Ta’limning uzluksizligi va izchilligi uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o’qitish o’zaro aloqadorlik, bog’liqlik asosida yo’lga qo’yilishini ifodalaydi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining o’quv dasturlari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining, o’z navbatida ularning o’quv dasturlari oliy o’quv yurti o’quv dasturlari bilan mutanosiblikda yaratilib, biri o’zidan avvalgi bosqichda o’zlashtirilgan ma’lumotni boyitadi va rivojlantiradi.
Umumiy o’rta, shuningdek, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limining majburiyligi o’quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi, kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko’nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo’yicha bir yoki bir necha ixtisoslikni egallash imkoniyatini yaratishni ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |