisobidan shakllanadigan budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan bino va inshootlarni qurish va qayta qurish bilan bog‘liq xarajatlarni amalga oshirishini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha tahliliy ma’lumotni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

Amaliy tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-aprel

Moliya vazirligi

20.

“Mahalla” xayriya jamoat fondining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlari, tuman va shaharlar bo‘linmalari huzurida ochilgan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni o‘z rasmiy veb-saytlarida joylashtirish.

Amaliy tashkiliy chora-tadbirlar

Hisobot choragidan keyingi oyning 25 sanasiga qadar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi

21.

“Ochiq budjet” axborot portalida vazirlik va idoralarning budjet mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatida maqsadli indikatorlar ijrosini monitoring qilish va hisobotini tuzish hamda uning keng jamoatchilikka ochiqligini ta’minlash tizimini ishga tushirish.

Amaliy tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-iyul

Moliya vazirligi

22.

�ahon bankining davlat xarajatlari va moliyaviy hisobdorlik mezonlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida davlat moliyasini boshqarish samaradorligini baholashdan o‘tkazish va uning natijasi bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Amaliy tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil 1-noyabr

Moliya vazirligi

23.

Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda Davlat budjeti xarajatlarini barqaror rivojlantirish maqsadlariga bog‘lash, shu jumladan, “yashil” budjetlashtirish tamoyillarini joriy qilish uslubiyotini ishlab chiqish, shu orqali barqaror rivojlanishning milliy maqsadlariga erishish uchun yo‘naltirilayotgan budjet xarajatlarini baholash tizimini joriy qilish.

Amaliy tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil 1-sentabr

Moliya vazirligi

24.

Xizmat safari xarajatlarini hisoblash va ularni moliyalashtirish tartibi va normativlarini qayta ko‘rib chiqish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2022-yil 1-may

Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

25.

Pedagog o‘qituvchilarga berilgan amalda bo‘lgan barcha malaka toifalari sertifikatlarining elektron bazasini shakllantirish, uning Xalq ta’limi va Moliya vazirligining oylik ish haqi xarajatlarini shakllantirish hamda hisoblash bo‘yicha elektron dasturlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlash.

Amaliy tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-aprel

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Moliya vazirligi

27.

Obodonlashtirish sohasida davlat-xususiy sherikligi va autsorsing mexanizmlarini joriy qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

2022-yil 1-iyun

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Moliya vazirligi

28.

Budjet tashkilotlarida elektr energiyasi sarfini kamaytirish maqsadida mahalliy hokimliklar, vazirlik va idoralarning boshqaruv binolarida elektr moslamalarini “aqlli” lampalar bilan almashtirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2022-yil 1-aprel

Energetika vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi

29.

Hayvonlarning o‘ta xavfli yuqumli kasalliklariga qarshi amalga oshiriladigan vaksinatsiya tadbirlarini o‘tkazishni takomillashtirish, jumladan chet el tajribasini o‘rgangan holda, vaksinatsiya tadbirlarini o‘tkazish va ularni moliyalashtirishni zamonaviy va shaffof mexanizmlar asosida amalga oshirishni nazarda tutuvchi yangi tizim joriy etish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2022-yil 1-iyun

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi

30.

Soliq organlarida mavjud ma’lumotlar asosida soliq va statistik hisobotlarni avtomatik tarzda solishtirish tartibini joriy etish.
Bunda, statistik hisobotning alohida ustunlarini soliq va moliyaviy hisobotlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlari asosida avtomatik ravishda to‘ldirishni nazarda tutish.

Amaliy tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-mart

Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi

31.

Tovar-transport yuk xatlarini va tovar-moddiy boyliklar uchun ishonchnomalarni elektron shaklda rasmiylashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat

2022-yil 1-iyul

Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi

32.

Tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) yer uchastkalarida, shuningdek, davlat mulki bo‘lgan bino va inshootlarda joylashtirish tartibini takomillashtirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2022-yil 1-aprel

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

33.

Soliq organlari tomonidan davlat organlarining ma’lumotlar bazalaridan real vaqt rejimida soliq to‘lovchilarning soliq majburiyatlarini aniqlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlaridan foydalanish tartibini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2022-yil 1-aprel

Davlat soliq qo‘mitasi

34.

Teng raqobat muhitini yaratish, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash faktlarining oldini olish va tovar (xizmat)larning ma’lum bir guruhini (keyinchalik uni kengaytirish imkoniyati bilan) soliqqa tortish uchun soliq organlari tomonidan bozor narxlarini qo‘llash tartibini tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2022-yil 1-mart

Davlat soliq qo‘mitasi

35.

Soliq imtiyozlarini taqdim etishda tovar (xizmat)larni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmani yoki ularni realizatsiya qilishdan olingan daromadlarni ozod qilishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarda ozod etiladigan tovar (xizmat)larning Mahsulot (tovar va xizmat)lar yagona elektron milliy katalogidagi identifikatsiya kodlarini ko‘rsatish tartibini tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2022-yil 1-may

Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi

36.

Vazirlar Mahkamasi daromadlar prognozining hududlar va daromad turlari kesimida bajarilishini ta’minlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.

Amaliy chora-tadbirlar rejasi

2022-yil 1-fevral

Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi

38.

O‘zbekiston Respublikasida dasturiy budjetlashtirish tizimini joriy etishda rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, ijrosini ta’minlash va ularni samaradorligini baholash tartibini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2022-yil 1-aprel

Moliya vazirligi

39.

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari ijrosini ta’minlash.
Bunda, noruda foydali qazilmalar hajmi va narxi ustidan doimiy nazorat o‘rnatish hamda kon va karyerlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazgan holda ulardan foydalanishni auksionga chiqarish choralari ko‘rilishini nazarda tutish.

Amaliy chora-tadbirlar rejasi

2022-yil 1-mart

Davlat soliq qo‘mitasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

(8-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-son qaroriga
9-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandi:
a) 1-kichik bandida:
o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Soliq maslahatchilari palatasi tomonidan tasdiqlangan soliq maslahatchilarini o‘qitish va malakasini oshirish dasturlarini hamda soliq maslahatchisining malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini kelishadi. Shuningdek, soliq maslahatchilari reyestrini o‘zining rasmiy saytida e’lon qiladi va uni muntazam yangilab boradi;
soliq maslahatchisining malaka sertifikatini olish uchun nomzodlarni o‘qitishni tashkil etishda va malaka imtihonlarini o‘tkazishda O‘zbekiston Soliq maslahatchilari palatasiga texnik va uslubiy yordam ko‘rsatadi”;
b) 3-kichik bandi quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“budjet tasnifini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek unga 6 oy yakuni bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi. Shu bilan birga, budjet tasnifiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishdan oldin Moliya vazirligining axborot tizimiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishi mumkin”;
v) 14-kichik bandning yettinchi xatboshida “soliq maslahati,” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-3454-son qarorining 9-bandi chiqarib tashlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3953-son qarorining 3-bandi quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Bunda, ro‘yxatdagi tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridi bo‘yicha tuzilgan shartnomalar va ularga qo‘shimcha kelishuvlar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasida kompleks ekspertizadan o‘tkazilmaydi, bundan qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming (budjet buyurtmachilari uchun olti ming) baravari miqdoridan oshgan shartnomalar va ularga qo‘shimcha kelishuvlar mustasno”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3870-son qarorining 6-bandida:
a) ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
b) uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi PQ-4086-son qarorining 42-bandidagi “2022” raqami “2024” raqami bilan almashtirilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “Bankrotlik taomillarini yanada soddalashtirish va sud boshqaruvchilari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4146-son qarorining 3-bandi “b” kichik bandida:
a) uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“soddalashtirilgan tartibi qo‘llanilganda, agar qarzdor bilan boshqacha kelishuv belgilangan bo‘lmasa, sud boshqaruvchisiga haq to‘lash xarajatlarining o‘rni qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik haqida ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida ariza bergan soliq organi tomonidan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Bunda, sud boshqaruvchisiga haq to‘lash uchun sudning depozit hisobvarag‘iga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida oldindan to‘lov amalga oshiriladi”;
b) to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-son qarori bilan tasdiqlangan 2019-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini jadal rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 2-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4699-son qarorida:
a) 9-bandning to‘rtinchi xatboshisi “11,25 foizi” so‘zlaridan keyin “(avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari bundan mustasno)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 6-ilovaning 28-bandida:
28.1.3 pozitsiyasi “Amalga oshirish muddati” ustunidagi “2020-yil oktyabr — 2021-yil aprel” so‘zlari “2020-yil oktyabr — 2022-yil avgust” so‘zlari bilan almashtirilsin.
28.2.3 pozitsiyasi “Amalga oshirish muddati” ustunidagi “2020-yil oktyabr — 2021-yil sentyabr” so‘zlari “2020-yil oktyabr — 2024-yil dekabr” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va xalqaro tashkilotlarga a’zolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4756-son qarorida:
a) 1-ilovada:
13-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:



13.

Moliya vazirligi

Sug‘urta nazoratchilari xalqaro uyushmasi

Qimmatli qog‘ozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti

”;

391-pozitsiya chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovaning 21-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar avvalgi yillar bo‘yicha yoki dastlabki hisoblangan badal miqdori bilan haqiqatda to‘lanishi lozim bo‘lgan badal miqdori o‘rtasidagi farq natijasida yuzaga kelgan qarzdorlikni to‘lab berish uchun vakolatli organlarning joriy yildagi budjet parametrlarida mablag‘lar yetarli bo‘lganda ushbu qarzdorliklar to‘lab beriladi”.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi PQ-4779-son qarori bilan tasdiqlangan Iqtisodiyot tarmoqlarining yirik energiya sarflovchi korxonalarida energiya samaradorligini oshirish va yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 8-pozitsiyasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-avgustdagi PQ-4797-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi va manfaatdor vazirlik va idoralar axborot tizimlari o‘rtasida o‘zaro elektron hamkorlikni yanada yaxshilash va kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 7-pozitsiyasi “Bajarish muddati” ustunidagi “2021-yil 1-noyabrgacha” so‘zlari “2022-yil 1-aprelgacha” so‘zlari bilan almashtirilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-son qarorining 17-bandi “g” kichik bandidagi “ta’lim muassasasi rahbarining” so‘zlari “ta’lim muassasasi direktorining (ijrochi direktorining)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4954-son qarorning 14-bandida:
a) quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“davlat muassasasi hamda qobiliyatli yosh shaxmatchilarni tanlab oluvchi va tayyorlovchi hamda shaxmat bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirilgan maktabdan tashqari sport-ta’lim muassasasi hisoblanadi”;
b) ikkinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-5185-son qarori 8-bandning uchinchi xatboshisidagi “respublika budjetidan” so‘zlari “Davlat budjetidan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5199-son qarorida:
a) 1-bandning “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2022-yil 1-oktabrdan boshlab mazkur qarorga 2-ilovaga muvofiq davlat tibbiyot muassasalarida moliyalashtirishning yangi mexanizmi asosida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yo‘llash tartibi joriy etiladi. Mazkur tartib joriy etilgunga qadar ushbu davlat tibbiyot muassasalari Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi orqali O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan taqsimotga muvofiq xarajatlar tasnifining bir satrida moliyalashtiriladi. Bunda, tibbiyot muassasalari tomonidan budjet mablag‘lari hisobidan ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar bo‘yicha Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasiga oylik hisobot taqdim etiladi”;
b) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2022-yil 1-oktabrdan boshlab Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yo‘llash tizimiga o‘tkaziladigan tibbiyot muassasalari
Ro‘yxati
1. Respublika ilmiy-ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi.
2. Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi.
3. Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasi.
4. Respublika teri-tanosil kasalliklari klinik shifoxonasi.
5. 2-sonli Respublika klinik shifoxonasi.
6. Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasi.
7. Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi.
8. Samarqand davlat tibbiyot instituti klinikasi.
9. Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi.
10. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi
11. Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi.
12. Orolbo‘yi mintaqasi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi”.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-avgustdagi “Avtomobil transportida yuk tashuvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5225-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisidagi “8704 22” raqamlari “8704 23” raqamlar bilan almashtirilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-oktabrdagi “Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5252-son qarorida:
a) 1-bandning “a” kichik bandida:
ikkinchi xatboshidagi “shuningdek, to‘lov tizimi operatorlari orqali to‘lovni amalga oshirganda olingan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“nazorat-kassa texnikasini va hisob-kitob terminallarini qo‘llash tartibini buzganlik, naqd pul mablag‘lari yoki plastik kartochkalar bo‘yicha to‘lov shakliga qarab narxlarni sun’iy ravishda oshirganlik yoki pasaytirganlik, tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirganlik, shuningdek, identifikatsiya qilish vositalari bilan majburiy raqamli markirovka qilish nazarda tutilgan mahsulotlarda qalbaki markirovka qo‘llanilganlik yoki markirovka mavjud emasligi to‘g‘risida soliq organlariga maxsus dastur orqali xabar bergan jismoniy shaxslarga, ushbu ma’lumot asosida o‘tkazilgan tekshirish yakuniga ko‘ra huquqbuzarlardan undirilgan jarima summasi hisobidan nazorat-kassa texnikasining va (yoki) hisob-kitob terminallarini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik bo‘yicha belgilangan jarimaning 20 foizi miqdorida mukofot to‘lanadi. Bunda, jarimaning qolgan undiriladigan qismi belgilangan tartibda taqsimlanadi”;
b) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2022-yil 1-fevraldan boshlab to‘lov tashkiloti, tijorat banklarining elektron to‘lov xizmatlari (shu jumladan mobil ilovalar orqali), shuningdek, elektron tijorat platformalari — “Marketpleys”-larning axborot tizimlari yordamida masofadan turib amalga oshirilgan savdo va pullik xizmatlar bo‘yicha tranzaksiya-larning (“P2P”, kredit to‘lovlari bundan mustasno) elektron cheklarida soliq organlari axborotlar tizimlariga integratsiyalashgan va avtomatik tarzda shakllanuvchi fiskal belgilarni majburiy aks ettirish talabi o‘rnatilsin”.
18. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-avgustdagi 305-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlar qurilishini loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish bilan ayni bir vaqtda amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 13-banddagi “Davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyalari (DAQN inspeksiyalari)” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari qoshidagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy inspeksiyalar)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 14-banddagi “DAQN” so‘zi “hududiy” so‘zi bilan almashtirilsin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-sentabrdagi 211-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan sport maktablari to‘g‘risidagi nizomning 8-bandi quyidagi tahrirdagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Xalqaro shaxmat akademiyasi;
Chavandozlar maktabi”.
20. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportlari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatlari berganlik uchun tushayotgan mablag‘lardan foydalanish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 104-son qarori 1-bandida:
“a” kichik bandidagi “60 foizi” so‘zlari “40 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandi quyidagi tahrirdagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Davlat xizmatlari markazlarining xorijga chiqish biometrik pasportlarini rasmiylashtirish va berish uchun maxsus asbob uskunalar va dasturiy ta’minot bilan jihozlash va texnik xizmat ko‘rsatish uchun foydalaniladi”;
beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
21. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-fevraldagi 103-son qarori bilan tasdiqlangan Ariza beruvchi-uy quruvchining 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi to‘g‘risidagi nizomning 17-bandi quyidagi tahrirdagi “e” kichik bandi bilan to‘ldirilsin:
“e) ariza beruvchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom bilan belgilangan tartibda ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlarini bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya taqdim etish uchun xabarnoma olgan taqdirda.”.
22. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 404-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 6-bandning “a”, “b” va “v” kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) 10 foizi, biroq har yili 100 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda — Jamg‘armaga;
b) 3 foizi — mablag‘larni maqsadli ravishda bozor infratuzilmasini rivojlantirish va tadbirkorlarni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, tadbirkorlar uchun tashkil etiladigan o‘quv kurslarini moliyalashtirishga yo‘naltirgan holda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga (Jamg‘armaning har yilgi daromadlari va xarajatlari parametrlarida belgilanadigan summadan oshgan qismi respublika budjetiga yo‘naltiriladi);
v) qolgan qismi — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga”;
b) 7-bandi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10 foizi, biroq har yili 100 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda — Jamg‘armaga;
3 foizi — mablag‘larni maqsadli ravishda bozor infratuzilmasini rivojlantirish va tadbirkorlarni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, tadbirkorlar uchun tashkil etiladigan o‘quv kurslarini moliyalashtirishga yo‘naltirgan holda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga (Jamg‘armaning har yilgi daromadlari va xarajatlari parametrlarida belgilanadigan summadan oshgan qismi respublika budjetiga yo‘naltiriladi);
qolgan qismi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar Kengashlari qarorlari asosida tegishli mahalliy budjeti daromadiga o‘tkaziladi”.
23. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-sentabrdagi “Sud boshqaruvchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 765-son qarorida:
a) 2-bandi chiqarib tashlansin;
b) Sud boshqaruvchilari, ularni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o‘tkazish va malaka attestatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
14-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat soliq inspeksiyasining qarzdorni soddalashtirilgan tartibda bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasiga asosan bankrot deb topilgan xo‘jalik yurituvchi subyektning sud boshqaruvchisiga qarzdor joylashgan joydagi davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining qaroriga muvofiq har bir yakunlangan tugatishga doir ish bo‘yicha arizachi tomonidan sud boshqaruvchisiga haq to‘lash xarajatlari uchun sudning depozit hisobvarag‘iga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida mukofot to‘lanadi”;
18-bandi chiqarib tashlansin.
24. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda O‘zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 918-son qarorida:
a) muqaddimada “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlaridan keyin “, O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 1-bandning uchinchi xatboshidagi “oliy sport mahorati maktablari” so‘zlaridan keyin “, respublika futbol bo‘yicha sport mahoratini oshirish oliy maktabi, chavandozlar maktabi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
v) quyidagi mazmundagi 31-band bilan to‘ldirilsin:
“31. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Respublika futbol bo‘yicha sport mahoratini oshirish oliy maktabi faoliyatini moliyalashtirish:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
oliy maktabi faoliyati sohasi bo‘yicha pullik xizmatlarni amalga oshirishdan tushadigan mablag‘lar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi”.
25. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-dekabrdagi 1023-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda 73-band “d” kichik bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“50 foizi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar Kengashlari qarorlari asosida tegishli mahalliy budjeti daromadiga o‘tkaziladi”.
26. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 104-son qarori bilan tasdiqlangan O‘rnatilgan tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) uchun to‘lov miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomi 6-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“45 foiz — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar Kengashlari qarorlari asosida tegishli mahalliy budjeti daromadiga o‘tkaziladi”.
27. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-sentabrdagi 573-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi huzuridagi Davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kafolat jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandida:
a) “k” kichik bandidagi “respublika budjetidan ajratmalar” so‘zlari “respublika budjeti daromadlarini ushbu summaga kamaytirgan holda o‘tkaziladigan ajratmalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) “l” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“l) O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga tushadigan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning (noruda foydali qazilmalardan tashqari) prognozdan orttirib bajarilgan qismining 50 foizi miqdorida, lekin yillik jami 150 mlrd. so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratmalar”.
28. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish tadbirlariga ajratilayotgan mablag‘larning samaradorligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 583-son qarorida:
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Belgilansinki, 2022-yil 1-yanvardan e’tiboran:
koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar joylashgan muassasalarda faoliyat olib borayotgan tibbiyot va boshqa xodimlar hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalari xodimlariga ishlagan davri uchun ish yuklamalarini inobatga olgan holda ularning tarif stavkalariga 200 foiz miqdorida maxsus ustama joriy qilinadi.
Bunda:
anesteziolog-reanimatolog vrachlariga maxsus ustamalar 1,2 koeffitsiyentga oshirilgan holda hisob-kitob qilinadi va to‘lab beriladi;
maxsus ustama to‘lovlari to‘lanadigan tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lov amalga oshirilmaydi”;
b) 3-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari, 9 bandi chiqarib tashlansin;
v) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati hududiy boshqarmalari koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish davrida tibbiyot muassasalariga Davlat budjetidan ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi, shu jumladan, jalb qilingan xodimlarga maxsus ustama to‘lovlarining to‘g‘ri va to‘liq to‘lanishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin”;
g) Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash obyektlarida hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan xodimlarga maxsus rag‘batlantirish to‘lovlarini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
1-bandidagi “maxsus to‘lov” so‘zlari “maxsus ustama” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Xodimlarga maxsus ustamalar va ularga hisoblanadigan ijtimoiy soliqlar 2022-yilda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksina sotib olish uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi”;
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar joylashgan muassasalarda faoliyat olib borayotgan tibbiyot va boshqa xodimlar hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalari xodimlariga ishlagan davri uchun ish yuklamalarini inobatga olgan holda ularning tarif stavkalariga 200 foiz miqdorida maxsus ustama belgilanadi.
Anesteziolog-reanimatolog vrachlarga maxsus ustamalar 1,2 koeffitsiyentga oshirilgan holda hisob-kitob qilinadi va to‘lab beriladi;
Boshqa xodimlar tarkibiga jalb etilgan yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar kiradi”;
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Maxsus ustama tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarga, shu jumladan, qisqa muddatga jalb etilgan tor yo‘nalishdagi tibbiyot mutaxassislariga haqiqatda ishlangan ish hajmi uchun to‘lanadi”;
7-bandning uchinchi xatboshisidagi “har 30 kunlik” so‘zlari “haqiqatda ishlagan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-band chiqarib tashlansin;
10-bandning ikkinchi xatboshisidagi “har 30 kunlik” so‘zlari “haqiqatda ishlagan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
29. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 253-son qarori bilan tasdiqlangan “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
20-bandining yettinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-son qaroriga
10-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim hujjatlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi “Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3550-son qarorining 5-ilovasi 9-bandi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-iyuldagi “Kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 302-son qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi 196-son qarorining 2-ilovasi 33-bandi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 206-son qarorining 1-ilovasi 38-bandi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-noyabrdagi “Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 261-son qarorining 2-bandi va uning 3-ilovasi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 50-son qarori.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-apreldagi “Davlat xaridlarini tashkil etishga doir normativ-huquqiy bazani takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 100-son qarori 3-ilovasining 4-bandi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-dekabrdagi “Ijtimoiy va fuqaro obyektlarini loyihalash va qurishda tegishli tartib o‘rnatish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1666-son qarori)”gi 42-son qarori ilovasining 4-bandi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 143-son qarori ilovasining 12-bandi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son Farmoni)”gi 244-son qarori 1-ilovasining 33-bandi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-martdagi “Qurilish tashkilotlarini yanada rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2137-son qarori)”gi 108-son qarori.
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritish va ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-sentabrdagi “Tender savdolari o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 264-son qarori)”gi 317-son qarori.
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-360-son hamda “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2015-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-398-son qonunlari)”gi 122-son qarori 1-ilovasining 57-bandi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-iyundagi “Yer osti suvlaridan foydalanish sohasidagi faoliyatni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 430-son qarori 3-ilovasining 1-bandi.
15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son Farmoni)”gi 638-son qarori 1-ilovasining 24-bandi.
16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirishning zamonaviy shakl va uslublarini yanada joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3237-son qarori)”gi 992-son qarori 1-ilovasining 2-bandi.
17. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-son Farmoni)”gi 254-son qarori 1-ilovasining 2-bandi.
18. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-son farmonlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qarori)”gi 397-son qarori ilovasining 12-bandi.
19. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimining tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 498-son qarori 1-ilovasining 3-bandi.
20. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha tanlov (tender) o‘tkazishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 91-son qarori.


(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son, 15.04.2022-y., 07/22/208/0311-son; 10.09.2022-y., 06/22/220/0812-son; 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son)

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish