2. Jag‘-jag‘ o‘simligining o‘ziga xos xususiyatlari haqida aytib bering?
Oddiy jag‘-jag‘ jag‘-jag‘ turkumiga oid, bo‘yi 10-30 sm keladigan bir yillik o‘t. Ildiz bo‘g‘izida joylashgan barglari qisqa bandli, patsimon qirqilgan, poyadagilari esa bandsiz. Gullari poyada shingil to‘pgul hosil qiladi. Changchilari 6 ta. Urug‘chisi bitta. Oddiy jag‘-jag‘ mart oyidan boshlab mayning oxirigacha gullaydi va meva (qo‘zoqcha) hosil qiladi. 0 ‘zbekistonda jag‘-jag‘ turkumiga oid faqat bitta tur - oddiy jag‘-jag‘ o‘sadi. Oddiy jag‘-jag‘ tarkibida «C» va «K» darmondorilari, olma va limon kislotalari bor. Erta ko‘klamda to‘pbarglari ovqatga ishlatiladi. Jag‘-jag‘dan ko‘k chuchvara, ko‘k somsa tayyorlanadi. Uning yerustki qismidan tayyorlangan dorilar tabobatda qon ketishini to‘xtatishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |