2021-yil 6-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida chet tillarini o‘qitishni takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektor.
«Chet tillarini o‘qitishga urg‘uni boshqacha qo‘yish kerak. Katta korxonalar qurilyapti, texnologiyalar o‘rnatilyapti. Xorijiy tilni mukammal bilish zarurati yuzaga kelyapti. Barcha hududlar rahbarlari, ta'limga aloqador tashkilotlar o‘zbek tiliga bo‘lgan e'tiborimizni chetda qoldirmay, chet tillarini o‘rgatish bo‘yicha jiddiy shug‘ullanishi kerak. Maktab, lisey, kollej va oliygoh bitiruvchilari kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishlari shart».
Yig‘ilishda chet tillarini o‘qitish bo‘yicha joylardagi haqiqiy ahvol qoniqarli emasligi qayd etildi.
1400ta maktabda chet tilini o‘qitish ahvoli talabga javob bermaydi. 2000 ta chet tili o‘qituvchilari lavozimi vakant qolmoqda.
Maktablarda ishlayotgan jami 53 ming nafar chet tili o‘qituvchilarining atigi 4 foizi milliy va xalqaro til bilish to‘g‘risidagi sertifikatlarga ega.
11 ming nafar maktab chet tili o‘qituvchilarining 49 foizi testdan o‘ta olmagan.
Prezident Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tashkil etilishini ma'lum qildi. Agentlik dunyoda samarali natija bergan o‘qitish metodikalari, dastur va darsliklarini bog‘cha, maktab, lisey, oliygoh va o‘quv markazlarida joriy etib, xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirishga ko‘maklashadi.
Har bir viloyatda bittadan universitet chet tillari bo‘yicha tayanch oliygoh sifatida belgilanishini ta'kidlandi. Prezident Buxoro viloyatidan Nurobod tumaniga ko‘chib kelib, o‘qituvchilik qilayotgan Murodovlar oilasining faoliyatini namuna qilib ko‘rsatdi.
Prezident videoselektorida yana 4 ta muhim narsaga e'tibor qaratdi:
- Keyingi 3 yil davomida maktablardagi jami 53 ming nafar chet tili o‘qituvchilari xalqaro sertifikat olishlari zarur.
- Yuqori ball olgan o‘qituvchilarga o‘qish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
- Chet tillari bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishgan maktablarni rag‘batlantirish uchun Prezident sovrini ta'sis etiladi. Unda tuman/shahar g‘olibiga 100 mln, viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan maktabga 200 mln, respublikada birinchilikni qo‘lga kiritgan maktabga esa 500 million so‘mgacha mukofot beriladi.
- Kelgusi yildan boshlab magistratura va doktoranturaga kiruvchilar chet tilini bilish xalqaro sertifikatiga ega bo‘lish talabi kiritiladi.
Qishloq joylarda chet tillari nodavlat o‘quv markazlariga 50 million so‘mgacha beg‘araz ko‘mak ajratiladi.
Respublikada chet tillari nodavlat o‘quv markazlarining asosiy qismi Toshkent shahrida joylashgan.
- Bolalarimizni qishloq joylarida xorijiy tilni o‘rganishiga sharoit yaratishimiz kerak. Markazga kelib o‘qish ular uchun oson emas; yotoqxona kerak, kundalik xarajati bor, uzoq masofada qiynaladi. Shuning uchun hududlar imkoniyatlaridan foydalanish kerak, maktablarda o‘quv kurslarini ochish kerak, - dedi davlat rahbari.
Prezident viloyat, tuman va shahar hokimlariga 1 iyuldan boshlab, qishloq joylarida 5 tadan chet tillariga o‘qitish nodavlat o‘quv markazlarini tashkil etish bo‘yicha tanlov e'lon qilish, qishloq joylarida nodavlat o‘quv markazlari tashkil etish uchun bo‘sh bino ajratish, kerakli jihozlar va adabiyotlar sotib olishga 50 million so‘mgacha bir martalik beg‘araz ko‘mak ajratishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berdi.
Shavkat Mirziyoev:
"O‘qituvchilarimiz o‘z sohasida bo‘layotgan o‘zgarishlar, yangi adabiyot va qo‘llanmalardan muntazam xabardor bo‘lib borishlari kerak. Buning uchun, yangi o‘quv yilidan boshlab, maktab o‘qituvchilariga yangi adabiyot va qo‘llanmalarni sotib olish uchun byudjetdan 1 million so‘mdan mablag‘ ajratiladi. Shu kabi Maktabgacha ta'lim vazirligi UNICEF bilan hamkorlikda, yil yakuniga qadar 7 yoshgacha bolalarga chet tillarini o‘qitish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqib, bog‘chalarda joriy etilishini ta'minlasin".
Prezident o‘tkazgan videoselektorda har bir vazirlik, idora, davlat kompaniyalari va yirik xususiy korxonalarda chet tillarini o‘rganishni ommalashtirish zarurligi qayd etildi. Buning uchun haftaning bir kuni xorijiy tillarni o‘zlashtirish va o‘rganish kuni etib belgilanishi ma'lum qilindi.
Davlat rahbari vazirlik va idoralar, hokimliklarga oliygoh va xususiy ta'lim tashkilotlari mutaxassislarini shartnoma asosida jalb qilib, xodimlarga chet tilini o‘rgatishni va xorijiy tillarda ishlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berdi.
Kelgusi yildan boshlab, davlat idoralariga ishga qabul qilish va yangi lavozimga tayinlashda xorijiy tilni bilishning majburiy talabi kiritilishi belgilandi. Chet tilini chuqur egallagan xodimlarning ish haqiga 20 foizgacha qo‘shimcha ustama belgilash tartibi joriy etiladi.
Yil yakuniga qadar xususiy sektor bilan hamkorlikda tilni o‘rgatuvchi interaktiv materiallar internet platformasi va mobil' ilovalari yaratilib, maktab va bog‘chalarda ommabop videodarslardan keng foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.
– Bu chet tillarni o‘rganish sifatini oshirishda muhim qadam bo‘ladi, – dedi Prezident.
Bundan buyon xorijiy tillar o‘qituvchilari maoshi ularning malakasiga qarab belgilanadi
Bu xususda davlatimiz rahbari raisligidagi videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tildi.
Bundan tashqari, xalqaro sertifikatning dastlabki va o‘rta darajasini olgan o‘qituvchilarga 40 foiz va yuqori natija ko‘rsatganlarga 50 foiz ustama belgilanadi. Bunda yuqori ball olgan o‘qituvchilarga xalqaro sertifikat olish uchun test topshirish xarajatlari qoplab beriladi. Ushbu maqsadlar uchun joriy yilda 50 milliard so‘m ajratiladi.
Xalq ta'limi vaziri viloyat, tuman va shahar hokimlari bilan birga, ikki oy muddatda yaratiladigan qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanib, 1 ming 300 ta vakant o‘rinlarni malakali mutaxassislar bilan to‘ldiradi.
Joriy yilning 1 sentyabriga qadar tanlab olingan 207 ta maktabda barcha sharoitlar yaratilib, chet tillarini chuqur o‘rgatishga kirishiladi. Ushbu maktablarda xorijiy kitoblar, ilg‘or o‘quv dasturlari va metodikalaridan erkin foydalanish hamda fanlarni chet tilida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.
Prezident videoselektorda rektorlarga bir yil ichida chet tili o‘qituvchilari – 100 foiz, kelgusi 3 yilda esa kasbiy fanlar o‘qituvchilarining 50 foizi xalqaro sertifikat olishiga erishishi zarurligi bo‘yicha topshiriq berildi.
Yangi o‘quv yilidan boshlab oliygohlarda tegishli mutaxassislik fanlarini xorijiy tillarda o‘qitish tizimi joriy etiladi.
Umuman, yangi o‘quv yilidan chet tillari bo‘yicha qabullar soni 2 baravarga oshirilib, 16 mingtaga yetkaziladi, davlat granti esa 3 baravarga oshiriladi (4,5 mingta).
Ta'lim tizimida 2 mingdan ortiq chet tili o‘qituvchilari lavozimi vakant bo‘lib qolmoqda.
Prezident raisligida bo‘lib o‘tgan chet tillarini o‘qitishni takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektordan muhim ma'lumotlar (https://t.me/qurbonova_a/3882):
➖ Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tuziladi (http://uza.uz/posts/264805);
➖ har bir viloyatda bittadan universitet chet tillari bo‘yicha tayanch oliygoh sifatida belgilanadi;
➖ keyingi 3 yil davomida maktablardagi jami 53 ming nafar chet tili o‘qituvchilari xalqaro sertifikat olishlari zarur;
➖ yuqori ball olgan o‘qituvchilarga o‘qish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi;
➖ chet tillari bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishgan maktablarni rag‘batlantirish uchun Prezident sovrini ta'sis etiladi. Tuman/shahar g‘olibiga 100 mln, viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan maktabga 200 mln, respublikada birinchilikni qo‘lga kiritgan maktabga esa 500 million so‘mgacha mukofot beriladi.
Chet tilini o‘qitish sifatini oshirish uchun har bir tuman va shaharga 1 milliard so‘mdan ajratiladi.
– Bundan buyon xorijiy tillar o‘qituvchilarining oylik maoshi, ularning malakasiga qarab belgilanadi. Xalqaro sertifikatning dastlabki va o‘rta darajasini olgan o‘qituvchilarga – 40 foiz va yuqori natija ko‘rsatganlarga 50 foiz ustama belgilanadi. Bunda yuqori ball olgan o‘qituvchilarga xalqaro sertifikat olish uchun test topshirish xarajatlari qoplab beriladi, – dedi Shavkat Mirziyoev.
Davlatimiz rahbari Moliya vazirligiga ushbu maqsadlar uchun joriy yilda 50 milliard so‘m ajratish bo‘yicha topshiriq berdi.
Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tashkil etilishi ma'lum qilindi.
Keyingi uch yil davomida maktablardagi 53 ming nafar chet tili o‘qituvchilarining barchasi xalqaro sertifikat olishi zarurligi ta'kidlandi.
Chet tillari bo‘yicha eng yaxshi maktablarni aniqlash uchun Prezident sovrini ta'sis etiladigan bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |