3. Olcha va gilos mevasini chumchuq ham, qarg‘a ham iste’mol qiladi. Chumchuq
mevani cho‘qib yeydi. Qarg‘a esa yutub yuboradi. Sizningcha bu qushlarning
qaysi biri o‘simlik uchun foyda keltiradi. Fikringizni izohlab bering?
7-BILET
1. Madaniy o‘simliklarning qanday vegetativ ko‘payish turlari ma’lum?
O‘simliklarni vegetativ yo‘l bilan ko‘paytirishni odamlar juda qadim zamonlarda bilgan va hozirgacha undan foydalanib keladi. Juda ko‘p madaniy o‘simliklar ildizi, novdasi va barglaridan ko‘paytiriladi. Masalan, anjir, anor, tok, terak, qoraqat, malina, jiyda, atirgul hamda issiqxonalarda o‘stiriladigan o‘simliklaming aksariyati qalamcha (novda) sidan ko‘paytiriladi. Tok qalamchalari kuzda tok kesish vaqtida tayyorlanadi. Ular 45-50 sm uzunlikda bo‘ladi. Tayyor qalamchalami bog‘-bog‘ qilib nam chuqurga ko‘mib qo‘yiladi. Bahor kelishi bilan ulami olib dalalarga ekiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |