2022 O‘zbekistonning eng yangi tarixi tarix fakulteti termiz davlat universiteti termiz – 2022


-mavzu. IQTISODIY ISLOHOTLAR, XUSUSIY MULKChILIKNING ShAKLLANIShI. O’ZBEKISTONDA BOZOR MUNOSABATLARINING RIVOJLANIShI



Download 69,42 Mb.
bet20/90
Sana23.11.2022
Hajmi69,42 Mb.
#870954
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   90
Bog'liq
Ўзбекистоннинг энг янги тарихи 2021 ЎУМ

6-mavzu. IQTISODIY ISLOHOTLAR, XUSUSIY MULKChILIKNING ShAKLLANIShI. O’ZBEKISTONDA BOZOR MUNOSABATLARINING RIVOJLANIShI.
REJA:

  1. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish konsepsiyasi. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning O’zbekistonga xos yo’li.

  2. Mustaqil O’zbekiston iqtisodiyotining barqarorlashuvi va taraqqiyoti.

  3. Mamlakat iqtisodiyotining modernizasiya va diversifikasiya qilinishi.

Tayanch iboralar: Iqtisodiyotni modernizasiya qilish, iqtisodiyot real sektori, o’tish davri, bozor iqtisodiyoti tushunchasi, “O’zbekiston yo’li”, Erkin iqtisodiy mintaqalar, bozor munosabatlari.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda o‘tkazilgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi ma’ruzasi mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotida g‘oyat muhim voqea bo‘ldi. Unda mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy o‘zgartirishlar jarayoni, O‘zbekistonning demokratik va iqtisodiy islohotlarni o‘tkazishdagi asosiy yutuqlari chuqur tahlil qilindi, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga ega bo‘lgan ochiq demokratik davlat qurishning, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasining qoida va xulosalari asosiy strategik maqsadga erishishga — bozor iqtisodiyoti barqaror rivojlanib borayotgan, inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari so‘zda emas, balki amalda oliy qadriyat hisoblanuvchi kuchli fuqarolik jamiyatiga ega bo‘lgan ochiq demokratik huquqiy davlatni barpo etishga, O‘zbekiston dunyoning rivojlangan demokratik davlatlari safidan o‘rin olishiga qaratilgan. Konsepsiya mamlakatning siyosiy tizimini yanada modernizatsiya qilish ishida dasturiy hujjat, O‘zbekistonni isloh qilish va demokratlashtirishda yangi bosqich bo‘ldi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, sud-huquq tizimini isloh etish, axborot sohasini isloh qilish hamda axborot va so‘z erkinligini ta’minlash, saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish, demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirishning Konsepsiyada belgilab berilgan asosiy yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan uzoq muddatga mo‘ljallangan konkret harakat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun asos bo‘lishi kerak.
Mamlakat Prezidenti I.A. Karimovning ma’ruzasida qo‘yilgan vazifalarni hayotga tatbiq etish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatidan, xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridan, har bir senatordan va barcha darajalardagi deputatlardan yuksak tashabbuskorlikni, qonun ijodkorligi faoliyatining samaradorligini hamda parlament nazoratining ta’sirchanligini oshirishni, o‘z ishida umumdavlat va mintaqalar manfaatlari uyg‘un qo‘shib olib borilishini ta’minlashni talab qiladi. Senat Kengashi, qo‘mitalari va komissiyalarining, mahalliy hokimiyat vakillik organlarining eng muhim vazifasi Konsepsiyaning mazmuni va mohiyatini keng jamoatchilik, O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi e’tiboriga yetkazishdan iborat.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasidan kelib chiqadigan yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, uning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda o‘tkazilgan qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida bayon etilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasining qoidalari va xulosalari butunlay va batamom ma’qullansin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining eng muhim vazifasi Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasidan kelib chiqadigan uzoq muddatli chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirishdan iborat deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda o‘tkazilgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi ma’ruzasining asosiy qoidalari va xulosalarini amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yilga va keyingi yillarga mo‘ljallangan Harakat dasturi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
3. Qonunchilik bazasini, nazorat-tahlil ishini takomillashtirish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, uning Kengashi, qo‘mitalari va komissiyalarining quyidagilarga qaratilgan ustuvor vazifalari sifatida belgilansin:
davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, davlat hokimiyati subyektlari o‘rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta’minlash, ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati ustidan ta’sirchan parlament nazoratini amalga oshirish;
sud-huquq tizimini isloh qilish, uni demokratlashtirish va liberallashtirish, qonun ustuvorligini, qonuniylikni ta’minlash, shaxsning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, huquqiy davlatni shakllantirish hamda jamiyatda huquqiy bilimlarni yaxshilash;
axborot sohasini isloh qilish hamda so‘z va axborot erkinligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalari bilan davlat hokimiyati organlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni barcha choralar bilan mustahkamlash, mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy islohotlarning ochiq-oydinligi va oshkoraligini ta’minlash;
mamlakatda amal qilib turgan huquqiy normalar demokratikligining eng muhim masalasi, xalq xohish-irodasini ifoda etishining, fuqarolar davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda qatnashishining asosiy shakli sifatida saylov erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish;
fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish, nodavlat notijorat tashkilotlarning davlat tuzilmalari bilan ijtimoiy sheriklik prinsiplari asosida o‘zaro hamkorligini huquqiy va institutsiyaviy ta’minlash;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish instituti faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, vazifalarini kengaytirish hamda uning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan yaqindan hamkorlik qilishini ta’minlash;
demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk huquqini himoya qilishni huquqiy ta’minlash, oilaviy, kichik biznes, xususiy tadbirkorlik faoliyatining ishonchli kafolatlarini yaratish.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shaharlar Kengashlariga quyidagilar tavsiya etilsin:
vakillik hokimiyati organlarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda o‘tkazilgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi ma’ruzasining qoidalari va xulosalaridan kelib chiqadigan vazifalari to‘g‘risidagi masalani va ushbu qarorni ko‘rib chiqish;
mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ilgari surilgan Konsepsiyaning mazmuni va mohiyatini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida, turar joylarda, korxonalarda, muassasalar va tashkilotlarda keng muhokama qilishni tashkil etish;
Konsepsiya qoidalaridan kelib chiqadigan aniq va maqsadga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirishni o‘zlarining 2011-yilga va keyingi yillarga mo‘ljallangan ish rejalariga kiritish.
5. Ushbu qaror ijro etilishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shaharlar Kengashlariga yuborilsin.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari ushbu qarorni bajarishning borishi to‘g‘risida 2011-yil 1-martgacha va tegishincha har yili 10-dekabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashiga axborot taqdim etsin.
7. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi o‘rinbosari M.A. Radjabova zimmasiga yuklatilsin. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning O’zbekistonga xos yo’li.

Download 69,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish