3. Piyozning ichki tuzilishini izohlab bering.
Bosh piyozning piyozini hammamiz yaxshi bilamiz. U kurtak singari, tashqi tomondan quruq qobiq bilan o‘ralgan. Bu qobiq uni yozda issiqdan va qishda sovuqdan saqlaydi.
Agar u uzunasiga kesib qaralsa, tubida qisqargan kalta poyacha borligini ko‘rish mumkin. Piyozning tubidagi kalta poyacha asosidan pastga qarab mayda qo‘shimcha ildizlar hosil bo‘ladi. Yuqorida esa seret qobiqlar (shakli o‘zgargan barglar), kurtaklami ko‘rish mumkin. Piyozning ana shu seret barglari shakli o‘zgargan barglar bo‘lib, ulaming hujayralarida oziq moddalar to‘planadi. Vaqt o‘tishi bilan kurtakdan barglar, gulpoya o‘sib chiqadi. Gulpoya uchida to‘pgul hosil bo‘ladi. Demak, piyozbosh shakli o‘zgargan yerosti novdadir.
12-BILET
Do'stlaringiz bilan baham: |