2022 yilda budjet xarajatlari yaimga nisbatan 33% miqdorida bo‘lishi prognoz qilinmoqda



Download 11,69 Kb.
Sana03.05.2023
Hajmi11,69 Kb.
#934408
Bog'liq
2022 yilda budj-WPS Office


2022 yilda budjet xarajatlari YAIMga nisbatan 33% miqdorida bo‘lishi prognoz qilinmoqda
2022 yilgi konsolidatsiyalashgan budjet xarajatlari 277,2 trln so‘m yoki YAIMga nisbatan 33% miqdorida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Hisob palatasi kelgusi yilda aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturlarini moliyalashtirish uchun 2,1 trln so‘m subsidiyalar ajratishni tavsiya qildi. 2022 yil uchun 1 AQSh dollarining yillik o‘rtacha almashuv kursi 11 321 so‘mga prognoz qilindi.
2022 yilda budjet xarajatlari YAIMga nisbatan 33% miqdorida bo‘lishi prognoz qilinmoqda
Foto: Shuxrat Latipov / «Gazeta.uz»

2022 yilgi konsolidatsiyalashgan budjet xarajatlari 277,2 trln so‘m yoki YAIMga nisbatan 33% miqdorida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda 2022 yil uchun davlat budjeti qonuni loyihasi va budjetnoma bo‘yicha Hisob palatasining xulosasida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, kelgusi yilda davlat budjeti xarajatlari 177,7 trln so‘mni (Davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkaziladigan transfertlardan tashqari), davlat maqsadli jamg‘armalarining xarajatlari 58 trln so‘mni hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi xarajatlari 14,8 trln so‘mni (Davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkaziladigan transfertlardan tashqari) tashkil etadi.

Qonun loyihasida taqdim etilgan ma’lumotlar tahlil qilinganda, 104 ta davlat OTMlari uchun davlat budjetidan jami 3 trln 640,9 mlrd so‘m ajratish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 51 tasi bo‘yicha 2 trln 378 mlrd so‘mi (65 foizi) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ajratilayotgan mablag‘lar tarkibida, qolgan 53 tasi bo‘yicha deyarli 1 trln 263 mlrd so‘mi (35 foizi) 16 ta sohaviy vazirlik va idoralarga ajratilayotgan mablag‘lar tarkibida aks ettirilmoqda.

"Gazeta.uz"da reklama
Hisob palatasi tomonidan 2021 yilda ro‘yxatga olingan xarajatlar smetalarini tahlil qilish, ortiqcha rejalashtirilgan mablag‘larni maqbullashtirish imkoniyatlari yuzasidan tanqidiy ko‘rib chiqish jarayonida Maktabgacha ta’lim vazirligiga ajratilgan 158,8 mlrd so‘m mablag‘lardan 101,1 mlrd so‘mi foydalanilmaganligi sababli, maqbullashtirildi.

Qonun loyihasida Maktabgacha ta’lim vazirligiga 2021−2022 o‘quv yilida 5 132 ta tayyorlov guruhlari va 4 768 ta xona tashkil etish uchun jami 166,8 mlrd so‘m mablag‘ rejalashtirilgan.

«budjetnomada 2022 yilda budjet muassasalarida ishlovchi xodimlarning ish haqi indeksatsiyasi (7%) kutilayotgan inflyatsiya darajasidan (9,0 foiz) past miqdorda belgilanayotganligi, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalari 10 foizga, elektr energiyasi 33 foizga, tabiiy gaz 21 foizga, issiq suv va issiqlik energiyasi 21 foizga, sovuq suv va kanalizatsiya 33 foizga oshirilishi kutilmoqda», — deyiladi Hisob palatasi xulosasida.

Aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturlarini moliyalashtirish


Shuningdek, davlat budjetida aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturlarini moliyalashtirish uchun 2022 yil uchun 1 trln 849 mlrd so‘mdan ko‘proq subsidiya mablag‘lari ajratilishi ko‘zda tutilgan. Yangi tartib doirasida ipoteka kreditlari uchun resurslar xalqaro moliya tashkilotlaridan jalb etilgan mablag‘lar hisobidan ajratiladi.

Xulosada aytilishicha, Osiyo taraqqiyot banki ekspertlarining xulosalariga (2018 yil iyul oyida berilgan) asosan aholini uy-joy bilan ta’minlash uchun keyingi 25 yil davomida yiliga 145 000 ta uy-joylar qurilishi lozim.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Hisob palatasi tomonidan ushbu subsidiya mablag‘lari tahlil qilgan holda 2022 yil budjet loyihasida aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturlarini moliyalashtirish uchun 2,1 trln so‘m (250,3 mlrd so‘m qo‘shimcha) subsidiyalar ajratilishi tavsiya etildi.

2022 yilda 25 676 ta fuqarolarga kvartira sotib olish uchun ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlarini bir qismini qoplash uchun qariyb 1 trln 524 mlrd so‘m;


2 900 ta fuqarolarga yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun ajratilgan kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarini bir qismini qoplash uchun 53,6 mlrd so‘m;
2020 va 2021 yillarda to‘lab berilgan subsidiyalarning foiz to‘lovlari uchun 17 808 ta fuqarolarga 357,9 mlrd so‘m,
7 352 ta harbiy xizmatchilarga ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlarni bir qismini qoplash uchun 164,5 mlrd so‘m.
Davlat rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladigan xarajatlar
2022 yil uchun davlat budjeti loyihasida markazlashgan kapital qo‘yilmalar uchun 23,2 mlrd so‘m yoki YAIM ga nisbatan 2,8 foiz miqdorida ko‘zda tutilgan.

reklama joylashtirish

budjetnomada keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan Investitsiya xarajatlari doirasida quyidagilar amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda:

Prezidentning farmon va qarorlari hamda hududlarga tashriflarida belgilangan vazifalarni moliyalashtirish


Prezident topshiriqlari asosida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha dastur va chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 2022 yilgi davlat budjeti loyihasida 47 tlrn 576 mlrd so‘mdan ko‘proq mablag‘lar nazarda tutilgan.

Jumladan, davlat budjetidan 2022 yilda sohalar kesimida quyidagi davlat dasturlarini amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda:

ta’lim sohasida hozirgi kun talablari darajasidagi yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish dasturlari uchun 5 trln 412 mlrd so‘mdan ko‘proq;
fanni rivojlantirish dasturlari uchun 563,6 mlrd so‘m;
sog‘liqni saqlash sohasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha davlat dasturlariga 4 trln 205 mlrd so‘mdan ko‘proq;
madaniyat sohasidagi davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun 418,5 mlrd so‘m;
jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlariga 588,7 mlrd so‘m;
tadbirkorlik va aholi bandligini ta’minlash xarajatlari uchun jami 2 trln 889 mlrd so‘m;
qishloq xo‘jaligi sohasidagi davlat dasturlari va tadbirlar uchun jami 2 trln 327 mlrd so‘m, shundan: zararkunandalarga qarshi kurashish xarajatlarini qoplash hamda favqulodda vaziyatlarda hosilni saqlab qolishni ta’minlash xarajatlariga 50 mlrd so‘m;
jismoniy shaxslar tomonidan xonadonlarda yetishtiriladigan pilla (ho‘l pilla) hosili uchun subsidiyalar uchun 120,2 mlrd so‘m;
63 paxta xom ashyosi yetishtiruvchilarda hamda uzumzorlarda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun 736,0 mlrd so‘m;
geologiya-qidiruv ishlari xarajatlariga qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish uchun 1 trln 200 mlrd so‘m;
«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarining xarajatlari uchun 1 trln 100 mlrd so‘m;
O‘zbekistonda 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasi xarajatlariga 80,0 mlrd so‘m;
issiqlik ta’minoti korxonalari uchun aholiga tariflarni past narxlarda ushlab turish natijasida ko‘rilgan zararni qoplash xarajatlari uchun 1 trln 152 mlrd so‘mdan ko‘proq;
mahalliy avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonalarga utilizatsiya xarajatlariga 100 mlrd so‘m mablag‘ rejalashtirilmoqda.
Tashqi qarz hisobidan moliyalashtiriluvchi xarajatlar tahlili
Hisob palatasi xulosasida 2022 yil uchun 1 AQSh dollarining yillik o‘rtacha almashuv kursi 11 321 so‘mga prognoz qilingan.

Qonun loyihasida davlat qarzi hisobidan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish hajmi va manzilli ro‘yxati Hisob palatasi tomonidan tahlil qilinganda, 2022 yil uchun mo‘ljallangan Investitsiya dasturi loyihasida ko‘zda tutilayotgan loyihalarni davlat budjetiga tegishli ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro muvofiqlashtirilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Jumladan, qonun loyihasida Xalq ta’limi vazirligining 3 ta loyihasi bo‘yicha 85,0 mln dollar (962,2 mlrd so‘m) moliyalashtirish ko‘zda tutilgan bo‘lsada, haqiqatda ushbu loyihalar Investitsiya dasturi loyihasida istiqbolli bo‘lib, ushbu loyihalar bo‘yicha qarz bitimlari imzolanmagan (2022 yilda imzolanishi ko‘zda tutilgan).

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining «O‘zsuvta’minot» AJ ga tegishli 11 ta loyihasi doirasida 720,5 mlrd so‘m (63,6 mln dollar) moliyalashtirish ortiqcha rejalashtirilgan bo‘lsa, «Andijon, Chirchiq, Buxoro, Samarqand va Toshkent (TS-8) shaharlarida markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish» loyihasini moliyalashtirish uchun 253,9 mlrd so‘m (22,4 mln dollar) mablag‘lar umuman ko‘zda tutilmagan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yilda moliyalashtirilishi mo‘ljallangan jami 12 ta loyiha uchun 561,5 mlrd so‘m (49,6 mln dollar) mablag‘lar qonun loyihasida ko‘zda tutilmagan.

reklama joylashtirish

Xuddi shunday, Suv xo‘jaligi vazirligi loyihalari bo‘yicha 51,7 mln dollar (585,2 mlrd so‘m), Innovatsion rivojlanish vazirligi bo‘yicha 19,5 mln dollar (220,7 mlrd so‘m), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bo‘yicha 9,6 mln dollar (108,7 mlrd so‘m), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bo‘yicha 4,5 mln dollar (50,9 mlrd so‘m) farqlar mavjudligi aniqlangan.

Davlat maqsadli jamg‘armalari xarajatlari tahlili


Ma’lumotlarga ko‘ra, konsolidatsiyalashgan budjet loyihasida Davlat maqsadli jamg‘armalarining 2022 yilgi jami daromadlari (transfertlarni hisobga olmagan holda) 31,7 trln so‘m, xarajatlari esa 58,5 trln so‘m miqdorida prognoz qilinmoqda.

Davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihalarini taqchillikka yo‘l qo‘ymasdan ishlab chiqish maqsadida davlat maqsadli jamg‘armalarining 2022 yil boshidagi kutilayotgan 6,1 trln so‘mlik qoldiq mablag‘lari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. Davlat budjetidan davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘zlariga yuklatilgan davlat funksiyalarini to‘liq amalga oshirishlari uchun 25,4 trln so‘mlik maqsadli transfertlar ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.

«Газета.uz» 1 421
#budjet loyihasi 2022 #hisob palatasi #moliya vazirligi #yaim

Materialga izohlar


Siz avtorizatsiyadan o‘tmagansiz. Sharh qo‘shish uchun saytga kiring.
Kirish

So‘nggi yangiliklar


O‘zbekistondan Hindistonga qizlarni fohishalikka yuborishning oldi olindi
Bugun, 08:13

Toshkentda yo‘l chiziqlari yangilanishi sababli tirbandliklar yuzaga keldi


Bugun, 07:55

20 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti


Kecha, 22:00

JCH-2022`dagi eng esda qolarli voqealar, rekordlar va sensatsiyalar


Kecha, 18:37

«Ma’rifat o‘rnini radikallashuv va jaholat egallashiga yo‘l qo‘ymaymiz» — prezident


Kecha, 17:30

«Qo‘l boshqaruvi»dan — tizimli boshqaruvga o‘tish vaqti keldi — Shavkat Mirziyoyev


Kecha, 16:58

Yangi yil bayram tadbirlari 25-dekabrdan 10-yanvargacha davom etadi


Kecha, 16:54

«Mulk va investitsiyaning himoyachisi qaysidir hokim yoki vazir emas, faqat Konstitutsiya, qonun va sud bo‘ladi» — prezident


Kecha, 16:48

Qiziqarli maqolalar


JCH-2022`dagi eng esda qolarli voqealar, rekordlar va sensatsiyalar
Kecha, 18:37
JCH-2022`dagi eng esda qolarli voqealar, rekordlar va sensatsiyalar
Zo‘ravonlikka uchragan 28,7 foiz ayol ajrashishga qat’iy qaror qilgan — tadqiqot
Kecha, 07:23
Zo‘ravonlikka uchragan 28,7 foiz ayol ajrashishga qat’iy qaror qilgan — tadqiqot
Toshkent avtobuslaridagi shilqimlikka qarshi kampaniya yarim yil ham davom etmadi. Nega?
19 dekabr 15:42
Toshkent avtobuslaridagi shilqimlikka qarshi kampaniya yarim yil ham davom etmadi. Nega?
Nima o‘qiymiz? Tarjimon va bloger Sardor Salim tavsiya qiladi
17 dekabr 14:46
Nima o‘qiymiz? Tarjimon va bloger Sardor Salim tavsiya qiladi
Download 11,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish