2021-yil Yangiariq shaharcha O`tkazish joyi : 6-son maktabgacha ta’lim tashkiloti



Download 20,93 Kb.
bet2/2
Sana11.01.2022
Hajmi20,93 Kb.
#345462
1   2
Bog'liq
bayonnoma Malika



E SH I T I L D I :

Kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan 6-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining direktori Sh.Asqarova so`zga chiqdi. U o`z so`zida buungi kunda ta’lim jarayonida matematika soxasiga jiddiy e’tibor qaratilayotganini, yosh avlodni shu soxadagi bilimlarini rivojlantirish, jahon talablariga mos ravishda tarbiyalash uchun qanday ta’lim usullari va texnologiyalardan foydalanilayotgani haqida, bugungi kunda bu xususda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qanday ishlar amalga oshirilishi kerakligi, o’tkazilgan o’quv-seminar trening mashg’ulotlarining o’tkazilish rejasi va hujjatlashtirish ishlarining ahvoli o’rganish bo’yicha nutq so’zladi. Mashg’ulotlar jarayonida tarbiyalanuvchilarning matematika bo’yicha bilimini shakllantirish va ularda matematika soxasiga qiziqish uyg’otish uchun tarbiyachilarga yangi pedagogik texnologiyalar va AKTlardan samarali foydalangan holda faoliyatni tashkil etish kerakligini ta’kidlab o’tdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi PQ-4708-sonli “ Matematika soxasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorining maqsadi, asosiy vazifalari, prinsplari, tarkibiy qismlari haqida, ta’limning barcha bosqichlarida matematika fanini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, pedagoglarning samarali mehnatini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy-tadqiqot ishlarining ko‘lamini kengaytirish va amaliy ahamiyatini oshirish, xalqaro hamjamiyat bilan aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilishning ustuvor yo‘nalishlariga alohida to’xtalib o’tdi:

  • maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional, oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalar o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni ta’minlovchi yaxlit tizimni shakllantirish;

  • ilg‘or xorijiy tajriba asosida maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish bo‘yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish;

  • umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida matematika fanlarini o‘qitish sifatini oshirish, hududlarda matematika faniga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish hamda yangi maktablarni tashkil etish;

  • matematika fani bo‘yicha kadrlarni, xususan qishloq joylardagi maktablarning kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish, matematika fani bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarni takomillashtirish;

  • iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularning matematika fani bo‘yicha mahalliy va xalqaro fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etishini hamda sovrinli o‘rinlarni egallashini ta’minlash;

  • ta’lim berishning onlayn platformasini yaratish va amaliyotga tatbiq etish, masofadan o‘qitish tizimi samaradorligini oshirish, baholash tizimining shaffofligini ta’minlash mexanizmlarini joriy qilish;

  • matematika fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha milliy sertifikatlashtirish tizimini joriy qilish, oliy ta’limning tegishli yo‘nalishlari va mutaxassisliklarida matematika fani bo‘yicha mashg‘ulotlarni ko‘paytirish hamda ta’lim berish sifatini oshirish;

  • matematika sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarning ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash, amaliy matematikani rivojlantirish va iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolarni modellashtirish asosida matematik yechimlarni ishlab chiqish;

  • matematika sohasida ta’lim olayotgan va ilmiy-tadqiqotlar bilan shug‘ullanayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, chet eldagi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirish;

  • mamlakatimizning ilmiy va ta’lim tashkilotlarini bosqichma-bosqich jahonning matematika fani bo‘yicha yetakchi ilmiy markazlari darajasiga yetkazish.

So’ngra Sh. Asqarova keltirilgan ma’lumotlar asosida qarorda maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun qanday rejalarni maqsad qilib qo’yilganini seminar-treyning qatnashchilariga tushuntirib berdi:

Bunda tashkillashtiriladigan tadbir nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida ularning yoshiga muvofiq ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish.

Tadbirni amalga oshirish mexanizmlari, ularning amalga oshirilish muddatlari quyidagilar ekanligini alohida tushuntirib berdi:

  1. Bolalarning elementar matematika to‘g‘risidagi tasavvurlarini rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish. (2021-yil 1-oktabr)

  2. O‘rganilgan xorijiy tajriba asosida elementar matematika bo‘yicha maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim o‘quv dasturlari va o‘quv-metodik qo‘llanmasini ishlab chiqish hamda ularni o‘zaro muvofiqlashtirish. (2022-yil 1-iyul , 2022-yil 1-sentyabr).

  3. O‘quv-metodik majmua asosida bolalarning elementar matematika tasavvurlarini rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlarni tayanch maktabgacha ta’lim muassasalarida tajriba sinov tariqasida o‘tkazish. (2023-yil 1-may).

  4. Tajriba sinov natijalari bo‘yicha “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida elementar matematika bo‘yicha o‘quv dasturini va o‘quv-metodik qo‘llanma ishlab chiqish.(2023-yil 1-avgust).

  5. Elementar matematika bo‘yicha zamonaviy o‘quv didaktik, ko‘rgazmali va tarqatma materiallar, didaktik o‘yinlar, elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish. (2023-yil 1-sentabr).

  6. Elementar matematika bo‘yicha o‘quv dasturi va o‘quv-metodik qo‘llanma asosida barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonini tashkil qilish. (2023-yil 1-dekabr).

  7. “Ilk qadam” va “Ilm yo‘li” o‘quv dasturlari doirasida elementar matematika bo‘yicha onlayn-mashg‘ulotlar bazasini yaratish va ommalashtirish. (2023-yil sentyabrdan boshlab).

  8. Maktabgacha ta’lim tizimidagi malaka oshirish kurslarida mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchilarga bolalarning elementar matematika bo‘yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘rgatish.

Bunda, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’limning elementar matematika asoslarini o‘qitish, tarbiyalanuvchilarda ilk matematik tasavvurni takllantirish bo‘yicha tizimli va keng qamrovli ishlarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin shaxsan mas’ul etib tayinlangankigi aytildi.

Yig’ilish davomida yuqoridagi ma’lumotlar asosida maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirish lozim bo’lgan ishlar rejasini tuzish, ta’lim jarayonida matematika sohasiga jiddiy e’tibor qaratish bo’yicha maslahatlar berildi.



Yuqoridagilarni inobatga olib, yig‘ilish





QAROR QILADI:

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi PQ-4708-sonli “ Matematika soxasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori шок uchun qabul qilinsin.

  2. Matematika soxasini rivojlantirish, bolalarda elementar matematik tasavvurlarni yuqori darajada shakllantirish uchun pedagog xodimlarining kasbiy kompetensiyalari ilg’or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirilsin.

Yig`ilish raisi : Sh.Asqarova

Yig‘ilish kotibi: G.Qalandarova
Download 20,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish