Ikki sohildagi bir millat tili
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
2017-yil 10-sentabr kuni Ostonada Islom Hamkorlik
Tashkiloti sammiti doirasida Afg‘oniston Islom
Respublikasining o‘sha davrdagi Prezidenti doktor
Muhammad Ashraf G‘ani bilan uchrashuv o‘tkazgan
edi. O‘zbekiston Respublikasi va Afg‘oniston Islom
Respublikasi davlat rahbarlari orasida bo‘lib o‘tgan
muzokaralar davomida o‘zaro hamkorlikni yanada
kuchaytirish maqsadida Surxondaryo viloyatining
Termiz tumanida, Afg‘oniston bilan chegaraga yaqin
joyda afg‘on fuqarolarini o‘qitishga mo‘ljallangan o‘quv
markazini tashkil etish rejalashtirildi. Mazkur sammitdagi
kelishuv ijrosi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi “O‘zbekiston
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida
Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi faoliyatini
tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori bilan Surxondaryo
viloyatida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi
tashkil etildi.
ta’lim usullaridan foydalandi. Marka-
zda o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifi y
tadbirlarga turli davlat tashkilotlari
va xorijdan mehmonlar tashrif buyu-
rib talabalar bilan har sohada muloqot
olib bordi.
Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra,
Afg‘oniston Islom Respublikasida
ayni paytda 9 mln.dan ortiq o‘zbeklar
bo‘lib, ular, asosan, Taxxor, Badax-
shon, Qunduz, Balx, Saripul, Foriyob
va Hirot viloyatlarida yashaydilar.
Tarixdan bilamizki, afg‘on zaminida
azaldan turli millat va elatlar birga
kun kechirgan. Bu tarixiy haqiqat,
eng avvalo, xalq tiliga o‘z ta’sirini
o‘tkazgan. Amudaryoning ikki sohi-
lida yashovchi bir millatga mansub
Afg‘oniston va O‘zbekiston xalqi,
aslida, o‘zbek etnik guruhiga mansub
bo‘lsalar ham, tili va shevalari bir-biri-
dan anchayin farq qiladi. 1979-yili
Afg‘onistonga sobiq ittifoq qo‘shin-
lari kiritilgach o‘z-o‘zidan ikki tomon
o‘zbeklari o‘rtasidagi har qanday
aloqalarning to‘xtatilganligi bunday
farqni yanada oshirdi. Bundan tash-
qari, Afg‘onistonda yashovchi aholi-
ning asosiy qismi forsiygo‘y bo‘lgani
bois bir necha yillardan bu
yon bu
zaminda o‘zbek tilida hech qan
day
ommaviy axborot vositalari va ta’lim
dargohlarining mavjud bo‘lmagan-
ligidan o‘zbek tili shu yerlik turkiy-
zabon aholi uchun faqat uy va ko‘cha
tili bo‘lib qolaverdi. U yerdagi o‘zbek
farzandlari yillar davomida o‘z ona
tilida yaratilgan eng nodir adabiyot na-
munalaridan bebahra qolib ketaverdi.
O‘zbek xalqi nutqida mahalliy kolorit
ta’sirida o‘zbekcha so‘zlar yo‘qolib
borib, ularning o‘rniga bu so‘zlar ning
forsiy variantlari shunchalik ko‘p
kirib keldiki, u yerlik o‘zbek xalqi
bunga ko‘nikib ham ketdi. Natija-
da hatto rasmiy davlat tashkilotlari-
da faoliyat ko‘rsatadigan o‘zbeklar
nutqida ham o‘zbekona so‘zlardan
ko‘ra uning forsiy varianti ishlatilib
kelinayotganligi mahalliy o‘zbeklar
uchun odatiy holga aylanib qoldi.
Masalan,
yaxchol–muzlatkich, may-
donhavoyi–aero port,
tobiston–yoz,
zimiston–qish, ohang–surud, chumo-
li–mo‘rcha, deraza–kil
kin, boshqa–
diga, yozuvchi–navisanda…
Bun-
day misollarni minglab keltirishimiz
mumkin.
aholining so‘zlashuv nutqida o‘zbek-
cha gapirayotib raqamlarni forsiy ish-
latish holatlari ham ko‘p uchraydi.
Masalan,
bu imorat 1394-yilda quril-
gan,
deyish o‘rniga xuddi shu gapni
“Imorat soli sezda navadu chorda
qurilgan” deyishadi. Yordamchi so‘z
turkumlarini forsiychasiga ishlatish
o‘rinlari ham bor. Masalan:
shundan
sora biz qaytdik.
Yoki ularning nutqi-
da ko‘p so‘zlarning shevada o‘zbek
shevalaridan butunlay farq qilishi ku-
zatiladi. Masalan,
yetim–yatim, shu
palla–shu pilla, shunday–shundoq,
endi–indi, oqshom–oxsham, unday–
undog‘in, desangiz–disayiz, dastur-
xon–distarxon, so‘ngra–sora…
Bu holat daryoning ikki sohili-
da yashayotgan bir millat vakillari
bir-birining gapiga tushunmasligi va
muloqot qila olmasligi muammosini
chiqargan. Shuning uchun afg‘onis-
tonlik va o‘zbekistonlik o‘zbeklar
uchun umumiy me’yor sifatida bu
so‘zlardan bittasini ishlatish yoki
har ikki davlat tilshunoslari o‘rtasi-
da hamkorlik aloqalarini kuchaytirib
har ikki so‘zning ham xalqimizga va
afg‘onistonliklarga tushunarli bo‘lishi
choralarini ko‘rsak ma’qul bo‘lardi.
Bu tilshunos olimlar oldiga maxsus
lug‘atlar tuzish vazifasini qo‘yadi.
Ana shu muammolarni nazarda tut-
gan holda, markazdagi o‘zbek tili
va adabiyoti yo‘nalishidagi ustoz
o‘qituv
chilar talabalarga o‘zbek tili-
ning bor go‘zalligi va imkoniyatlarini,
bu tilda yaratilgan bebaho adabiyot
durdona larini o‘rgatishda eng so‘nggi
innovatsion ta’lim usullaridan foyda-
lanib kelishyapti. Afg‘onistonlik ta-
labalarning Afg‘oniston fuqarolarini
o‘qitish ta’lim markaziga qaytishlari-
ga yangi tuzilgan hukumat tomonidan
ruxsat berilib, ular yana ta’lim olishni
davom ettirayotganlari haqidagi xush-
xabar barcha o‘zbek millatparvar-
larini xushnud etdi.
Xulosa qilib aytganda, Afg‘onis-
tonda o‘zbek tili hali ochilmagan
qo‘riqdir. Uni har tomonlama o‘rga-
nish, dialektologiyasi va leksikologi-
yasidagi muammolarni hal etishda
Afg‘oniston va O‘zbekiston tilshunos-
lar uyushmasi doimiy hamkorlikda
ishlamog‘i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |