2022-yil Mavzu: Avtomobil yo’llarini jihozlash Reja



Download 33,13 Kb.
bet1/2
Sana23.05.2022
Hajmi33,13 Kb.
#606880
  1   2
Bog'liq
AYL va Q Mustaqil ish


TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI

Kafedra: Avtomobil yo’llarini qurish va loyihalash.


MUSTAQIL ISH


Bajardi:__________________________________
Qabul qildi:_______________________________


2022-yil
Mavzu: Avtomobil yo’llarini jihozlash
Reja:

  1. Yo’l harakatiga xizmat ko’rsatish.

  2. Yo’l belgilari.

  3. Yo’l chiziqlari.

  4. Yo’naltiruvchi qurilmalar.

  5. Yo’l to’siqlari.

  6. Avtomobil yo’llarini yoritish.

  7. Xulosa.

  8. Foydalanilgan adabiyotlar.

Yo’lni jihozlashga yo’ldagi harakatni tashkil qiluvchi texnik vositalar (to’siqlar, belgilar, chiziqli belgilar, yo’naltiruvchi qurilmalar, yoritish tarmoqlari, svetoforlar, xarakatni boshqaruvchi avtomatlashtirilgan tizimlar) ko’kalamzorlashtirish, kichik arxitektura shakllari kiradi.


Yo’l to’siqlari qo’llanish sharoitiga qarab ikki guruxga bo’linadi.
Birinchi guruh to’siqlarga transport vositalarining yo’lning xavfli qismlaridan, ko’priklardan, yo’l o’tkazgichlardan majburiy tushib ketishlari, shuningdek qarama-qarshi oqim transport vositalarining to’qnashishi, katta to’siq va inshootlarga urilishlarini oldini oladigan (kamida 0,75 m) balandlikdagi g’ov tuzilmalar va g’ildirakni qaytaruvchi (kamida 0,6 m) baland-likdagi brus parapetlar kiradi.
Ikkinchi guruh to’siqlariga piyodalar harakatini tartibga soluvchi, hayvonlarni yo’l qatnov qismiga chiqishini oldini oluvchi (0,8-1,5 m) balandlik-dagi panjara turidagi tuzilmalar, sim to’qimalar va boshqalar kiradi.
Birinchi guruxga mansub to’siqlar I - IV toifali avtomobil yo’llari-ning quyidagi qismlari yoqalarida o’rnatilishi kerak:
Yonbag’ir qiyaliklari 1:3 va undan ortiq bo’lgan ko’tarmalarda 1- jadvalda keltirilgan talablarga asosan;

Avtomobil yo’llarining qismlari

Bo’ylama nishablik, %

Istiqboldagi harakat jadalligi, kamida kelt.dona/ sut

Ko’tarmaning eng kichik balandligi, m

Bo’ylama kesimda algebraik farqi 50‰ va undan ko’p bo’lgan uchrashuvchi nishabliklar-ni tutashtiruvchi botiq egrilikda

-

2000
1000

2,5
3,5

Huddi shunday

40 va undan ortiq

2000
1000

2,5
3,5

Radiusi 600m dan kam rejadagi egrilik-ning tashqi tomonida, tushishda yoki undan keyin

40 gacha

2000
1000

2,5
3,5

Radiusi 600m dan kam rejadagi egrilik-ning tashqi tomonida, tushishda yoki undan keyin

40 va undan ortiq

2000
1000

2,0
3,0

To’g’ri chiziqli radiusi 600m dan ortiq rejadagi egrilikda va radiusi 600m dan kam rejadagi egrilikning ichki tomonida, tushishda yoki undan keyin

40 gacha

2000
1000

3,0
4,0

Izoh: Yerdan foydalanuvchi bilan kelishib, yo’l to’siqlarini o’rnatish o’rniga jadallik 2000 kelt.dona/sut dan ortiq bo’lganda nishabligi 1:4 qiyalikdagi va harakat jadalligi kelt.dona/sut va undan kam bo’lganda nishabligi 1:3 qiyalikdagi ko’tarma yonbag’irlarini qurish mumkin
temir yo’l izlari, chuqurligi 2 m va undan ortiq bo’lgan suv oqimlari, jarliklar va tog’ daralariga parallel joylashgan qismlarda, istiqboldagi harakat jadalligi kamida 4000 kelt.dona/sut bo’lganda qatnov qism chetidan 25 m gacha va istiqboldagi harakat jadalligi kamida 4000 kelt.dona/sut dan kam bo’lganda - 15 mgacha bo’lgan masofada;
istiqboldagi harakat jadalligi kamida 4000 kelt.dona/sut, qiyaligi (yonbag’ir tomondagi) 1:3 dan katta bo’lgan joylardan o’tganda;
turli sathlardagi murakkab kesishma va tutashmalarda;
rejadagi yo’l yo’nalishi o’zgarganda, ko’rinish yetarlicha bo’lmagan joylarda;
sunhiy inshootlarga yaqinlashishda, ko’tarma balandligi 3 m va undan ortiq bo’lgan yo’l qismlarida, ko’tarma balandligi kam bo’lganda esa, sunhiy inshootning oraliq qurilma uzunligi 10 m dan oshsa, inshootning boshi va oxiridan har ikki tomonga kamida 18 m masofada o’rnatiladi.
Qatnov qismi chetidan 4 m dan kam masofada joylashgan axborot-ko’rsatuv belgilari, aloqa va yoritish tarmoqlari tayanchlarini to’siqlar bilan muhofaza qilishni ko’zda tutish kerak.
Birinchi guruh to’siqlari, tuzilmaning qattiqligiga qarab, yo’l poyi qoshidan 0,5 m va ko’pi bilan 0,85 m masofada joylashtirilishi kerak.
Avtomobilg’ yo’llarining yoqasida quyidagi to’siqlar o’rnatilishi tavsiya etiladi:
I va II toifali yo’llarda, radiusi 600 m dan kam bo’lgan rejadagi egrilik-ning tashqi tomonida ustunchalar qadami 1 m bo’lgan urilish quvvatini yutuvchi bir tomonli;
I va II toifali yo’llarda, radiusi 600 m dan kam bo’lgan rejadagi egrilikning ichki tomonidan boshqa joylarida, ustunchalar qadami 2 m bo’lgan urilish quvvatini yutuvchi g’ov turidagi bir tomonli metall to’siqlar;
I va II toifali yo’llarda, radiusi 600 m dan kam bo’lgan rejadagi egrilikning boshqa joylarida, ustunchalar qadami 3 m bo’lgan urilish quv-vatini yutuvchi bir tomonli, g’ov turidagi metall to’siqlar;
I va II toifali yo’llarda, radiusi 600 m dan kam bo’lgan rejadagi egri-likning ichki tomonidan, ustunchalar qadami 4 m bo’lgan, urilish quvvatini yutuvchi bir tomonli g’ov turidagi metall to’siqlar;
I va II toifali yo’llarda, radiusi 600 m dan kam bo’lgan rejadagi egri-likning ichki tomonidan boshqa joylarida, III toifali yo’llarning to’g’ri qismlarida va radiusi 600 m dan ortiq bo’lgan rejadagi egriliklarda qattiq metalldan ishlangan bir tomonli g’ov turidagi to’siqlar;
I va II toifali yo’llarda, radiusi 600 m dan kam bo’lgan rejadagi egrilik-ning ichki tomonidan va III toifali yo’llarda temir beton tayanchda metall plankali g’ov turidagi bir tomonli to’siqlar;
IV toifali yo’llarda, radiusi 600 m dan kam bo’lgan rejadagi egrilikning ichki tomonida, ustunchalar qadami 1,25 m bo’lgan g’ov turidagi bir tomonli temirbeton to’siqlar;
III toifali yo’llarda radiusi 600 m dan ortiq bo’lgan rejadagi egriliklar va to’g’ri qismlarda, IV toifali yo’llarda ustunchalar qadami 2,5 m bo’lgan g’ov turidagi bir tomonli temirbeton to’siqlar;
III toifali yo’llarda, radiusi 600 m dan kichik bo’lgan rejadagi egrilik-ning ichki tomonida va IV toifali yo’llarda, g’ov turidagi bir tomonli tross to’siqlar;
tog’li joylarning I - IV toifali yo’l qismlarida - parapet turidagi to’-siqlar.
I toifali yo’llarning ajratuvchi tasmalarida birinchi guruh to’siq-lari 1- jadvalda ko’rsatilgan sharoitlarni hisobga olgan holda o’rnatilishi kerak.
Birinchi guruh to’siqlar ajratuvchi tasmaning o’qi bo’ylab; xavfli g’ovlar bor joylarda - ajratuvchi tasma o’qi bo’ylab qatnov qism chetidan kamida 1 masofada joylashtirilishi kerak.


Download 33,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish