2022 O‘zbekistonning eng yangi tarixi tarix fakulteti termiz davlat universiteti termiz – 2022



Download 69,42 Mb.
bet32/90
Sana23.11.2022
Hajmi69,42 Mb.
#870954
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   90
Bog'liq
Ўзбекистоннинг энг янги тарихи 2021 ЎУМ

Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning qayta tiklanishi. Dunyoda, xalqni hyech shubhasiz, uning ma’naviyati, madaniyatidek tanituvchi, ibrat etuvchi va asrab qoluvchi omil bo’lmasa kerak. Bugun biz iftixor tuyadigan ma’naviyatimiz daholari — ajdodlarimiz sharofati ila boy o’tmish an’analarimizdan, tarix sinovlariga dosh berib, bizgacha yetib kelgan urf-odat va qadriyatlarimizdan har qancha faxrlansak, oz. Istiqlol sharofati bilan qo’lga kiritilgan erkinlik xalqimizga boshqa ne’matlar qatori o’tmish an’analarimiz, milliy qadriyatlarimizni ham qaytarib berdi, shu bilan birga, tarixiy, milliy va axloqiy qadriyat hamda an’analarning, muqaddas dinimizning jamiyatni ma’naviy yuksalishidagi o’rni va ahamiyati qayta tiklandi. Quvonarlisi shundaki, ayni vaqtda butunjahon uchun global muammoga aylanib ulgurgan ma’naviy qoloqlik, milliylikni unutish va bu orqali o’zlikni unutish kabi illatlar uch ming yillik urf-odatlarini e’zozlagan bizning xalqimiz uchun yotdir.
Istiqlolning ilk yillaridanoq O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Yangisini yaratmay turib, eskisini buzmaslik” tamoyilini ilgari surdi. Shuning natijasi o’laroq, O’zbekistonning ma’naviy-ma’rifiy yangilash va rivojlantirishning o’z yo’li belgilanib, to’rt asosiy negizi ko’rsatib o’tilgan edi:
- umuminsoniy qadriyatlargi sodiqlik;
-xalqimizning ma’naviy me’rosini mustahkamlash va rivojlantirish;
- insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
-vatanparvarlik.
Xalqimiz siyosiy mustaqillik va ozodlikni qo’lga kiritgach, o’z taqdirining chinakam egasi, o’z tarixining ijodkori, o’ziga xos milliy madaniyatining sohibiga aylandi. Mustaqillikka erishilganidan so’ng O’zbekiston rahbariyati, eng avvalo, xalqimizning ehtiyoji, orzu-istaklakrini hisobga olib, azaliy bayramlarni tiklashga va yangi istiqlol bayramlarini shakllantirishga katta e’tibor bera boshladi.
Milliy o’zligimizning ajralmas qismi hisoblangan Navro’z bayrami sho’rolar davrida ta’qiqqa uchragan edi. 1990 yillar boshlarida Navro’z qayta tiklandi va umumxalq bayrami sifatida keng nishonlana boshladi. Navro’z bayramida juda ko’pgina milliy o’yinlarimiz bo’y ko’rsatadi. Bu shodiyona «Kurash», «Ko’pkari», «Arqon tortish», «Chillak», «Xo’roz urishtirish», «Oq terakmi, ko’k terak», «Beshtosh», «Tez aytish», «Kim oladi-yo, shuginani-yo?», «Varrak uchirish» kabi quvnoq o’yinlarning bardavomligini ta’minlaydi. Shu tufayli BMT Bosh assambleyasi 21 mart sanasini Xalqaro Navro’z kuni deb belgiladi va barcha mamlakatlarni ushbu qadimiy bayramni butun dunyoda ommalashtirishga chorladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yilgi Navro’z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risidagi 2018 yil 23 fevraldagi qaroriga muvofiq Navro’z bayrami yurtimizda o’zgacha shukuh, ko’tarinki kayfiyat, milliy bayramimizdan faxr va iftixor tuyg’ulariga to’la bo’lib o’tdi.
Ma’naviy merosning tiklanishi uning bir bo’lagi bo’lgan diniy qadriyatlarga ham e’tibor kuchaytirildi. 1992 yil Prezident farmoni bilan ramazon va qurbon hayit kunlari umumxalq bayrami deb e’lon qilindi. «Movarounnahr» diniy boshqarmasining ham faoliyati respublikamiz hayotida o’z o’rnini egalladi.
Yurtimiz hali ittifoq tarkibida bo’lgan, Kremlning hukmronligi hali kuchini yo’qotmagan bir paytda 1990-yil iyun oyida Respublika Prezidenti Islom Karimov "Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga Haj qilishi to’g’risida"gi farmonga imzo chekdi. O’zbekiston hukumatining har tomonlama qo’llab-quvvatlashi bilan 1991-yilda Haj qilish baxtiga 350 kishi sazovar bo’lgan bo’lsa, 2001-yili hojilarning soni 3801 kishiga yetdi.
Shuningdek, istiqlolni sharaflaydigan bayramlar “Mustaqillik kuni” va “Konstitusiya kuni” joriy etildi. O’z navbatida, davlatimiz rahbariyati sovetlar davrida paydo bo’lgan barcha bayramlarni ta’qiqlamadi. Ular orasida umuminsoniy g’oya va qadriyatlarni targ’ib qiluvchi “Yangi yil bayrami”, “Xotin-qizlar bayrami” kabilar saqlab qolindi.
Davlat tili haqidagi qonun chiqqan kun – 21 oktyabr tabiiy ravishda “Til bayrami”ga aylandi. Tilimizga Davlat tili maqomining amalda qaytarilishi, o’zbek tilida rasmiy idoraviy ish yuritish, boy adabiy-tarixiy merosimizni o’qib o’rganish, milliy qadriyatlarni tiklash va izchil davom ettirish imkoniyatini berdi.
2.Tarixiy merosning tiklanishi.

Download 69,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish